Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Yuksak e’tibor namunasi
Yuksak e’tibor namunasi

Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida Buxoro tumanidagi Rabotak qishlog‘ida yangilangan loyihalar asosida barpo etilgan zamonaviy uy-joylar foydalanishga topshirildi.

Keyingi yillarda Rabotak qishlog‘i kengayib, tobora zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida bu yerda yana 42 zamonaviy uy qurilib, foydalanishga topshirildi. Hovli to‘yini nishonlaydiganlar orasida Prezident sovg‘asi sifatida uy kalitini olgan 6 nafar ehtiyojmand oila vakillari va jismoniy imkoniyati cheklangan fuqaro ham bor.

— Bugungi sana hayotimdagi unutilmas kun bo‘lib qoladi, — deydi Orzugul Habibova. — Uch xonali kichik hovlida 11 kishi yashardik. O‘g‘lim ham, kelinim ham nogiron. Mana, bugun o‘g‘limning qo‘liga uch xonali uyning kalitini tutqazishdi. Zamonamdan aylanay, uyning boshlang‘ich badali Prezidentimiz tomonidan to‘lab berildi. Kelinim Nargiza ham ishli bo‘lganidan juda xursand. Unga "O‘zpaxtasanoat" aksiyadorlik jamiyati tomonidan zamonaviy tikuv mashinasi berilib, kasanachi sifatida ishga qabul qilindi.

Tuman markazida yashovchi Matluba To‘¬raye¬vaning ham quvonchi cheksiz.

— Hayot ekan, turmushim bo‘lmagach, ota-onamning uyida yashadim, — deydi Matluba. — So‘ng bir necha yil ijarama-ijara yurishga majbur bo‘ldim. O‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman. Qizim ulg‘aygani sari unga zarur sharoit yaratib berolmayotganimdan ezilardim. Xayriyat, u kunlar ortda qoldi. Boshlang‘ich badalini to‘laganimdan so‘ng menga ikki xonali kvartira berildi. Qarang, hamma jihozlar bor. Bunaqasini tushimda ham ko‘rmaganman. Bunday g‘amxo‘rlik uchun davlatimizdan behad minnatdorman.

Tadbirda yosh oilalarga Prezidentimiz sovg‘asi sifatida yotoqxona mebeli, oshxona jihozlari, muzlatkich, televizor, changyutgich, kir yuvish mashinasi topshirildi.

Shu kuni Rabotakda ijtimoiy ko‘makka muhtoj 15 nafar fuqaroga joriy yilda foydalanishga topshiriladigan uylarga egalik qilish huquqini beruvchi order berildi.

Yangilangan namunaviy lo¬yihalar asosida viloyat qishloqlarida joriy yil oxiriga qadar yana 200 uy qurilib, 20 tasi ehtiyojmand oilalarga ajratilishini ta’kidlash kerak. Tadbirda ushbu fuqarolarga Prezident sovg‘asi sifatida uyning boshlang‘ich badali to‘langani to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.

"O‘zpaxtasanoat" aksiyadorlik jamiyati tomonidan uy-joyga muhtoj nogiron va mehnatga layoqati cheklangan 35 fuqaroga tikuv mashinasi berilib, kasanachilik shartnomasi asosida ishga joylashtirildi.

Boquvchisini yo‘¬qotgan va kam ta’minlangan oilalar 26 nafar farzandining sunnat to‘yi ham o‘tkazib berildi. Bolajonlarga homiylar tomonidan sovg‘a-salomlar topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi.



Erkin YoDGOROV, "Buxoronoma" muxbiri.

Orqaga Chop Etish  275 |   24-08-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation