Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Teatr jamoasiga — Prezident sovg‘asi
Teatr jamoasiga — Prezident sovg‘asi

Davlatimiz rahbarining shu yil 3 avgustda mamlakatimiz ijodkor ziyolilar vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvida ijod ahlini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish bo‘yicha ham qator vazifalar belgilangan edi. Kuni-kecha ayni shu vazifalar ijrosi doi¬rasida yana bir xayrli ishga qo‘l urildi. Prezident sovg‘asi — "Isuzu" rusumli yangi avtobus viloyat musiqali drama teatri jamoasi ixtiyoriga berildi.

Shu munosabat bilan ushbu san’at koshonasida Yurtboshimiz tuhfasini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan viloyat hokimi O‘. Barnoyev so‘z olib, Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda ulkan o‘zgarishlar, yangilanishlar bo‘y ko‘rsatayotganini, ziyoli ahli mehnatu izlanishlari yuksak darajada qadrlanib, e’zoz topayotgani hamda ularning erkin ijod qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayot¬gani ham mazkur jarayonning uzviy qismiga aylanganini ta’kidladi. Bunday rag‘bat, e’tibor esa ijodkorlarga doimo qo‘l-qanot bo‘lishi, shubhasiz.

Shuningdek, viloyat rahbari teatr jamoasini bu quvonchli voqea bilan samimiy qutlarkan, ushbu ijodiy jamoaning yuqori saviyadagi yangi sahna asarlari orqali o‘z repertuarini boyitishiga tilak bildirdi.

O‘z navbatida tadbirda mehmon sifatida qatnashgan taniqli aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev davlatimiz rahbarining mazkur tuhfasi respublika teatr jamoalari ichida buxoroliklarga birinchilar qatorida yetkazilganini ma’lum qildi.

— Yaqin-yaqingacha tumanlarga, boshqa viloyatlarga gastrol safarlari chog‘i transport masalasida ancha-muncha qiynalardik, — deydi Buxoro davlat musiqali drama teatri aktyori Istam Sodiqov. — Yurtboshimizning bevosita g‘amxo‘rligi, yuksak e’tibori sharofati bilan endi bu muammo ham o‘z-o‘zidan kun tartibidan tushdi. Biz esa bu g‘am¬xo‘rlikka javoban tomoshabinlarga manzur bo‘ladigan badiiy barkamol spektakllarni yaratish uchun astoydil harakat qilamiz.

Orqaga Chop Etish  125 |   28-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation