Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Yangi savdo markazi ishga tushdi
Yangi savdo markazi ishga tushdi

Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami kunida Buxoro shahrida "Korzinka.uz" zamonaviy savdo markazi ish boshladi.

Uning ochilish marosimida viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O‘ktam Barnoyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Istiqlol bayrami va Hayit kuni bilan qutladi. Ushbu zamonaviy savdo markazi aholining iste’mol mollariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, ularga qulay imkoniyat va sharoitlar yaratish, bir so‘z bilan aytganda, xalqni rozi qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan muhim sa’y-harakatlardan yana biri ekanini qayd etdi.



Savdo tarmog‘ida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi tashkil qilingan. Mahalliy fermerlar uchun ajratilgan pavilonda istalgan turdagi qishloq xo‘jaligi ne’matlarini hamyonbop narxlarda xarid qilish mumkin.

Maydoni bo‘yicha viloyatdagi eng yirik madaniyatli xizmat ko‘rsatish maskanida barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Muzlatkich-vitrinalar, havo almashtirish, elektron tarozilar, kompyuter-kassa apparatlari, to‘lov terminallari va boshqa texnik vositalar xaridorlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.


Savdo markazining istiqbol imkoniyatlari keng. Bu yerda zamonaviy liboslar, poyabzallar butik-do‘konlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Shuning natijasida 120 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Orqaga Chop Etish  207 |   04-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation