Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Navqiron iqtidor egasi dunyo kezadi
Navqiron iqtidor egasi dunyo kezadi

Hech mushohada qilib ko‘rganmisiz: nega maktabga qatnay boshlagan o‘g‘il-qizimizga ranglar bilan ishlashni, tasviriy san’atni o‘rgatamiz. Ularga bilganimizcha, suratlar, natyurmort yoki tabiat manzaralari tushirilgan peyzajlar chizib berib, jajji yurakchalarida san’atga mehr uyg‘otishga urinamiz. Ta’lim-tarbiyada tasviriy san’atning o‘rni va ahamiyati beqiyos. Birgina musavvirlikni olsak, qalamtasvir, rangtasvir, haykaltaroshlik kabi san’atning nafis turlari estetik didni o‘stirishi, tafakkurni boyitishi barobarida har bir o‘g‘il-qizni ruhan shakl¬lantiradi va ulg‘aytiradi. Shu nuqtai nazardan, ushbu sehrli ijod olamiga oshuftalik yosh miniatyurachi rassom Murodjon Habibovda ham murg‘ak bolalik davridan boshlangan.

Eski shaharning Toqi Zargaron, Toqi Telpakfurushon obidalari, Labihovuz ansambli, Ko‘kaldosh, Nodirdevonbegi kabi madrasalari, yana o‘nlab xonaqoh, maqbara va qadimiy yodgorliklari hamda ularga ishlangan tasvirlar, naqshu nigorlar, faqat ko‘hna va hamisha navqiron shahrimiz tarixiga daxldor uslublar ne-ne mehmon yoxud sayyohlar va hamyurtlarimizni hayratda qoldirmagan. Ana shu ilohiy ijod samarasi bo‘lgan san’at Murodjon Habibovni ham o‘ziga maftun etdi, musavvirlik hunariga mehr qo‘ydi. O‘smirligidan ayniqsa, jajji san’at namunalari bo‘lgan turli gul qog‘oz, teri, panno yoki bejirim qutichalarga solingan miniatyura tasvirlari uni rom eta boshladi. Shu bois u bu boradagi dastlabki saboqni ustozi va otasi Hamid Habibovdan olgan bo‘lsa, keyinchalik taniqli musavvir Rahmon Baqoyevga shogird tushdi. Ustozlar ko‘magida Buyuk ipak yo‘lining savdo karvonlari, qadimiy shaharlar obidalari, mo‘jizakor tabiatning nabotot va hayvonot olami uning qo‘l ishlarida asosiy mavzuga aylandi.

Endi u sharif shahrimiz me’moriy yodgorliklari bilan cheklanib qolmasdan, o‘rta asrlar mumtoz adabiyotining yorqin namoyandalari Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Lutfiy kabi allomalar asarlari bosh qahramonlarini polotnoda gavdalantirishdek murakkab janrga qo‘l urdi.

— Bu uslub o‘rta asrlar Uyg‘onish davridan sayqal topgan miniatyura san’atining yirik vakili Kamoliddin Behzoddan bizga meros bo‘lib qolgan,— deydi Murodjon Habibov. — O‘sha davrda yaratilgan rangtasvir asarlarining ma’naviy qiymati ayni kunda butun dunyoda tan olingan. Shu bois har bir miniatyurachi musavvir Behzod hazratlarini o‘ziga g‘oyibona ustoz deb biladi. Men ham bu borada ilk mashqlarimni Xusrav Dehlaviy kitobiga ishlangan miniatyura asarlarini ko‘chirishdan boshlaganman. Keyinchalik Alisher Navoiyning "Xamsa" asariga ishlangan miniatyuralar kompozitsiyasi meni o‘ziga maftun etdi. Mash¬hur besh dostonga chizilgan suratlarni birma-bir o‘rgandim.

M. Habibov qalamiga mansub miniatyura namunalari, bejirim ishlangan lavhalar va asarlarga bag‘ishlab bitilgan suratlarni qadim shahrimizda har yili an’anaviy o‘tkaziladigan "Ipak va ziravorlar" xalqaro festivali, poytaxtdagi nufuzli ko‘rgazmalarda ko‘rish mumkin. Izlanuvchanligi tufayli yildan yilga iste’dodi sayqal topib borayotgan yosh musavvir endigina 23 yoshni to‘ldirayotganiga qaramay, o‘z san’atini ko‘hna qit’ada, 2013 yil kuz oylarida Buyuk Britaniyada namoyish qilishga, muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozonishga ulgurdi. 2016 yilga kelib u uch marotaba ana shu qit’aga tashrif buyurib, xorijlik hamkasblari bilan tanishdi, qator do‘stlar orttirdi, o‘zbek miniatyura san’atini ko‘z-ko‘z qilish baxtiga musharraf bo‘ldi. Qolaversa, hunari tufayli Murodjon ummonortini ham zabt etganlardan. Shu yil yanvar oyida u AQShning Nyu York shahrida tashkillashtirilgan "Cha Mega shou" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etib qaytdi. Murodjon o‘z ijod namunalari, shaxsiy asarlari kolleksiyasini muntazam boyitib bormoqda. Demak, hali yangidan-yangi ijodiy muvaffaqiyatlar oldinda.

Orqaga Chop Etish  156 |   07-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation