Bosh sahifa /  Yangiliklar /  FIFA O‘zbekiston futbol federatsiyasiga 5 mln dollar taqdim etadi
FIFA O‘zbekiston futbol federatsiyasiga 5 mln dollar taqdim etadi

Xalqaro Futbol federatsiyasi (FIFA) O‘zbekiston Futbol federatsiyasiga (O‘FF) «Forvard» dasturi doirasida 5 mln dollar ajratadi. O‘FF rahbari Umid Ahmadjonov 21 sentyabr kuni Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan loyiha bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

O‘FF matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, ajratilayotgan mablag‘ning 3,5 mln dollari 2018 yil so‘ngiga qadar, qolgan 1,5 mlni esa 2019 yilda taqdim etiladi. «Forvard» dasturi reglamentiga muvofiq, mablag‘lar federatsiya faoliyatini yuritish, ma’muriy-boshqaruv faoliyati, respublika musobaqalari tashkillashtirish, vebsayt ishini yaxshilash va boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, O‘FF va FIFA 2017—2018 yillarda maxsus loyihalarni amalga oshirish uchun 1,5 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Umid Ahmadjonov Toshkentda kelishuv shartlarini bajarish uchun ishchi guruh tashkil etishga ko‘rsatma berdi.

FIFA, shuningdek Futbol federatsiyasining O‘FF shaxsiy mablag‘lari hisobidan 2016 yilda amalga oshirgan maxsus loyihalari uchun sarflangan mablag‘lar o‘rnini qoplash uchun 1 mln dollar miqdorida ko‘mak ajratadi.

Muzokaralar doirasida FIFAning «Gol-4» loyihasi doirasida 500 ming dollarlik mablag‘ni O‘FF hisob raqamiga o‘z vaqtida tushirish masalasi ham muhokama qilindi. Mablag‘ning birinchi qismi federatsiya binosini rekonstruksiya qilishga yo‘naltirildi. Qolgan qismi esa milliy terma jamoa uchun yangi avtobus sotib olishga sarflanadi.

Tomonlar O‘zbekistonda xalqaro tadbirlar va turnirlar, jumladan 17 va 20 yoshli qizlar o‘rtasida jahon chempionatini o‘tkazish imkoniyatlarini ham muhokama qilishdi. Umid Ahmadjonov O‘zbekistonda ixtisoslashgan forumlardan biri yoki FIFA Kongerssini o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

O‘FF rahbari FIFAga jahon futboli afsonalari va amaldagi yulduzlarini yosh futbolchilar uchun master-klasslar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga taklif qilishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

O‘zbek va Yevropa klublari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, birgalikdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish va tajriba almashish uchun mutaxassislarni taklif etish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi.

Umid Ahmadjonov taklifi bilan FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurishga va’da berdi.

Orqaga Chop Etish  196 |   25-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation