Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Buxoro — Miskin temir yo‘li: birinchi bosqich muvaffaqiyatli yakunlandi
Buxoro — Miskin temir yo‘li: birinchi bosqich muvaffaqiyatli yakunlandi

Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida muhim o‘rin tutuvchi temir yo‘l tizimida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar yuksak samaralar bermoqda. 2016 yilning dekabr oyida boshlangan Buxoro — Miskin temir yo‘l qurilishi ana shunday bunyodkorlik ishlaridan biridir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu loyiha bilan tanishib, qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar bergan edi.

Temir yo‘l qurilishi Buxoro viloyatining Buxoro tumani va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Miskin maskanida bir paytning o‘zida boshlandi. Ishning yaxshi tashkil etilgani samarasida umumiy uzunligi 355 kilometr bo‘lgan temir yo‘l liniyasida loyihaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami kuni — 1 sentyabrda sahro qumliklaridan o‘tgan temir yo‘l liniyasining Buxoro viloyati hududidagi 147-148-kilometrlari oralig‘ida po‘lat izlarning so‘nggi bir necha o‘n metri yotqizildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari, ishchilar, muhandis-texnik xodimlar, soha faxriylari, jurnalistlar ishtirok etdi.

— "Boshtransloyiha" aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan mazkur loyihaning birinchi bosqichi belgilangan muddatda amalga oshirildi, — deydi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Qahramoni E.Ummatov. — Qurilish davomida qariyb 22 million kub metrlik tuproq ishlari bajarildi. 121 sun’iy inshoot, 12 ko‘prik va 6 yo‘l o‘tkazgich, 5 stansiya va 5 raz’ezd barpo etildi. Bunyodkorlik ishlariga 2 mingga yaqin ishchi-mutaxassis, mingdan ziyod qudratli zamonaviy texnika va mexanizmlar jalb etildi. Mustaqillik yillarida barpo etilgan Sulton Uvaystog‘ — Nukus, Toshguzar — Boysun — Qumqo‘rg‘on, Angren — Pop temir yo‘l liniyalari qurilishida mamlakatimizning ulkan texnik imkoniyati bilan birga, ishchi-mutaxassislarning katta salohiyati ham ¬namoyon bo‘lgan edi. Ana shu loyihalarda orttirilgan tajriba Buxoro — Miskin liniyasini bunyod etishda alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Yangi liniya ustidan lokomotiv harakatlandi. Endi mazkur trassada ishchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Hozircha bu yo‘lda yuk poyezdlari harakatlanadi. Ular yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish maqsadida li-niyani elektrlashtirish va boshqa yordamchi inshootlar qurilishini o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqichni amalga oshirishda butun trassa bo‘ylab zarur bo‘ladigan turli binokorlik materiallarini yetkazib beradi. Hududning yer osti tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish, ulardan samarali foydalanish, yangi barpo etiladigan ishlab chiqarish korxonalari uchun material ta’minotini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Shu paytga qadar Toshkent shahridan Urganchga qatnovchi poyezdlar Navoiy — Uchquduq — Miskin magistrali orqali 1064 kilometr yo‘l bosgan bo‘lsa, mazkur loyihaning ikkinchi navbati nihoyasiga yetgach, bu masofa qariyb 100 kilometrga qisqaradi. Bu vaqt, yoqilg‘i va boshqa xarajatlarni tejash imkonini beradi.

Elektrlashtiriladigan mazkur liniya ishga tushirilgach, Toshkent — Samarqand — Navoiy — Buxoro — Urganch va Miskin yo‘nalishi davomi sifatida yo‘lovchilar uzog‘ini yaqin qilish, yurtimizga xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirishda muhim omil bo‘ladi.

Orqaga Chop Etish  180 |   04-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation