Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Istiqlol va Vatan haqida dilkash suhbatlar
Istiqlol va Vatan haqida dilkash suhbatlar

Jondor tuman madaniyat va istiroµat boshida ko‘plab maµallalar yoshlari, turli soµa vakillari, faollar va oіsoіollar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlab, "Fidoying bґlgaymiz seni, O‘zbekiston!" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan ishlab chiіilgan rejalar doirasida tashkil etilgan ma’rifiy-madaniy va tarІibot marosimiga poytaxtlik va buxorolik aktyorlar—O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar T. Beknazarov, S.o‘ulomova, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti F. Jo‘raqulov, shoir G‘umoyun Akbar va boshqa ijodkorlar tashrif buyurdi.

Ochiq muloqot, dilkash suhbat tarzida kechgan tadbirda mamlakatimiz, jumladan, uning olis hududlarida istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, odamlar ongi va hayotida, turmush tarzida yuz bergan o‘zgarishlar, yurt kelajagi sohiblari hisoblangan yoshlarning bilim olishi, kamol topishi hamda jamiyatda munosib o‘z o‘rnini egallashi uchun yaratilgan imkoniyatlar µaіida so‘z bordi. Chiqishlarda shukronalik, O‘zbekiston deb atalgan vatanda yashash baxti nasib etganidan faxr sezilib turdi.


—Inson qadri nima ekanligini umrining ma’lum davri sobiq sho‘rolar tuzumida kechgan kishi sifatida yaxshi bilaman,— deydi mehnat faxriysi, O‘zbekiston Qahramoni, xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati To‘ra Narziyev.—Men qirq yillik hayotimni irrigatsiya-melioratsiya sohasiga bag‘ishladim. Lekin oddiy insonga e’tiborni faqat Vatanimiz mustaqilligi davrida his qildim. E’tibor va g‘amxo‘rlik umring behuda o‘tmaganini, jamiyat uchun kerakligingni anglashga rag‘bat etadi. Hayotdan rozilik tuyasan. Men oddiy ekskavatorchi sifatida bundan sakkiz yil ilgari O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lganimda ko‘nglimdan shularni o‘tkazganman. Yaxshi eslayman, o‘sha quvonchli damlarimda meni hatto notanishlar ham qutlagan edi. Sening quvonching hammaning quvonchiga aylanadigan yurtda yashaganim bilan faxrlanaman.

Istiqlol, Vatan, hazrati inson, ezgulik tarannum etilgan kuy va qo‘shiqlar davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Bunday tadbirlar Buxoro viloyatining qator tumanlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.

 

Erkin YoDGOROV, "Buxoronoma" muxbiri.

Orqaga Chop Etish  175 |   29-08-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation