Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda !!!
Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda !!!


Ma’lumki, bu dunyoda odamlarning dardu tashvishi bilan yashash — insoniy fazilatlarning eng oliy qadriyati sanaladi. Shu bois ham inson va uning haq-huquqlari, manfaatlarini himoya qilish masalasiga yurtimizda katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, ulkan o‘zgarishlar zamirida, eng avvalo, inson huquq va manfaatlarini to‘liq ta’minlash masalasi mujassam. Mazkur tamoyil, ayniqsa, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingan joriy yilda yanada ustuvor ahamiyat kasb etayotgani tabiiy hol.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 
31 martdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida namunaviy nizom” va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015 yil 30 apreldagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga asosan korxona rahbari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi belgilangan, shuningdek Vazirlik tomonidan qabul qilingan buyruq va farmoyishlarida murojaatlarni qabul qilish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilishi, yozma, og‘zaki va elektron murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga qat’iy nazoratga olinishi va mansabdor shaxslarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirish qayd etilgan.
Inspeksiyaning Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasiga 2017 yilning avgust oyi davomida 16 ta ariza va shikoyatlar qabul qilingan bo‘lib, qabul qilingan murojaatlar qonuniy hal etilgan.
Jumladan, Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasining “Ishonch telefoni” xizmatiga Buxoro shahar Navro‘z ko‘chasi, 18-uyda yashovchi fuqaro R.Kadirovaning uyiga telefon nuqtasini o‘rnatish bo‘yicha Buxoro shahar telekommunikatsiya bog‘lamasiga murojaat qilganligi, lekin bugungi kungacha murojaati ijobiy hal etilmaganligi,
- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali Buxoro shahar Dilkusho ko‘chasi 5-muyulish 45-uyda yashovchi 1-guruh nogironi fuqaro Sh.Umarovning uyiga telefon nuqtasi o‘rnatish to‘g‘risida qilgan murojaatlari ijobiy hal qilinib, ularning uylariga yangi telefon nuqtalari o‘rnatib berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining virtual qabulxonasi orqali Buxoro viloyati, Kogon shahar, Xiva ko‘chasi 21 uy, 5 xonadonda yashovchi fuqaro L.Chernыshevaning obuna bo‘lgan Darakchi gazetasini o‘z vaqtida pochta xodimlari tomonidan yetkazilmaganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, Darakchi gazetasi obunachiga yetkazildi. 
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ko‘rsatilayotgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari sifatini yaxshilash, sohada mavjud muammolar bo‘yicha mijozlardan tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida mijozlarga xizmat ko‘rsatish joylarida Inspeksiyaning qisqa “1144” raqamli “Ishonch telefoni” xizmatlari to‘g‘risidagi e’lonlar tashkil qilingan. Bundan tashqari, aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining buzulishiga, iste’molchilar huquqlarining poymol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “Ishonch telefoni” xizmati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali har chorakda aholiga o‘zbek va rus tillarida e’lonlar berilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Soha yo‘nalishi bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar Inspeksiyaning doimiy nazoratidadir.


Shuxrat Sayfidinov
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya
texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat 
inspeksiyasining Buxoro viloyati hududiy 
bo‘linmasi inspektori

Orqaga Chop Etish  215 |   12-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation