Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Buxoro shahrida Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanadan reportaj
Buxoro shahrida Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanadan reportaj

Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligini yuksak ko‘tarinki ruhda kutib olayotgan xalqimiz, jumladan viloyatimiz ahli davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilib, hayotga izchil tatbiq etilayotgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini mamlakatimizni yanada demokratlashtirish, aholining huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotini farovonlashtirishga qaratilgan, ulkan ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan, keng qamrovli taraqqiyot va yangilanish modeli sifatida qabul qilib, uni ro‘yobga chiqarish yo‘lida astoydil ishlamoqda, izlanmoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturining ijrosi, amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, bunyodkorlik ishlari, islohotlar jarayo¬ni bilan tanishish maqsadida joriy yilning 10-11 mart kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida bildirgan fikr-mulohazalari, ko‘rsatmalari hududlarimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirishga, sanoat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, xizmat ko‘rsatish, turizm va boshqa sohalarni taraqqiy ettirishga xizmat qilyapti.

Ushbu tashrifdan so‘ng Yurtboshimiz ko‘rsatmalari asosida respublika Vazirlar Mahkamasi vohamizning tabiiy xom¬ashyo, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, hududlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari barqarorligini ta’minlash, sanoat, xizmatlar ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini jadal rivojlantirish orqali tumanlar byudjetlarining daromadlar bazasini kengaytirish, subvensiya darajasini pasaytirish hamda aho¬lining bandligi, hududlarning muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish maqsadida "2017-2018 yillarda Buxoro viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida"gi 237-sonli qarorini qabul qildi. Ushbu qaror viloyatimizda misli ko‘rilmagan taraqqiyot, bunyodkorliklar, voha ahlining manfaatlarini yanada to‘laroq ta’minlash borasida ulkan ishlarga start berdi.

29 avgust kuni oqshomida viloyatimiz markazi, shuningdek, vohaning barcha hududlari ahli vakillari, Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari, boshqaruv organlari rahbarlari, ishlab chiqarish ilg‘orlari, mehnat faxriylari va yoshlar ona-diyorimiz istiqlolining 26 yilligini keng nishonlash maqsadida respublikamiz Birinchi Prezidenti, mus¬taqilligimiz me’mori Islom ¬Karimov g‘oyasi va rahnamoligida barpo etilgan "Buxoro madaniy markazi" majmuidagi amfiteatrda jamuljam bo‘ldilar.

Soat 19.30 da musiqiy chorlov sadolari yangrab, qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tantanali tadbir boshlanganidan darak beradi. Viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O‘ktam Barnoyev tadbir ishtirokchilariga qarata tabrik so‘zi bilan murojaat etadi. U barchani eng ulug‘, eng aziz ayyom bilan qutlar ekan, ko‘pgina sohalardagi shijoatli mehnatlari, ma’naviyat va ma’rifat targ‘iboti, yoshlarni milliy istiqlol mafkurasi va o‘lmas qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qo‘shgan ulkan hissalari uchun bayram arafasida respublikamiz Prezidenti farmonlariga asosan Vatanimizning yuksak faxriy unvonlari, orden va medallariga sazovor bo‘lgan viloyatdoshlarimizni qizg‘in qutladi.

Viloyat rahbari "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi doirasida vohada sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligini taraqqiy ettirish, ijtimoiy soha infratuzilmasini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash, oliy va o‘rta umumiy ta’limni rivojlantirish, qishloq va shaharlarda namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylarni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha to‘xtaldi. Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Buxoroi sharifni yirik turistik markazga aylantirish, mavjud yirik mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish, yangi ko‘p yulduzli xususiy mehmonxonalarni qurish, sayyohlik xizmatlari ko‘rsatish turlarini kengaytirish, viloyatdagi qutlug‘ qadamjolar—Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqsh¬band, Yetti pir me’moriy majmualarini go‘zal va obod ziyoratgohlarga aylantirish ishlari ham boshlab yuborildi.

Pirovardida viloyat hokimi tadbir qatnashchilarini, ular timsolida butun voha ahlini istiqlolimizning 26 yilligiga uyg‘un tarz¬da nishonlanayotgan Qurbon hayiti bilan qizg‘in tabrikladi, barchaga yangi mehnat yutuqlarini, oilaviy baxt-saodat, yurtimizga tinchlik-xotirjamlik va taraqqiyot tiladi.

Maydon uzra O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining tantanavor ohanglari taraladi.

O‘zbekiston xalq hofizi Sohibjon Niyozov kuylagan "Vatan" hamda buxorolik xushovoz xonandalar Madina Idiyeva va Xurshid Ahrorov ijrosidagi "Men nechun sevaman O‘zbekistonni?" qo‘shiqlari Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayram konsertining o‘ziga xos muqaddimasi bo‘ldi. Buxoro shahar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarining "Istiqlol g‘unchalari" deb nomlangan chiqishlarida baxtli bolalik gashti, yurtimizda navqiron avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan beqiyos g‘amxo‘rliklar tarannum etildi.

Kitobga oshno qalb doimo ezgulik va ma’rifatga talpinib, buzg‘unchi g‘oyalar va jaholatdan o‘zini himoya qila oladi—O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashining bir guruh faollari ijrosidagi "Bolaga kitob bering" kompozitsiyasida ana shu g‘oya ilgari surilgan. Buxoro shahar harbiy garnizoni ofitser va askarlari "Vatan pos¬bonlari" deb nomlangan ko‘rgazmali chiqishlarida O‘zbe¬kiston ¬Qurolli Kuchlari yurtimiz¬dagi tinchlik va xotirjamlikni, davlatimiz sarhadlari va suverenitetini har qanday harbiy xurujlardan himoya qilishga qodir qudratli armiya ekanini namoyish qildilar. Bayram dasturidan o‘rin olgan "O‘zbegim sporti" ¬kompozitsiyasida esa buxorolik yoshlarning jahon arenalaridagi muvaffaqiyatli chiqishlarini nav¬qiron avlod vakillari munosib davom ettirayotganlari, vohada sportning olimpiya turlari rivojlanib borayotgani o‘g‘il-qizlarning turli mashqlari vositasida ko‘rsatildi.

Viloyatimiz xonandalari Buxoro shashmaqomining "Soqinomai Iroq" sho‘’basini, "Nihol" mukofoti laureati Marjona Qobulova, Nodir Hamidov, Xurshid Samadov, Rus¬tam Hamidov va boshqalar zamonaviy qo‘shiqlarni mahorat bilan ijro etib, dasturning mazmun-mohiyatini boyitgan bo‘lsalar, "Buxoro go‘zallari", "Buxorcha" va "Buxoro mavjlari" ansambllari raqqosalarining chiqishlari o‘ziga xos nafosat bilan ajralib turdi. Poytaxtlik san’atkorlar —O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov, respublikada xizmat ko‘rsatgan artistlar Ravshan Komilov, Rayhon G‘aniyeva, Ulug‘bek Rahmatullayevlar o‘zlarining yuksak professional ijrochilik mahoratlari bilan buxorolik tomoshabinlarni xursand etdilar. Bayram dasturi finalida barcha san’atkorlar ijrosida "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" ko‘shig‘i yangraganda lojuvard osmonda rang-barang mushaklar porlab, qalblarga cheksiz hayrat va surur bag‘ishladi.

* * *

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida ana shunday ko‘tarinki ruhda va sermazmun o‘tdi.

Orqaga Chop Etish  267 |   31-08-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation