Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Buxoroda bo‘ldi
Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Buxoroda bo‘ldi

Samarqand shahrida o‘tkazilgan "Sharq taronalari" XI xalqaro musiqa festivali va "Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi" xalqaro ilmiy anjumanida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Taleb Rifai 29 avgust kuni Buxoro shahrida bo‘ldi.

Mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, boy tarixiy va madaniy merosimizni jahonga keng targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan turizmni ravnaq toptirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‘nalishda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. 2014 yil oktyabr oyida Samarqandda ushbu xalqaro tashkilot Ijroiya kengashining 99-sessiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani sayyohlik sohasida integratsiyani kengaytirish, yangi rejalar ishlab chiqish, dunyoning yetakchi turistik kompaniya va firmalari bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Nufuzli madaniy tadbirlar mazkur tarmoq rivoji va dunyo xalqlarining madaniyat sohasidagi amaliy muloqotida muhim robitadir. Samarqand shahrida o‘tkazilgan "Sharq taronalari" XI xalqaro musiqa festivali va "Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi" xalqaro anjumani shu jihatdan ahamiyatli bo‘ldi. Ushbu tadbirlarda qator xalqaro tashkilotlardan yuqori martabali mehmonlar, jumladan, BMT Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Taleb Rifai ham ishtirok etdi. Bu joriy yilgi anjuman alohida mazmun va ahamiyatga ega bo‘lgani, uning nufuzi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Nufuzli mehmonning Buxoro shahriga tashrifi chog‘ida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizning sayyohlik sohasidagi imkoniyatlarini yuksaltirish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Bu sa’y-harakatlar O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirish, istiqbolli sayyohlik yo‘nalishlari, yangi turistik xizmat va mahsulotlarni ko‘paytirish orqali yurtimizga xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

— O‘zbekiston — noyob sayyohlik imkoniyatiga ega mamlakat. Bu galgi tashrifim yurtingiz mustaqilligining 26 yilligi, "Sharq taronalari" musiqa festivali va nufuzli anjumanga to‘g‘ri kelganidan g‘oyat mamnunman, — deydi Taleb Rifai. — Safarim davomida Buxoroni tomosha qilishni niyat qilgan edim. Ushbu shaharga tashrifimning esda qolarli jihatlaridan biri Samarqanddan tezyurar "Afrosiuob" elektropoyezdida kelganim bo‘ldi. Mazkur poyezd qatnovi bir yil muqaddam yo‘lga qo‘yilgan ekan. Qulay, xavfsiz, ekologik toza bu transport sivilizatsiya o‘choqlari sifatida tarix sahifalaridan munosib o‘rin olgan bir necha qadimiy shaharlaringiz bilan tanishish uchun kelgan sayyohlarga vaqtni tejash uchun katta imkoniyatdir. Men yo‘l bo‘yi ko‘rk ochib borayotgan shaharu obod maskanlarni, kelajagiga katta ishonch bilan yashayotgan xalqingiz turmushini kuzatdim. Bularning hammasi ajoyib! Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida sayyohlikni yanada rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibordan ruhlandim. ¬Jahon sayyohlik tashkiloti davlatingiz tomonidan ushbu yo‘nalishda ishlab chiqilgan dastur va loyihalarni faol qo‘llab-quvvatlash bilan birga, ularda ishtirok etadi.

Bosh kotib Buxorodagi me’moriy obidalar va diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi. Mehmonga viloyatda turizmni rivojlantirish borasida joriy va istiqbolga mo‘ljallangan loyihalar to‘g‘risida so‘zlab berildi.

Orqaga Chop Etish  163 |   04-09-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation