Bosh sahifa /  Yangiliklar /  WSJ O‘zbekistondagi islohotlarga bag‘ishlangan maqolani e’lon qildi
WSJ O‘zbekistondagi islohotlarga bag‘ishlangan maqolani e’lon qildi

Amerikaning The Wall Street Journal nashri 14 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga safari arafasida O‘zbekistonga bag‘ishlangan maqolani e’lon qildi. Uning qisqacha mazmuni «Jahon» AA tomonidan chop etildi. Xuddi shu kuni Forbes jurnali sayti ham O‘zbekiston to‘g‘risida yirik materialni e’lon qildi.

Material muallifi Yaroslav Trofimovning yozishicha, muqaddam eng yopiq mamlakatlardan biri bo‘lgan O‘zbekiston qadamba-qadam dunyoga ochilmoqda. So‘nggi bir yil davomida respublikada erkinlashtirish borasida ko‘plab o‘zgarishlar qayd etildi. Mamlakatni mintaqaning og‘ir vaznli a’zosi sifatida ta’kidlab o‘tgan muallif O‘zbekistonning AQSH bilan aloqalarini rivojlantirish maqsadida ekanini yozadi. Davlat afg‘on muammosini hal etish uchun ham yaqindan ish olib bormoqda.

Yaroslav Trofimov O‘zbekistonning siyosiy tizimni erkinlashtirish, diniy erkinlik va o‘tkir muammolarni ko‘tarib chiqishni boshlagan OAV erkinligini kengaytirishdagi qarorlarini yodga olib o‘tadi. Maqolada o‘zbek hukumatidagi kadrlar almashinuvi masalasi ham ko‘tarilgan. Unga ko‘ra, muhim lavozimlarga jumladan G‘arbda tahsil olgan yoshlar tayinlanayotgani aytib o‘tilgan.

Tashqi siyosatda Toshkent ko‘p yillar davomida yopiq bo‘lgan chegaralarni ochish yo‘li bilan mintaqadagi qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni me’yorlashtirishga kirishgan. Respublika Markaziy Osiyoda yaqin hamkorlik va savdo-sotiqni kengaytirishga katta e’tibor qaratgan. O‘zbekiston 2019 yilda sobiq ittifoqdan meros bo‘lib qolgan chiqish vizasini bekor qilish rejalari to‘g‘risida ham xabar qilindi.

Iqtisodiy sohada O‘zbekiston yaqindagina milliy valyutani «suzib yuruvchi» kursga o‘tkazgani qayd etilgan. Nashrning ishonch bildirishicha, bu iqtisodiyotni rivojlantirishga katta turtki beradi.

Orqaga Chop Etish  109 |   20-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation