Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Nuroniylarning Samarqandga sayohati
Nuroniylarning Samarqandga sayohati

Yurtimiz muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar va tabarruk ziyoratgohlarga nihoyatda boy, betakror o‘lkadir. Bu go‘shalarning har biri jonajon diyorimizning o‘tmishidan hikoya so‘zlab, ongingizni ma’rifat, qalbingizni Vatanga muhabbat, ertangi kunga ishonch ruhi bilan munavvar etadi.

— Jonajon O‘zbekistonimizning qadim vohasi bo‘lmish Samarqand viloyatiga sayohatimiz davomida men ana shu yuksak hisni Vatan tuyg‘usini yanada teranroq anglab yetdim,- deydi romitanlik mehnat faxriysi Ibodat aya Samadova. Ilgari ham bu shaharda bo‘lganman. Lekin istiqlol yillarida bu go‘shada amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirishga bo‘lgan katta e’tiborni ko‘rib, nihoyatda to‘lqinlanib ketdim.

Xuddi shunday fikrni "Nuroniy" jamg‘armasi viloyat bo‘limi tashkil etgan Samarqand sayohatining har bir ishtirokchisidan eshitish mumkin. Otaxon va onaxonlar sayohatni mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, bu qadamjoga gullar qo‘yishdan boshlashdi. So‘ngra Samarqandning bir qator tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishib, taassurotlarini boyitishdi.

— Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab uyushtirilgan bu tadbirda viloyatimizning har bir tumanidan 50 nafar, jami 700 dan ziyod mehnat faxriysi ishtirok etdi, deydi jamg‘armaning viloyat bo‘limi raisi F.Aminov. Agar ushbu sayohat keksa otaxonu onaxonlar qalbiga iliqlik baxsh etib, zavq uyg‘otgan bo‘lsa, biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadga erishgan bo‘lardik.

Orqaga Chop Etish  219 |   04-10-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation