Bosh sahifa /  Tarkibiy bo`linmalar /  Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri v.v.b
Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri v.v.b

2017 yil 28 avgustdan:
Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri v.v.b
 


 Quyidagilar kotibiyatning vazifalari hisoblanadi:

hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha bo‘yicha qabul qilingan konsepsiya va dasturlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash va amalga oshirilishini monitoring qilish hamda umumlashtirishni ta’minlash;
chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko‘paytirish hamda ularni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;
turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo‘nalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yo‘nalishidagi diqqatga sazovor joylar, ularning holatini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash, ishlab chiqib, tasdiqqa kiritish hamda amalga oshirilishini nazorat (monitoring) qilish;
qo‘shimcha turizm marshrutlarini ishlab chiqish, chet el yoshlarini keng jalb etish maqsadida ko‘ngilochar komplekslar barpo etish, madaniy meros ob’ektlarida xalqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, an’analarini o‘zida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash;
turizm sohasida turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
turizm sohasidagi loyihalarga investitsiya jalb qilish uchun loyihalarning pasportlarini shakllantirish va tegishli taqdimot materiallarini davlat va zaruriy xorijiy tillarda tayyorlash hamda investitsiya jalb qilish bo‘yicha boshqa choralarni ko‘rish;
mas’ul vazirlik, idora va qo‘mitalarning hududiy boshqarmalari ish faoliyatini turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish;
turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish orqali hududning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish bo‘yicha takliflar tayyorlash va amalga oshirish choralarini ko‘rish.
6. Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va boshqa Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal etish hamda viloyat, shuningdek turizmni rivojlantirish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning o‘rinbosarlariga taqdim etadi;
turizm sohasining muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig‘ilishlari, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
turizm sohasidagi hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
viloyat hokimining hududda turizmni rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi;
viloyat hokimligining ish rejasiga kotibiyat yo‘nalishi bo‘yicha masalalarga doir takliflarni kiritadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimligining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.
Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

Orqaga Chop Etish  175 |   19-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

14-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation