Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Statistik va tahliliy ma`lumotlar /  2017 yil 3-chorak statistik ma'lumotlari
2017 yil 3-chorak statistik ma'lumotlari

Buxoro viloyati bo‘yicha 2017 yil 1 oktabr holatida asosiy ko‘rsatkichlar

Ko‘rsatkichlarning nomlanishi O‘lchov birligi 2016 yil 1 oktabr holatida 2017 yil 1 oktabr holatida  
 
  Umumiy ko‘rsatkichlar        
1 Jami aholi soni ming kishi 1 835,9 1 862,8  
5 Yalpi hududiy mahsulot mlrd. so‘m 6 921,4 8 058,2  
  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan % da 107,8 103,0  
17   Axoli jon boshiga YaHM ming sum 3 791,3 4 348,3  
  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan % da 106,1 101,5  
18 YaIMda kichik biznes sub’ektlari ulushi % da 69,1 68,8  
19 Sanoat mahsuloti hajmi mlrd. so‘m 4 086,8 4 567,6  
  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan % da 109,2 100,7  
20 Xalq iste’mol mollari hajmi mlrd. so‘m 1 967,8 2 135,1  
  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan % da 116,9 97,4  
21 Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti mlrd. so‘m 2 720,8 3 337,2  
  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan % da 105,1 105,8  
22 Kapital qo‘yilmalar hajmi mlrd. so‘m 4 006,4 7 361,4  
  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan % da 115,0 150,6  
23 Pudrat ishlari hajmi mlrd. so‘m 1727,4 1 911,6  
  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan % da 112,6 102,6  
24 Chakana savdo aylanmasi hajmi mlrd. so‘m 4 018,4 4 757,7  
  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan % da 115,0 103,5  
25 Xizmatlar — jami, mlrd. co‘m mlrd. so‘m 3 040,1 3 320,2  
  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan % da 115,3 102,6  
31 Jami kichik biznes sub’ektlari        
  Ro‘yxatdan o‘tgan soni 12 531 13 438  
  Faoliyat ko‘rsatayotgan soni 11 462 12 582  
  Faoliyati ko‘rsatmayotgan soni 1 069 856  
  Kichik biznes sub’ektlarni ulushi        
56 Yalpi hududiy mahsulot % da 69,1 68,8  
57 Sanoat % da 45,2 45,3  
58 Qishloq xo‘jaligi % da 98,2 98,7  
59 Investitsiyalar % da 19,4 10,4  
60 Qurilish ishlari % da 69,6 69,1  
61 Chakana savdo % da 92,3 92,3  
62 Jami xizmat % da 74,7 71,7  
63 Aholi bandligida % da 77,4 77,4  
64 Eksport % da 25,1 49,6  
65 Import % da 16,6 14,2  

 

Buxoro viloyatida 2017 yil 1 oktyabr holatida Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish to’g’risida

2017 yil 1 oktyabr holatida amaldagi narxlarda 3337.2 mlrd.so’mlik yalpi qishloq o’rmon va baliq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirildi. 2016 yilning shu davriga nisbatan yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish solishtirma narxda 105,8 foizga o’sdi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy xajmida dehqonchilik mahsulotlari 1710,9 mlrd.so’mini (51,3%)  (2016 yilga nisbatan 106,1 foiz) tashkil etdi.
Dehqonchilik. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida 2017 yil 1 oktyabr holatida ba’zi dehqonchilik maxsulotlari ishlab chiqarish 2016 yilga nisbatan ko’payishiga erishildi. Jumladan, 2017 yilning 1 oktyabr holatida barcha tizim xo’jaliklarida 580239 tonna don ishlab chiqarilib, o’tgan yilga nisbatan 96,4 foiz, kartoshka 181883 tonna 102,6 foizga, sabzavot 591681 tonna 108,9 foizga, poliz mahsulotlari 101565 tonna 102,6 foizga, meva 204078 tonna 104,7 foizga va uzum 135274 tonna ishlab chiqarilib, o’tgan yilga nisbatan 97,6 foizni tashkil etdi.
2017 yilda Davlatga don yetishtirib berish rejasi bo’yicha fermer xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jalik korxonalari tomonidan belgilangan 165,5 ming tonna tovar don o’rniga 2017 yilning 1 oktyabr holatida 170,9 ming tonna boshoqli don Davlatga topshirildi. Ya’ni rejaga nisbatan 103,3 foizni tashkil etdi.

Buxoro viloyatida 2017 yil 1 oktyabr holatida Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish to’g’risida

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy xajmida chorvachilik mahsulotlari 1570.3 mlrd. so’mni (2016 yilga nisbatan 105,5 foiz) tashkil etdi.
Chorvachilik.  Viloyatda 2017 yilning 1 oktyabr  holatida go’sht ishlab chiqarish 159457 tonnani tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 9275 tonnaga oshdi yoki 106,2 foizga, sut ishlab chiqarish 633690 tonnani tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 40684 tonnaga oshdi yoki 106,9 foizga, tuxum ishlab chiqarish hajmi 262.0 mln.donani tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 1,6 mln.donaga kam  yoki 99,4 foizni tashkil etdi.
Viloyatda qoramollar bosh soni 2017 yilning 1 oktyabr   holatida 1163267 boshni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 20625 boshga oshdi yoki 101,8 foizni tashkil qildi. Shu jumladan, sigirlar bosh soni 396372 boshni tashkil etib, 261 boshga o’sdi.
Viloyatda qo’y va echkilar bosh soni 2003329 boshni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 9384 boshga ko’paydi yoki 100,5 foizga o’sdi. Parrandalar bosh soni 3736546 boshni tashkil qilib, o’tgan yilga nisbatan 4169 boshga yoki 99,9 foizga kam.

Buxoro viloyati iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar to’g’risida

Buxoro viloyatida 2017 yilning 1 oktyabr holatida jami 15533 ta korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu korxonalarning 1452 tasi qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi, 2274 tasi sanoat, 1523 tasi qurilish, 3514 tasi savdo, 1052 tasi tashish va saqlash, 889 tasi yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar, 205 tasi axborot va aloqa, 414 tasi sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish va 4210 tasi boshqa tarmoq sohalarida faoliyat ko’rsatmoqda. Viloyatda barcha faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 12582 tasi kichik tadbirkorlik korxonalaridir.
Bundan tashqari, 2017 yilning 1 oktyabr holatida Buxoro viloyatida  7748 ta fermer xo’jaligi va 295 ta dehqon xo’jaliklari faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida 1644 ta yangi korxonalar tashkil etildi. Tashkil etilgan sub’ektlarning 1593 tasi kichik tadbirkorlik sub’ektlaridir.

Yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish.

2017 yil yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) hajmi 8 trln 58 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,0 foizni tashkil etib, Respublika ko‘rsatgichidagi ulushi 4,7 foizni  yetdi.

Sanoat.

2017 yil yanvar-sentabr oylarida sanoat mahsuloti xajmi 4 trln 567 mlrd.so‘mni yoki o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 100,7 foiz ni tashkil etdi.

Respublikadagi ulushi esa 4,6 foizni tashkil etdi

Qishloq xo‘jaligi.

2017 yil yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi amaldagi narxlarda 3 trln 337,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 105,8 foizni tashkil etdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlari 1 711 mlrd.so‘mni, chorvachilik mahsulotlari 1 570,3 mlrd.so‘mni, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaliklar va boshqa xizmatlar xajmi 55,9 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik tadbirkorlik sub’ektlari ulushi 98,7 foizni tashkil etdi.

Hosil yig‘imi.

2017 yil 1 oktabr holatiga barcha toifadagi xo‘jaliklarda 580,2 ming tonna boshoqli don ishlab chiqarildi, 181,9 ming tonna kartoshka qazib olindi, 591,7 ming tonna sabzavot  yig‘ib olindi, 101,6 ming tonna poliz ekinlari, 204,1 ming tonna mevalar va 135,3 ming tonna yetishtirildi.

Chorvachilik. 2017 yilning 1 oktabr holatiga barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan yirik shoxli qoramollar 1 163,3 ming boshni, shu jumladan sigirlar 396,4 ming boshni, qo‘y va echkilar 2 003,3 ming boshni, parrandalar 3 736,5 ming boshni tashkil etdi.

2017 yil 1 oktabr holatiga barcha toifadagi xo‘jaliklarda 159,5 ming tonna tirik vaznda go‘sht, 633,7 ming tonna sut, 262,0 mln. dona tuxum ishlab chiqarildi.

Investitsiyalar va qurilish.

2017 yil yanvar-sentabr oylarida viloyatning asosiy kapitaliga 7 trln 361 mlrd.so‘mmiqdorida investitsiyalar kiritildi va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 150,6 foizni  tashkil qildi.

Investitsiyalar hajmining Respublikadagi ulushi 18,6 foizni tashkil etdi

Qurilish faoliyati. 2017 yil yanvar-sentyabrda 1 trln 912 mlrd. so‘mlik qurilish pudrat ishlari bajarilib, 2016 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o‘sish sur’ati 102,6 foizni tashkil etdi.

Transport.

Yuk tashish. 2017 yil 9 oylikda barcha transport turlari tomonidan 63,1 mln.tonna yuk tashilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,2 foizga ko‘paydi.

Yuk aylanmasi barcha transport turlari tomonidan 1 trln 695,5 mln.tn.km.ni tashkil qildi va o‘tgan yilga nisbatan 0,8 foizga ko‘paydi.

Yo‘lovchi tashish. Joriy yil 9 oylikda barcha transport turlari tomonidan 291,7 mln. kishi tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilga nisbatan 4,6 foizga ko‘paygan. Yo‘lovchi tashish aylanmasi ushbu davrda 2016 yilning shu davriga nisbatan 5,5 foizga ko‘payib, 3 027 mln. kishi/km.ni tashkil qildi..

Chakana tovar aylanmasi.

Chakana tovar aylanmasi hajmi joriy yil yanvar-sentabr oylarida 4 trln 757,7 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2016 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 103,5 foizni tashkil qildi.

Chakana tovar aylanmasi hajmining Respublikadagi ulushi 6,2 foizni tashkil etdi.

2017 yil yanvar-sentyabrda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar hajmi 3 trln 320,2 mlrd. so‘mni, 2016 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o‘sish 102,6 foizni tashkil etdi

Xizmatlar hajmining Respublikadagi ulushi 4,3 foizni tashkil etdi

Xizmat ko‘rsatishda eng katta ulush savdo (35,4 foizi), transport (19,6 foizi), moliyaviy (9,9 foizi), aloqa va axborotlashtirish (6,8 foizi), mehmonxona va ovqatlanish (6,1 foizi) xizmatlariga to‘g‘ri keldi.

Korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy ta’rifi.

2017 yilning 1 oktabr holatiga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni (dexqon va fermer xo‘jaliklarisiz) 16 452 taga yetdi, shundan faoliyat ko‘rsatayotganlari soni 15 533 tanifaoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar soni 919 tanitashkil qilmoqda.

Ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo (22,8 foizi), sanoat (14,6 foizi), qurilish (9,9 foizi), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (9,7 foizi) sohalariga to‘g‘ri keladi.

2017 yil yanvar-sentabr oylarida jami 1 644 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari tashkil etilgan bo‘lib, ularning asosiy qismi Buxoro shahri (viloyat bo‘yicha yangidan ro‘yxatga olingan jami korxona va tashkilotlarning 33 foizi), G‘ijduvon (10,9 foizi), Romitan (9,2 foizi), Buxoro (7,0 foizi) va Peshku (6 foizi) tumanlariga to‘g‘ri keladi.

Kichik tadbirkorlik.

2017 yilning 1 oktabr holatiga ro‘yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik sub’ektlarining soni 13 438 tani tashkil qildi.

2017 yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 68,8 foizi  kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarildi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar.

Viloyatning tashqi savdo aylanmasi 602,9 mln.AQSh dollarini shu jumladan eksport 136,0 mln.AQSh dollarini, import 466,9 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Eksport hajmining Respublikadagi ulushi 1,3 foizni tashkil etdi.

Hisobot davrida viloyat korxonalari jahonning 70 dan ortiq mamlakati bilan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirdi va 22 dan ortiq mamlakat bilan ijobiy saldoga ega bo‘ldi.

Viloyat korxonalari asosan Rossiya Federatsiyasi (viloyatning tashqi tovar aylanmasidagi ulushi 49,9 foiz), Xitoy (13,7 foiz), Turkmaniston (9,8 foiz), Eron (6,9 foiz), Afg‘oniston (4,5 foiz) va Qozog‘iston (4,0 foiz) davlatlari bilan tovar aylanmasini amalga oshirgan.

2017 yil 1 oktabr holatida viloyat bo‘yicha 93 ta  chet el investitsiyasi ishtirokida korxonalar ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 85 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 11 ta, jumladan Buxoro shahrida 8 ta, Vobkent, Qorovulbozor va G‘ijduvon tumanlarida 1 tadan qo‘shma korxonalar tashkil etildi.

Yuklab olish:

2017_yanvar_sentyabr_3kv

Asosiy iq_ijt_kursatgichlar_2017_1_kv

Asosiy iq_ijt_kursatgichlar_2017_2_kv

Doklad_2017_yil_yanvar-iyun

Doklad_2017_yil_yanvar-mart

Qishloq_xujaligi_kursatgichlari

Orqaga Chop Etish  377 |   15-12-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 59
  • Ko`rib chiqilmagan: 20
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

23-05-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation