Bosh sahifa /  Yangiliklar /  «Xalqlarimiz 20 yildan ziyod vaqt kutgan hodisa»
«Xalqlarimiz 20 yildan ziyod vaqt kutgan hodisa»

Xohish va siyosiy iroda bo‘lsa har qanday masalani hal etish mumkin. 5 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan muzokaralari yakunlarini shunday izohlash mumkin. O‘zbekiston rahbari ayni damda Bishkekda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi.

Ikki davlat rahbarlari o‘z nutqlarida uchrashuvni bir necha bor tarixiy va tub burilish yasagan deya ta’rifladi. «25 yil davomida go‘yoki hal etilgan, biroq ikki qardosh xalq uchun zarur darajada hal etilmagan juda ko‘plab masalalar bor edi, — dedi Shavkat Mirziyoyev tor doiradagi muzokaralarda. — Samarqanddagi uchrashuvimiz yangi aloqalarimizga asos yaratdi, shu kundan biz hamkorlik qilishni, suhbatlashishni boshladik, shu kundan boshlangan uchrashuvlar bizga yo‘l ochdi. Xalqlarimiz yillar davomida shu kunni kutishdi».

«Bugun tarixiy kun, biz chegaralar bo‘yicha shartnoma imzolaymiz va bularning barchasi avvalgidek qolishi mumkin edi, biroq davlat rahbarlari irodasi bilan biz ushbu chegarani do‘stlik chegarasiga aylantirishga qaror qildik», — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

U o‘z so‘zida davom etib, parlament aloqalarini va xalq diplomatiyasini mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. Ilk bor O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida to‘rt hokim — chegaraoldi shaharlari va Toshkent ma’muriyati rahbarlari Bishkekka bordi. «Biz [ma’muriyatlar rahbarlari] markazdan buyruq kutmasdan barcha masalalarni o‘zlari hal etishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishimiz shart». Prezident chegaraoldi hududlarida Hokimlar kengashi tashkil etishni taklif qildi.

«Qirg‘iziston va O‘zbekiston tadbirkorlari hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishlarini xohlar edim. Agarda biz ularga xalal bermasak, ularning o‘zlari barchasini uddalashadi… Bugun katta biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Biz tadbirkorlarimizning raqobatbardoshligini mustahkamlash va boshqa davlatlar bozorlarini o‘zlashtirishlari bo‘yicha kelishishimiz mumkin. Buning uchun barcha sharoitlar mavjud», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Qisqa muddat ichida biz savdo-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sezilarli darajada yaxshilay oldik. Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasini 500 mln AQSH dollariga ko‘tarish rejasi bor», — deya qayd etdi u. O‘zA ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 60 foizga o‘sgan.

Foto: president.kg.

«Bu xalqlarimiz 20 yildan ziyod vaqt kutgan hodisadir», — dedi Almazbek Atamboyev. — Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga qilgan bugungi tashrifi ko‘plab masalalarni hal etadi va ushbu tashrif qardosh xalqlarimiz munosabatlarida yangi davr, yangi zamonni boshlab beradi".

«Ikki davlat tarixida ko‘plab muammolar, to‘siqlar bo‘lgan, biroq ular bartaraf etildi. Bugun barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdik», — deya ta’kidladi u muzokaralar yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Oktyabrda Qirg‘iziston Prezidentining O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Almazbek Atamboyev ushbu tashrifga qadar Bishkekda imzolangan shartnoma amalga oshirilishi lozimligini aytib o‘tdi. «Chegaralarimiz odamlar erkin o‘tishlari uchun maksimal darajada ochiq bo‘lishi lozim. Chegaralarimiz mojarolar emas, balki yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik chegaralari bo‘lishi lozim», — dedi u.

«Bugun yana bir bor amin bo‘layapmanki, o‘rtamizda hal qilinmaydigan muammolar yo‘q. Xohish va O‘zbekiston va Qirg‘izistonda ko‘p yillar davomida kutilgan Shavkat Miromonovich singari ilg‘or rahbar bo‘lsa, bo‘ldi», — dedi Almazbek Atamboyev.

«Men ushbu chegara do‘stlik chegarasi bo‘lishini istar edim», — deya tasdiqladi Shavkat Mirziyoyev. Tomonlar prezidentlarning Toshkentdagi kelgusi uchrashuviga qadar chegaralarning qolgan qismini xatlab olishni rejalashtirgan. «Hech qancha qolmadi, yil davomida 80 foizdan ko‘prog‘ini xatladik. O‘ylaymanki, agarda harakat qilsak, xatlaymiz», — dedi u.

«20 yil hal etilmagan muammolarni hal qilamiz. Buni xalqlarimiz uchun ham qilishimiz kerak. Munosabatlarimizga dolzarb ahamiyat qaratib, ular kelajagini katta nekbinlik bilan baholaymiz, — dedi O‘zbekiston rahbari.

Shavkat Mirziyoyev suv masalalari va Andijon-O‘sh-Qoshg‘ar avtomobil yo‘li qurilishi va Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini tezlashtirish hamda Qirg‘izistonda gidroelektr stansiyasi barpo etish bo‘yicha jiddiy kelishuvlarga erishilganini ma’lum qildi. «Biz jumladan moliyaviy tomondan faol ishtirok etishga tayyormiz. Biz har ikki tomonga manfaatli bo‘lishi uchun taroziga tortib, o‘ylab va aql bilan barchasini amalga oshirishimiz lozim. Qambar otaning qurilishi esa bizga kerak, bu stansiya kerak», — dedi u.

Ikki davlat prezidentlari muzokaralari yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot va O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Davlat rahbarlari hozirligida O‘zbekiston Oliy Majlisi va Qirg‘iziston Jokorku Keneshi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum, hududlararo hamkorlik to‘g‘risida, chegara vakillari faoliyati to‘g‘risida, oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida, ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida, soliq qonunchiligiga rioya etishni nazorat qilish masalalar bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar imzolandi.

Shuningdek, 2017−2019 yillarda chegara hududlari o‘rtasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytish bo‘yicha ikki davlat hukumatlarining hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi, Toshkent va Bishkek hokimiyatlari o‘rtasida, Andijon hokimiyati va O‘sh meriyasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Oktyabrda Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari, 2018 yilda O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati kunlari o‘tkazilishi kelishib olindi.

Orqaga Chop Etish  380 |   07-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation