Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Yoshlar ittifoqiga yuz kun
Yoshlar ittifoqiga yuz kun

Bundan roppa rosa yuz kun avval O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan edi. Shu sana munosabati bilan Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan aksiya tashkil qilindi.

"Buxoro kitob olami" savdo majmuasida o‘tkazilgan tadbirda qayd etilganidek, yoshlarni ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom, vatanparvar, fidoyi insonlar etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish ¬borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish va yangi sifat bosqichiga ko‘tarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida O‘zbekiston "Kamolot" YoIH negizida O‘zbe¬kiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Ushbu ittifoq tashkil topgan kun — 30 iyun sanasi mamlakatimizda "Yoshlar kuni" sifatida nishonlandi.

O‘zbekiston yoshlar ittifo¬qiga 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doi¬rasidagi navqiron avlod ¬faolligini oshirish bilan bog‘liq bir qator yangi va muhim vazifalar belgilab berildi. Mazkur ittifoq viloyat kengashi ¬tomonidan o‘tgan qisqa davr mobaynida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Yoshlar ittifoqi va "Kamalak" ¬bolalar tashkiloti sardorlari saylovlari o‘tkazildi. "Biz Vatanga tayanchmiz", "Yoshlar — kelajak bunyod¬kori", "Yoshlar oltin to‘¬pi", "Yoshlar velomarafoni" fes¬tivallariga 5000 nafarga yaqin navqiron avlod vakillari jalb qilindi. "Yoshlar va turizm" lo¬yihasi doirasida uyushtirilgan Buxoroning qadimiy obidalari bo‘ylab sayohatga qo‘shni Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Navoiy viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari jalb qilindi. "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi doirasida 300 nafarga yaqin yosh tadbirkor va fermerlar bilan tashkil etilgan ochiq muloqotlar chog‘ida murojaat etgan yoshlar muammolari hal etildi.

Tadbirda viloyat kengashi tomonidan shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar aks etgan ko‘rgazma, yoshlar uchun kitob savdosi tashkil etildi. "Kelajak bunyod¬kori" loyihasi doirasida bu yerga jam bo‘lgan yoshlar sportning bouling, stol tennisi, basketbol va yengil atletika turlari bo‘yicha o‘z jismoniy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Besh yuz nafardan ortiq navqiron avlod vakillari jalb qilingan tadbirda go‘zal kuy-qo‘shiqlar bayramona tantanalarga ulanib ketdi.

Shuningdek, aksiya doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi a’zolari tomonidan viloyat onkologiya dispanserida davolanayotgan yigit-qizlar holidan xabar olinib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Orqaga Chop Etish  242 |   12-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation