Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Prezident valyuta siyosatini liberallashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Prezident valyuta siyosatini liberallashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

5 sentyabrdan O‘zbekiston rezident fuqarolari valyuta almashtirish shoxobchalarida xorijiy valyutani bozor kursida sotishlari va xorijda hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari uchun ularni korversion kartalarga xarid qilishlari mumkin.

5 sentyabrdan O‘zbekiston yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (import tovarlar, ishlar va xizmatlar, daromadlarni repatriatsiya qilish, kreditlarni qoplash, xizmat safarlari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xususiyatiga ega bo‘lmagan pul o‘tkazmalari) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklaridan xorijiy valyutalarni cheklovlarsiz xarid qilishlari mumkin. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki choralar to‘g‘risida"gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Farmonda milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan kursini o‘rnatishda bozor mexanizmlariga asoslanishi belgilandi.

O‘zbekiston jismoniy shaxslari esa ko‘rsatilgan muddatdan boshlab valyuta almashtirish punktlarida xorijiy valyutani erkin sotishlari hamda tijorat banklari konversion bo‘limlarida xorijiy valyutani xalqaro to‘lov kartalariga sotib olib, ulardan xorijda hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.

Yuridik shaxs tashkil etmasdan iste’mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga xorijiy valyutani jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda bank hisob raqamlari orqali sotib olishga ijozat berildi.

Xorijiy valyutada daromad oluvchi eksportyorlarga foydani majburiy sotish tartibi bekor qilindi.

Valyutada daromad ko‘ruvchi yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek fermer xo‘jaliklari o‘z bank hisob raqamlaridan naqd pulda xorijiy valyutani yechib olishlari mumkin.

Farmon bilan O‘zbekiston hududida xalqaro amaliyotga muvofiq ravishda xalqaro plastik kartalar yordamida to‘lovlarni amalga oshirishni istisno qilgan holda tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun xorijiy valyutada to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlandi.

Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar narxlari va tariflari, shuningdek jamiyatlar ustav kapitalining eng kam talablari endilikda faqatgina milliy valyutada belgilanadi.

Davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar faqatgina so‘mda qabul qilinadi, konsullik yig‘imlari istisno qilinadi.

Xorijiy valyutani sotish va sotib olishda komission rag‘batlantirish tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda o‘rnatiladi.

Farmon bilan tijorat banklariga xorijiy valyutada operatsiyalarni o‘tkazish uchun litsenziya berish tartibi bekor qilindi. Ushbu operatsiyalar bank faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etiladigan litsenziyaga asoslanadi.

Prezident ijtimoiy ahamiyatga molik oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari narxlari ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha respublika va hududiy komissiyalarga oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarini tekshirishni kuchaytirish yo‘li bilan narxlar barqarorligini ta’minlashni topshirdi.

Hukumatga bir hafta muddat ichida valyuta siyosati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi. Unda, jumladan 2017—2018 yillarda 14 yoshgacha farzandi bo‘lgan oilalarga beriladigan moddiy yordam hajmini 1,5 barobar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam hajmi esa 2 barobar oshirish ko‘zda tutilgan.

Orqaga Chop Etish  239 |   04-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

15-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation