Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Raqamli televideniya endi Buxoroda!!!
Raqamli televideniya endi Buxoroda!!!

O‘zbekistonda mavjud bozor holati raqamli televideniye xizmatlarini taqdim etadigan hududni kengaytirishga xizmat qiladi. UZDIGITAL TV raqamli televideniyesi faqatgina yuqori sifat va telekanallar to‘plami kengligi emas, bu sizning va oila a’zolaringiz hayotini yangi sifati ham demakdir! Raqamli teleuzatishga o‘tish – mamlakatimiz televideniyesining rivojlanishidagi muhim bosqichdir. 2017 yil 14 dekabr kuni UZDIGITAL TVning Buxoro shahridagi, B.Naqshbandiy ko‘chasi 40-uyda joylashgan sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofisi o‘z ish faoliyatini boshladi. Bu yerda mijozlar raqamli televideniyaga ulanish uchun uskunalarni xarid qilish imkoniyatiga ega. Televizorning rusumiga qarab (ichki DVB-T2 tyunerli yoki ichki tyunersiz) kompaniya 2 turdagi uskunalarni taklif etadi: TeleCARD (CAM-modul) va raqamli efir qabul qilgich (tyuner). DVB-T2 raqamli standarti tufayli tomoshabinlarni sifatli tasvir va ovoz bilan ta’minladi.

Kompaniya xizmatlari uchun to‘lovlarni PAYNET, CLICK, UZCARD, PayMe, U-PAY, MBANK to‘lov tizimlari, shuningdek, “Aloqa Bank”, “Ipak Yo‘li Banki” va “Ipoteka Bank” orqali amalga oshirish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotni www.uzdtv.uz saytidan olish mumkin. “UZDIGITAL TV” MChJ bugungi kunda O‘zbekistondagi yetakchi raqamli televideniye provayderi hisoblanadi. Telekanallar paketida 65 ta telekanal mavjud: 21 milliy va 44 xorijiy telekanal. «UZDIGITAL TV» kompaniyasining faoliyati tamoyili har bir mijoz talabiga individual yondashuv va har bir mijoz uchun maksimal qulaylik yaratishga asoslanadi! Bugungi kunda Buxoro viloyatida «UZDIGITAL TV» kompaniyasi tomonidan 3ta “Ekonom”, “Standart” va “Miks” telekanallar paketi asosida faoliyat olib borilmoqda. 


Agarda «UZDIGITAL TV» kompaniyasi tomonidan raqamli televideniye xizmatlarini taqdim etishda texnik nosozliklar yoki muammolar paydo bo‘lganda UZDIGITAL TVning qisqa “1065” raqamli call sentre ga yoki (99871) 129 9000, (99865) 2230066 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. 

Orqaga Chop Etish  774 |   27-12-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 64
  • Ko`rib chiqilmagan: 25
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-08-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation