Bosh sahifa /  Yangiliklar /  "Buxoro hunarmandlari" festivali
"Buxoro hunarmandlari" festivali

Viloyatimiz markazining qadimiy va so‘lim go‘shasi — Labihovuz me’moriy maj¬muining muhtasham obidasi bo‘lmish Nodirdevonbegi xonaqosi oldidagi maydonda 20 sentyabr kuni ertalab quyosh nurida porlab turgan 20 dan ziyod karnaydan taralgan tantanavor sadolar shahar ah¬lini, respublikamiz turli hududlari va vohamiz tumanlaridan kelgan xalq amaliy san’ati ustalarini, chet ellik sayyohlarni "Buxoro hunarmandlari-2017" festivalining ochilish marosimiga chorladi.

Unda so‘zga chiqqan shahar hokimi Karim Kamolov respublikamiz Prezidentining shu yil 19 maydagi "2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati turistik salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida viloyat hokimligi, "Hunarmand" uyushmasi viloyat boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir ishtirokchilarini qizg‘in qutlab, festival ishiga muvaffaqiyatlar tiladi. Notiq hozirgacha jahonning 11 ta shahri bilan birodarlashgan Buxoroi sharif hamda Xitoy Xalq Respublikasining Loyan shahri o‘rtasida shunday qardoshlik aloqasi o‘rnatilganini va mazkur festivalda Xitoy Kompartiyasining ushbu shahar qo‘mitasi sarkotibi o‘rinbosari Xu Szyabin boshchiligidagi delegatsiyasi ishtirok etayotganini ma’lum qilganida maydon uzra Chin mamlakati vakillari sha’niga olqishlar yangradi.

Marosim "O‘zbekkonsert" viloyat bo‘limi san’atkorlarining mumtoz va zamonaviy qo‘shiqlari hamda jozibali raqslariga ulandi. Buxoro turizm kolleji yosh dizayneri Madina Ziyayeva, "Buxoro hu¬narmandlari" uyushmasi chevari Shamsiyaxon Nabiyeva, Irina Sharipova rahbarligidagi "Ovatsiya" modalar teatri modelerlari milliy matolardan tayyorlagan zamonaviy liboslar kolleksiyalarining namoyishi nafaqat mahalliy xotin-qizlar, balki chet ellik ayol sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi.

Festival boshlanishidan bir kun ilgari Shohrud kanali yonidan san’at muzeyiga qadar cho‘zilgan hududdagi savdo rastalaridan joy olib, turli-tuman hunarmandchilik mahsulotlarini xaridorlarga sotayotgan ustalar va tadbirkorlarning qo‘li-qo‘liga tegmaydi. Ular orasida vodiylik adras va atlas to‘quvchilarning ko‘pchilikni tashkil etgani buxoroliklarni behad xursand qildi. Chunki marg‘ilonlik Qodirsher Oxunov, Dadajon Fazliddinov, Abubakir Hamidov, Ma’murbek Hoshimov, namanganlik Ahmadali Abdurahimov singari ustalar to‘qigan adras, atlas, banoras, beqasam va shoyi matolar nafaqat respublikamiz yarmarkalarida, balki jahonning turli mamlakatlarida tashkil etilayotgan xalqaro savdo-ko‘rgazmalarida eng xaridorgir mahsulot hisoblanadi.

Bu nomdor ustalarning shogirdlari "Buxoro hunarmandlari" festivaliga ular to‘qigan milliy matolarning yangi dizayndagi sirg‘a, sarvinoz, nog‘ora, bodomcha, tomchi, shaxmat, paxtaoy va yevro nusxalarini sotuvga olib kelib, vodiylik to‘quvchilar doimiy ijodiy izlanishda ekanliklarini namoyish etdilar. Viloyatimiz markazidagi "Zarina milliy liboslari" korxonasida mehnat qilayotgan buxorolik chevarlar ham savdo-ko‘rgazmaga qo‘ygan zamonaviy modeldagi kiyim-kechaklari bilan ijodiy izlanish bobida boshqa ustalardan ortda emasliklarini ko‘rsata bildilar.

Savdo rastasida o‘zi loydan tayyorlagan milliy o‘yinchoqlari va hushpulaklarini chet ellik sayyohlarga taklif etayotgan 81 yoshli vobkentlik kulol Kubaro Boboyevani shogirdlari davrasida uchratdik.

—Viloyatimizda birinchi bo‘lib Xalq rassomi unvoniga sazovor bo‘lgan Hamro bibi Rahimovadan kulollik kasbi sirlarini o‘rganib, elda, san’at olamida hurmat topdim,— deydi onaxon.—Endi bu kasb an’analari bardavomligini ta’minlash uchun Farhod Bahromov, Umid Rahimov, Lola Narziyeva, Rohila Rahimova singari o‘nlab iste’dodli shogirdlarni tarbiyaladim. Ishonchim komilki, Vobkentning O‘ba qishlog‘i kulolchilik san’ati yanada taraqqiy etib, respublikamiz milliy hunarmandchiligi shuhratiga shuhrat qo‘shaveradi.

Festival doirasida buxorolik taniqli hunarmandlar ustaxonalarida, shuningdek Minorai Kalon me’moriy majmui oldidagi maydonda xalq amaliy san’atining o‘ndan ziyod turlari bo‘yicha mahorat saboqlarini o‘tkazdilar. Mashhur zardo‘z, O‘zbekiston Respublikasi Qahramoni Muyassar Temirova, respublika Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekiston xalq ustasi Alisher Narzullayev va boshqa ko‘plab nomdor hunarmandlar yosh ijodkorlarga o‘z kasb-korlari va san’atlari siru-asrorlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishdi, shogirdlar qo‘lida jilo topgan buyumlarni baholashdi.

—"Buxoro hunarmandlari" festivalining avvalgi tadbirlardan farqi shundaki, bu gal biz viloyat markazidan ancha olisdagi qishloqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xalq amaliy san’ati ustalarining savdo-ko‘rgazmalarida ishtirok etishlarini ta’minlashga harakat qildik,—deydi ko‘pgina xalqaro tanlov¬larning g‘olibi bo‘lgan taniqli temirchi usta Shokir Ka¬molov.—Jondorlik yosh hu¬narmandlar Mirshod va Mu¬rod Idiyevlar yasagan sov¬g‘abop pichoqlar hamda boshqa ¬buyumlarning festivaldagi ko‘rgazmasini ko‘rib, ular ota-bobolari asos solgan temirchilar sulolasi ishini munosib davom ettirayotganlariga ishonch hosil qildim.

Shu kuni mahorat saboqlaridan so‘ng hunarmandlar uchun Labihovuz majmuasida palov sayli tashkil etildi.

Festival doirasida Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiya "Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Buxoro shahri hunarmandchiligining tarixiy ahamiyati va bugungi kunda viloyatda turizm sa¬lohiyatini rivojlantirish¬dagi roli" deb nomlandi. Anjumanda so‘z olgan viloyat ¬ho¬kimining o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorov vohada Prezidentimizning "O‘zbe¬kis¬ton Respublikasining ¬turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash, chora-¬¬tadbirlari to‘g‘risida"gi far¬monida belgilangan vazifalarni bajarish, Buxoroni yirik sayyohlik markaziga aylantirish borasidagi sa’y-harakatlar xususida to‘x¬talib, ilmiy-amaliy konferensiya ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Anjumanning yalpi va sho‘’¬ba yig‘ilishlarida "Hunarmand" uyushmasi, "Oltin ¬me¬ros" xalqaro xayriya jamg‘armasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmalari mutaxassislari, Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan milliy hunarmandchilikning turizm salohiyatini rivojlantirishdagi roli, sayyohlik sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga doir 20 dan ortiq ma’ruza va ilmiy axborotlar o‘qildi.

Yaqindagina Fransiya poytaxti Parijda asarlari shaxsiy ko‘rgazmasini namoyish etib qaytgan buxorolik miniatyurachi rassom Davlat Toshev ustaxonasi yonida bir guruh angliyalik sayyohlarni uchratdik.

—Buxoro Markaziy Osiyoning eng ko‘hna va go‘zal shaharlaridan biridir,—deydi Londondan kelgan 21 kishilik turistlar guruhi rahbari Akulin Stefano.—Bu yerda nafaqat me’moriy obidalar, balki qo‘li gul hunarmandlar tayyorlagan xalq amaliy san’ati buyumlari ham nafosati bilan sayyohlarni o‘ziga maftun etadi.

Rasmiy ma’lumotlarga qa¬raganda, "Buxoro hunarmandlari" festivali davom etgan 2 kun mobaynida bu sharif shaharga 2500 nafardan ortiq xorijiy turistlar hamda respublikamiz hududlaridan 1000 dan ziyod sayyoh tashrif buyurib, xalq amaliy san’ati bayrami tadbirlarida ishtirok etgan.

Festivalning tantanali yopilish marosimi 21 sentyabr oqshomida Labihovuz me’moriy majmuida bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkiliy qo‘mitasining qaroriga muvofiq festivaldagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi Qahramoni, "Hunarmand" uyushmasining faxriy a’zosi, mashhur zardo‘z Muyassar Temirova va uning nevarasi Nigina Sa’dullayeva, Buxoro xalqaro aeroporti direktori ¬Tohir Bahronov viloyat hokimining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

30 yoshgacha bo‘lgan hunarmandlar o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda 11 nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Buxorolik zardo‘z Dilbar Rasulova, g‘ijduvonlik kulol Javohir Ne’matov, jondorlik temirchi Mirshod Idiyev, shofirkonlik kashtado‘z Nigora Hamdamova eng yaxshi yosh hunarmand deb topildilar. Buxoro shahridan kandakor Sodiq Sodiqov, gilambof Risolat Akramova, ganch o‘ymakorligi ustasi Aziz G‘oyibov, miniatyurachi rassom Madina Saidova, patdo‘z Nodira Eshonova, gulli va chokli buyumlar tikuvchisi Dilnoza Baratova va zargar Xurshid Tohirovlar ham g‘oliblar safidan joy oldilar.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblariga diplom va qimmatbaho sovg‘alarni viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev topshirib, ularga yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.

Shunday qilib, viloyatimizda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish yo‘li bilan turizmni taraqqiy ¬ettirishga har tomonlama ko‘maklashadigan "Ipak va ziravorlar" xalqaro festivali qatoriga yana bir bayram — "Buxoro hunarmandlari" tadbiri ham qo‘shildi. Qadaming qutlug‘ kelsin, yangi festival

Orqaga Chop Etish  274 |   25-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation