Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Qorovulbozorlik paxtakorlar mehnat zafari
Qorovulbozorlik paxtakorlar mehnat zafari

Cho‘lda yaratilgan mo‘’jiza sifatida e’tirof etiladigan Qorovulbozor xalqimizning nafaqat sanoat, balki dehqonchilik, mirpishkorlik borasidagi yaratuvchvnligi, kuchli irodasini ham o‘zida namoyon etib turibdi.
Yo‘qsa bir paytlar qush uchsa qanoti, odam yursa oyog‘i kuyadigan yerlarda ekin undirish, undirganda ham hosildorligu, ertapisharda uncha-muncha madaniy hududlarni ortda qoldirishning o‘zi bo‘ladimi?
Qorovulbozorlik paxtakorlar buni uddalashdi. Hudud mirishkorlari 5625 gektar maydondan 11247 tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etib, viloyatda shartnoma majburiyatini birinchilardan bo‘lib bajardilar.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, fermer xo‘jaliklarining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, yerga munosabatning o‘zgargani mirishkorlar muvaffaqiyatida muhim omil bo‘ldi. 
Paxtadan mo‘l hosil yetishtirish zamirida zahmatkash, ishning ko‘zini biladigan, azmu shijoatli bobodehqonlarning mashaqqatli mehnati mujassam. Joriy yilda ham sermahsul, zararkunanda va kasalliklarga chidamli, iqlim sharoitimizga mos g‘o‘za navlari ekilib, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazildi. 
Dalalarga g‘o‘zaning “Buxoro-6” va “Porloq” kabi ertapishar, sanoatbop, serhosil, jahon paxta bozorida xaridorgirligi bilan ajralib turadigan navlari ekildi. Natijada tajribali dehqon va fermerlarimizning fidokorona mehnati evaziga sifatli paxta xomashyosi tayyorlandi. Dalalar tejamkorlik bilan sug‘orildi, g‘o‘za qatorlariga me’yorida ishlov berildi. Xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minot tashkilotlari bilan shartnoma asosida ish olib borilgani bois mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash mahsulotlarini yetkazib berishda uzilishlar bo‘lmadi. 
Bugungi dehqon – yer egasi, tadbirkor. Tuman mehnat zafarida gektaridan 40 sentnerdan ortiq hosil olgan “Umar Sharif, Muborak Zarbuloq, Shomurod Jahongir, Istiqlol kabi ilg‘or fermerlarning ham munosib hissasi qo‘shildi. 
 

Orqaga Chop Etish  177 |   19-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation