Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Mehr va e’tibor og‘ushida
Mehr va e’tibor og‘ushida

Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyida Mustaqillik kuni va Qurbon hayiti bayramlari munosabati bilan "Hech kim mehr-e’tibordan chetda qolmasin!" shiori ostida xayriya tadbiri tashkil etildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirdan ko‘z¬langan maqsad tarbiyalanuvchilarning o‘z hayot yo‘lini tanlashlariga ko‘maklashish, ma’naviy dalda bo‘lish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat kengashi raisi Zarif Komilov so‘zga chiqib, barchani qo‘shaloq bayram bilan qutlar ekan, bolajonlar hamisha davlatimiz g‘amxo‘rligi og‘ushida ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sov¬g‘a-salomlar — badiiy adabiyotlar topshirildi.

— Ayni paytda muassasamizda 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 98 nafar bola tarbiyalanmoqda, — deydi 32-Mehribonlik uyi direktori Saida Sharipova. — Davlatimiz ularning barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda. Bu muhim ishga barcha o‘z hissasini qo‘shyapti. Bugungi tadbir ana shu e’tiborning davomi sifatida ham ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbirda Buxoro shahridagi 5-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari hamda Mehri¬bonlik uyi tarbiyalanuvchilarining bayram munosabati bilan tayyorlagan kuy-qo‘shiq va badiiy chiqishlaridan iborat dastur ishtirokchilarga bir olam quvonch bag‘ishladi.

Shuningdek, bolajonlar bilan o‘tkazilgan interfaol o‘yinlar, qiziqarli tomoshalar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Orqaga Chop Etish  151 |   04-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation