Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Yagona axborotlashtirilgan tizim va interaktiv xizmatlar bojxona organlari va tadbirkorlik subyektlari o’rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi.
Yagona axborotlashtirilgan tizim va interaktiv xizmatlar bojxona organlari va tadbirkorlik subyektlari o’rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi islohotlar, eng avvalo, dunyoda, shu jumladan, jahon iqtisodiyoti konyunkturasida yuz berayotgan turli o’zgarishlarga mos holda amalga oshirilmoqda. Tanlab olgan yo’limiz global inqirozdan keyin jahon iqtisodiyoti rivojlanish sur’atlari pasaygan bir sharoitda o’zining barqarorligi va hayotiyligini ko’rsatayotir.

Ayni vaqtda mamlakatimizda 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar izchil ro’yobga chiqarilmoqda. Ushbu dasturiy hujjat mamlakatimizning mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga o’tishi uchun yo’l ochib berdi. Ushbu harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo’nalishi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish ustuvor yo’nalishi deb nomlanib, mazkur yo’nalishda 2017-2021-yillarda mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlarini ko’rsatishning samarasi,  sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.

Ayni vaqtda axborotlashgan tizim butun dunyoda, shu jumladan O’zbekistonda keng rivojlanayotgan tizimdir. Bu tizim fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va davlat hokimiyati organlariga avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini ko’rsatishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni ko’zda tutadi.

 

Bugungi kunda butun dunyo bo’ylab elektron hujjat aylanishi keng tarqalmoqda. Buning asosiy sababi axborot texnologiyalari yil sayin jadal suratlar bilan rivojlanmoqda. Inson qo’l mehnati bir necha bor yengillashib, barcha sohaga axborot texnologiyalari jadal suratlar bilan kirib kelmoqda. Jumladan, sanoat, xizmat ko’rsatish, savdo, ta’lim va aloqa sohalarini bugungi kunda axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Axborot texnologiyalarining keng tarqalishi har bir sohada iqtisodiy va ma’naviy yutuqlarga olib kelish bilan bir vaqtda mehnat, sifat va iqtisodiy samaradorligini ortishiga sabab bo’lmoqda. Axborot texnologiyalari sohasining rivojlanishi natijasida davlat va fuqarolar o’rtasidagi axborot almashinuvini yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Buning natijasida davlat tashkilotlari bilan korxonalar o’rtasidagi o’zaro axborot almashinuvini elektron hujjat ko’rinishida amalga oshirilishiga erishildi.

 

Ko’pchiligimiz, elektron hukumat va interaktiv xizmatlar to’g’risida ko’p eshitganmiz va biz buni shunchaki davlat tomonidan boshqariladigan axborot manbasi emas balki globallashuv jarayonida keng  qamrovli tushuncha ekanligini yaxshi bilamiz.

Davlat interaktiv xizmatlari, mamlakat miqyosida boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda jamiyatning har bir a’zosi uchun ijtimoiy kommunikatsiya xarajatlarini kamaytirishni maqsad qiladi.

Bojxona organlari tomonidan yaratilayotgan elektron xizmatlar va bojxona ishining elektronlashtirilishi ham zamonaviy bojxona ishini tashkil qilish, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar uchun  qulay shart sharoitlar yaratish hamda bojxona ishini shaffofligi ta’minlashni maqsad qiladi.

Bojxona organlarida Interaktiv xizmatlarning tashkil etilishi bojxona organlari tomonidan ko’rsatiladigan bojxona ishiga oid zarur xizmatlardan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.

Bojxona organlarida interaktiv xizmatlarining asosiy vazifalari:

  • tadbirkorlik subyektlarining bojxona organlariga to’g’ridan     to’g’ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish.
  • tadbirkorlik subyektlarini bojxona sohasidagi boshqa  loyihalar bilan integratsiyalash;
  • tadbirkorlik subyektlarini bojxona organlari bilan o’zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;
  • bojxona organlariga murojaat qilganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to’siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;
  • tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart sharoitlar yaratish, shu jumladan vaqt va ortiqcha xarajatlarni qisqartirish;
  • bojxona organlarining shaffofligini ta’minlash.

 

Bojxona organlarida interaktiv xizmatlar – bojxona organlari va tadbirkorlik subyektlari o’rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi hisoblanib tadbirkorning shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo’ljallangan.

Bugungi kunda bojxona organlarida yaratilgan interaktiv xizmatlar soni 22 tani tashkil qilib, ushbu 22 turdagi interaktiv xizmatlar DBQ rasmiy veb-sayti (customs.uz) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da joriy etilgan. Ushbu interaktiv xizmatlar vaqtni tejash, qog’oz xarajatlarini kamaytirish, bojxona organlariga bormasdan o’z ish joylaridan internet orqali kerakli ma’lumotlarni olish hamda rasmiylashtirish va shu kabi bir qancha qulayliklar yaratib kelmoqda.

Shuni aytish joizki, uch yildan oshdi-ki, respublikamizda tadbirkorlar tomonidan “Tovarlarni elektron deklaratsiya qilish” interaktiv xizmati orqali tovar va transport vositalariga oid hujjatlar hamda hisobotlarni bojxona organlariga masofadan turib elektron taqdim etish va rasmiylashtirish imkoniyati yo’lga qo’yilgan.

“Elektron deklaratsiyalash” axborot tizimi orqali tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tovarlarni elektron deklaratsiyalashni amalga oshirishmoqda. Ushbu xizmat joriy qilingan 2014-yilning o’zida 98,7% bojxona yuk deklaratsiyalari elektron shaklda rasmiylashtirildi. So’nggi
2 yilda esa bu ko’rsatkich 100 % ni tashkil qilib kelmoqda.

Buxoro viloyati misolida aytadigan bo’lsak, “Tovarlarni elektron deklaratsiya qilish” interaktiv xizmati orqali statistik ma’lumotlarga e’tiborimizni qaratsak:

       2013-yilda jami 20017 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilib, ulardan 9504 tasi yoki 47,5% elektron tarzda taqdim etilgan bo’lsa, 2014-yilda eksport-import operatsiyalari yuzasidan jami
19470 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilib, ulardan
100%i mazkur tizim orqali elektron tarzda taqdim etilgan.

2015-yil davomida esa Buxoro viloyati bo’yicha jami 17828 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilib, ularning barchasi 100% elektron tarzda taqdim etildi.

Xususan, 2013-yilda tadbirkorlar tomonidan 7 million tonna  miqdorida bojxona yuk deklaratsiyalarining qog’oz blankalariga sarflangan bo’lsa, 2014- yilda qog’oz ko’rinishida deklaratsiyalash amaliyoti to’xtatildi va tadbirkorlarning bu yo’nalishdagi xarajatlariga barham berildi.

Shunisi e’tiborliki, tadbirkorlik subyektlariga  bojxona organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar (Yuklarni chetdan olib kelish va chetga olib chiqish bo’yicha vaqtinchalik ruxsatnoma, Reeksportga mo’ljallangan yuklarni joylashtirish bo’yicha ruxsatnoma)ni olish hamda bojxona to’lovlarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar (Bojxona to’lovlarini amalga oshirish bo’yicha korxonalar to’g’risidagi ma’lumotnoma va bojxona to’lovini ta’minlash haqidagi ma’lumotnoma)ni elektron shaklda yuborish imkoniyati joriy qilingan.    

          Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi bo’yicha tadbirkorlik subyektlariga bojxona organlari tomonidan taqdim etiladigan ruxsatnomalarni olish uchun kelib tushgan murojaatlar bo’yicha 2016-yil hisobida 1742 ta murojat kelib tushgan bo’lib, shundan 970 tasi yozma bo’lib, 772  ineteraktiv xizmatlar orqali kelib tushgan bo’lsa, 2017-yilda jami 783 ta murojaatlarning 373 tasi yozma,  410 tasi  interaktiv xizmatlar orqali elektron tarzda taqdim etilgan.

 

Yana bir qiziqarli elektron xizmatlardan  O’zbekiston Respublikasi hududiga  temir yo’l yoki avtomobil transporti orqali kiruvchi yuklar haqida ma’lumot olish elektron xizmatlari haqida gapirsak.

Tadbirkorlik subyektlari yoki jismoniy shaxslar chet davlatdan yuklangan, o’zlariga tegishli bo’lgan tovar moddiy boyliklarini mamlakat hududiga kirib kelganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni onlayn tarzda internet xizmatlari orqali tekshirib borish imkoniga ega bo’ldilar. Ular o’zlariga tegishli tovar moddiy boyliklari yuklangan avtotransport vositasining davlat raqami yoki vagon (konteyner) raqamini o’tirgan joylaridan yoki ofislaridan turib axborot-ma’lumotlar bazasiga kiritish orqali ularning qaysi hududda ekanligi bilishlari mumkin.

Shuningdek tovar moddiy boyliklari egalari bojxona chegarasi orqali olib o’tilishi kutilayotgan tovarlari va transport vositalarini avtomobil transportida olib o’tishda bojxona organlariga oldindan ma’lumot taqdim etishlari mumkin. Bunda ular o’zlarining tovar va transport vositalarini bojxona chegarasida bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirish va chegara bojxona postidan tezroq chiqarish imkoniga ega bo’ladilar.

Endi bojxona organlarining ish faoliyatiga bir nazar solsak, bojxona ishi mamlakatimiz itisodiyotini himoya qilish,  bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib o’tish, bojxona to’lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish hollarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo’yish tartibini belgilash bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi.

Hozirgi vaqtga kelib bojxona ishi to’liq avtomatlashtirilgan tizimga o’tkazilgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki bojxona organlarida  43 dan ziyod yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yaratilib bojxona ishida to’liq tatbiq etilgan. 

Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimlari o’zi nima?  

Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimlari  bu bojxona ishiga oid bo’lgan barcha protseduralar, jumladan;

Bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona to’lovlarini amalga oshirish, shartnomalarni ro’yxatga olish, bojxona ishiga tegishli bo’lgan barcha zarur ruxsat beruvchi hujjatlar va sertifikatlar, bojxona qonun buzilish holatlarining nazorati va boshqa tekshirish, identifikatsiyalash va labaratorik jarayonlarning avtomatlashtirilgan va elektron shaklda amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bunda bojxona organlarini barcha dasturlari bir-biriga mantiqiy bog’langan bo’lib, bojxona organiga taqdim etilgan barcha axborotlar onlayn va avtomatik tarzda  tekshiruv va tahlildan o’tkazilib xatoliklarga yo’l qo’yilmagan va qonun buzilishi holatlari xavfi bo’lmagan taqdirdagina bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishga ruxsat beradi.

Bunda birinchidan TIF qatnashchilari bojxona organiga taqdim etadigan barcha hujjatlarini o’z ofislaridan bir vaqtning o’zida elektron taqdim etish imkoniga ega bo’lsalar, ikkinchidan DBQ Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarida bojxona organlarining shaffof faoliyat yuritishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yuqorida keltirib o’tilgan interaktiv xizmatlar va bojxona organlarining yagona avtomatlashtirilgan tizimlari tadbirkorlik subyektlariga davlat chegarasi orqali harakatlanayotgan tovar va transport vositalarining o’tishini tezlashtirish hamda zarur ma’lumotlarga real vaqt mobaynida ega bo’lish imkoniyatlarini yaratib berdi. Bu bojxona va tadbirkorlik subyektlari o’rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichidir.

 

                                        Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi

                                        katta inspektori, Qahramon Hamroyev

Orqaga Chop Etish  370 |   23-02-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 63
  • Ko`rib chiqilmagan: 24
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

26-06-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation