Bosh sahifa /  Statistik va tahliliy ma`lumotlar /  2014 yil 2 chorak yakunlari bo'yicha ma'lumotlar
2014 yil 2 chorak yakunlari bo'yicha ma'lumotlar

Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar

Viloyatda 2014 yil 1 yarim yillik yakunida yalpi hududiy mahsulot 3237,4 mlrd.so‘mni ya’ni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,0 foizni va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot 1837,7 ming so‘mni tashkil etib, mos ravishda 106,3 foizga o‘sdi.

Shuningdek, Sanoat mahsulotlari 1543,5 mlrd. so‘mlik ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,9 foizni (prognoz 109,0 %), xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish 665,9 mlrd.so‘mni, yoki o‘sish sur’ati 107,6 foizni, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarilishi 1468,0 mlrd.so‘mni va o‘sish sur’ati 108,1 foizni (prognoz 106,5 %), barcha manbalar hisobidan kapital mablag‘larni o‘zlashtirish 1558,6 mlrd.so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,0 foizni, qurilish-pudrat ishlari hajmi 812,6 mlrd.so‘mni va 108,3 foizni (prognoz 108,2 %), chakana savdo aylanmasi hajmi 1512,3 mlrd.so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,2 foizni (prognoz 113,2 %), jami xizmatlar hajmi 1800,8 mlrd.so‘mni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115,5 foizni (prognoz 119,1 %), pullik xizmatlar hajmi 571,5 mlrd.so‘mni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizni (prognoz 112,5 %) ni tashkil etdi.

Ijtimoiy soha ob’ektlarining qurilishi

Uy-joy qurilishi bo‘yicha 2014 yil mobaynida 536,3 ming.kv.m rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning xisobot davrida 388,8  ming kv.m uy-joy foydalanishga topshirildi, yillik reja  72,5 % ni tashkil etdi. Shu jumladan, 348,9  ming kv.m. (yillik rejaga nisbatan 83,9%) yakka tartibda uy–joy quruvchilar va 39,96 ming kv.metr «Kishlok qurilish invest» kompaniyasi tomonidan qurib, foydalanishga topshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilash“ borasidagi farmonlarini bajarish borasida 2014 yilda 100 km ichimlik suv va 30 km gaz kuvurlari kurish belgilangan. Xisobot davrida 136,4 km suv, 30,4 km gaz quvurlari qurib foydalanishga topshirildi, yoki yillik rejalar mos ravishda 136,4 va 101,3 foizga bajarildi.

Xisobot davrida 3 ta 640 urinli umumta’lim maktablari kayta kurilib, 8 ta 5104 ukuv.urinli umumta’lim maktablari ta’mirlandi va 1 ta Akademik litsey uchun 100 urinli yotokxona rekonstrksiya kilib berildi.

2014 yil Investitsiya dasturiga muvofiq viloyat hududida O’zbek milliy avtomagistral yo‘llari qurilishi bo‘yicha “Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi” ” avtomobil yo‘lining 241-261 kmdan A-380 “G’uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan Buxoro shahrini aylanma yo‘li va A-380 avtomobil yo‘li kesishmasidagi transport yechimi bilan qurish va A-380 «Buxoro xalka yuli» avtomobil yulining 0-16,5 km qismini qayta qurish (1-bosqich) ishlari boshlab yuborildi. Mazkur ob’ektlar uchun Respublika yo‘l jamg‘armasi hisobidan jami yanvar-iyun oylarida 42573,8 mln.so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilning xisobot davrida jami 48296,4  mln.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, reja 119,6 foizga bajarilgan.

Qurilish pudrat ishlari

Viloyatda  pudrat tashkilotlari tomonidan  812,6 mlrd.so‘mlik pudrat ishlari bajarilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirma narxlarda 108,3  foizni tashkil etdi.

Jumladan: Buxoro shaharida 150,9 mlrd.so‘mlik 122,8 % ga, Kogon shaharida 52,98 mlr.so‘mlik  104,2 % ga, Buxoro tumanida 58,1 mlrd.so‘mlik 107,5 %ga, Vobkent tumanida 29,8 mlrd.so‘mlik 109,8 %ga, Jondor tumanida 41,8 mlrd.so‘mlik 86,7 %ga, Kogon tumanida 65,6 mlrd.so‘mlik 84,8 %ga, Olot tumanida 35,6 mlrd.so‘mlik 115,3 % ga, Peshku tumanida 39,6 mlrd.so‘mlik 117,3 %ga, Romitan tumanida 91,4 mlrd.so‘mlik 128,1 %ga, Shofirkon tumanida 51,8 mlrd.so‘mlik 115,3 %ga,  Qorako‘l tumanida 39,0 mlrd.so‘mlik 114 %ga, Qorovulbozor tumanida 85,3 mlrd.so‘mlik 93,6 foizga, G’ijduvon tumanida 70,5 mlrd.so‘mlik 111,1 %ga pudrat ishlari bajarildi.

2014 yilda 100 km ichimlik suvi tarmoqlarining qurilishi va 8957,6 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Hisobot davrida 136,4 km ichimlik suv tarmoqlari qurilib, 6845,3 mln. so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi yoki  yillik reja 136,4 %,  76,4 foizlarni tashkil etdi. Shundan Respublika budjeti hisobidan 87,5 km ichimlik suvi tarmoqlarining qurilib, 6326,7 mln.so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi,  yillik reja 164,9 % va 74,8% tashkil qildi. Korxona va axoli mablag‘lari hisobidan 48,9 km ichimlik suv quvurlar qurilib, 518,3 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi, yoki  yillik reja 104,2 % ni tashkil kildi.

2014 yilgi Hududiy investitsiya dasturi

Viloyatda 2014 yilda Hududiy investitsiya dasturiga asosan 156 ta loyiha (shundan markazlashtirilgan investitsiyalar xisobidan 2,7 mlrd.so‘m va markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan 167,7 mlrd so‘mni) jami 170,4 mlrd. so‘mlik kapital mablag‘lar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Yanvar-iyun oyida  59,6 mlrd.so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirilishi rejalashtirilib, amalda 60,9 mlrd.so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilib (102,3  foizga),  bajarildi, shundan markazlashgan investitsiyalar 1,9 mlrd.so‘m (165,1 foizga), markazlashmagan investitsiyalar hisobidan 59,1 mlrd.so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilib (101,1 foizga), shu jumladan, korxonaning o‘z mablag‘i hisobidan 26,1 mlrd.so‘m (101,1 foizga), tijorat bank kreditlari hisobidan 30,2 mlrd.so‘m, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya va kreditlari hisobidan 2,8 mlrd.so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirildi.

Yanvar-iyun oyida  dastur asosida 62 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 861 ta yangi ish o‘rinlarini yaratilidi.

Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish

Joriy yilning 1 yarim yilligida 665,9 mlrd.so‘m miqdorida xalq iste’mol mollari ishlab chiqarilib,   o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  o‘sish sur’ati 107,6 foizni tashkil etdi.

Shunindek, aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish viloyat bo‘yicha 387,7 ming so‘mni tashkil etdi

Mahalliylashtirish dasturi

Mahalliylashtirish dasturiga asosan 2014 yilda 7 ta korxonada 8 ta loyiha  bo‘yicha 85,9 mlrd.so‘m miqdorida yillik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

2014 yilning yanvar-iyun oylarida dasturga kiritilgan  korxonalar tomonidan belgilangan 47,2 mlrd.so‘mlik prognoz-topshiriq o‘rniga 58,5  mlrd.so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarildi va topshiriq 123,8 foizga bajarildi.

Ushbu korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulotning  24,6 mlrd.so‘mi ichki bozorga sotildi va 157,9 ming AQSh dollarlik mahsulot eksport qilindi,  hisobot davrida 25,4 mln.dollar miqdorida valyuta iqtisod qilindi.

“Buxoro viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturi” doirasida 2014 yilda jami qiymati 309,9 mlrd.so‘m hamda 1900 ming dollarga teng bo‘lgan 1538 ta loyihalarni amalga oshirish hamda buning evaziga 11 ming 421 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1 yarim yilligida qiymati 63,1 mlrd.so‘mlik 494 ta loyihani amalga oshirish va 1843 ta ish o‘rinlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, hisobot davrida qiymati 86,2 mlrd.so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirildi va 652 ta loyiha amalga oshirilib, 2548 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.

Jumladan, sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 43,0 mlrd.so‘mga teng 100 ta loyihani amalga oshirilishi natijasida 968 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, hisobot davrida umumiy qiymati 59,3 mlrd.so‘mga (bank krediti 28,1 mlrd.so‘m) teng 110 ta (rejaga nisbatan 110,0%) loyihalar amalga oshirildi va 1276 ta ish o‘rinlari yaratildi. Ishga tushgan loyihalar hisobidan jami 45 turdagi maxsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Dastlabki monitoring natijalariga ko‘ra 9,0 mlrd.so‘mlik maxsulot  ishlab chiqarilib viloyat hududiy sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishidagi ulushi 2,1 foizni tashkil etmoqda.

Xizmat ko‘rsatish va servis sohasida umumiy qiymati 12,5 mlrd. so‘mga teng 263 ta loyihani amalga oshirilishi natijasida 481 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib, hisobot davrida umumiy qiymati 15,8 mlrd.so‘mga teng 330 ta (rejaga nisbatan 125,5%) loyihalar amalga oshirildi va 636 ta (rejaga nisbatan 132,2%) ish o‘rinlari yaratildi.

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida umumiy qiymati 7,5 mlrd.so‘mga teng 131 ta loyihani amalga oshirilishi natijasida 394 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. Hisobot davrida umumiy qiymati 11,2 mlrd.so‘mga teng 212 ta (rejaga nisbatan 161,8%) loyihalar to‘liq amalga oshirildi va 636 ta (rejaga nisbatan 161,4 %) ish o‘rinlari yaratilib, 1 yarim yillik  reja ortig‘i bilan bajarildi.

Qishloq xo‘jaligida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish.

2014 yilning 1 yarim yilligida amaldagi narxlarda 1468,0 mlrd.so‘mlik yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirildi. Shundan 658,2 mlrd.so‘mini chorvachilik mahsulotlari tashkil etdi. 2013 yilning shu davrga nisbatan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish solishtirma narxda 108,1 foizga o‘sdi. Viloyat qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i g‘allachilik bo‘lib, u bilan bir katorda meva-sabzavotchilik, chorvachilik va boshka tarmoklar ham rivojlanib bormokda.

G’allachilik. Viloyat barcha tizim xo‘jaliklari bo‘yicha 1 iyul 2014 yil holatida 92,1 ming gektar maydondagi g‘alla o‘rilib 501,7 ming tonna don hosili olinib, har bir gektar g‘alla maydonining hosildorligi o‘rtacha 58,5 sentnerni tashkil etmokda. Jumladan, viloyat fermer xo‘jaliklarida bu yil 65,2 ming gektar maydonda g‘alla ekilib, agrotexnika qoidalari asosida parvarishlanganligi sababli 341,1 ming tonnaga yaqin don ishlab chiqarilib, har bir gektar g‘alla maydonining hosildorligi 56,4 sentnerga yetkazildi. 2014 yilda viloyat fermer xo‘jaliklarining jami yetishtirilgan g‘alladagi ulushlari 67.9 foizni tashkil qilmoqda.

Sabzavotchilik. Viloyatda barcha tizim xo‘jaliklari bo‘yicha sabzavot 160978 tonna, kartoshka 136828 tonna, poliz 10331 tonna va meva 115120 tonna ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sabzavot 18555 tonnaga, kartoshka 15992 tonnaga poliz 1119 tonnaga va meva 12562 tonnaga ko‘paytirildi.

Chorvachilik.  Viloyatda go‘sht ishlab chiqarish 89900 tonnani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5941 tonnaga oshdi yoki 107,1 foizga o‘sdi. Bu borada Buxoro, Vobkent, Jondor, Peshko‘, Romitan, Shofirkon va G’ijduvon tumanlari bo‘yicha o‘rtacha 108-109,4 foizlarda o‘sish tashkil etgan bo‘lib, viloyat ko‘rsatkichidan yuqori foizlarga erishildi.

Sut ishlab chiqarish 325461 tonnani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,1 foizga o‘sdi. Bu ko‘rsatkich Buxoro, Kogon shaharlari va Qorako‘l tumanida 103,8-102,5 foizlarni tashkil etib, viloyat ko‘rsatkichidan past bo‘ldi.

Tuxum ishlab chiqarish hajmi 158,2 mln.donani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,8 foizni tashkil etdi.

Jun ishlab chiqarish jami 1640 tonnani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138 tonnaga oshdi yoki 109,2 foizni tashkil etdi. Bu borada Olot, Vobkent, Peshko‘, Shofirkon va G’ijduvon tumanlarida 113,0-111,3 foizlarga o‘sishga erishildi.

Qorako‘l teri ishlab chiqarish 341976 donani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14545 donaga oshdi yoki 104,4 foizni tashkil etdi. Viloyatda qoramollar bosh soni joriy yilning 1 iyul holatida 1058743 boshni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 57348 boshga oshirildi yoki 105,7 foizni tashkil qildi. Shu jumladan, sigirlar bosh soni 381373 boshni tashkil etib, 899 boshga o‘sdi.

Viloyatda qo‘y va echkilar bosh soni 1778429 boshni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 70805 boshga ko‘paydi yoki 104,1 foizga o‘sdi.

Parrandalar bosh soni 2877433 boshni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 368089 boshga yoki 114,7 foizga o‘sdi.       

Pillachilik. Viloyat «Kumush tola ijodkorlari» rejadagi 3090 tonna o‘rniga sanoat uchun qimmatbaxo xom ashyo hisoblangan 3403 tonna pilla yetishtirib, rejani 110,1 foizga bajarib, o‘rtacha har bir quti qurt urug‘idan 59,5 kilogramm pilla hosili oldilar.

2014 yilning 1 iyul holatida fermer xo‘jaliklar soni 4311 ta bo‘lib, ularda ishlaydigan xodimlar soni 70020 kishidan iborat. Ularga xo‘jalik yuritish uchun ajratilgan yerlarning umumiy maydoni 788161 gektarni tashkil etmoqda. Ular ixtiyorida 54087 bosh qoramollar, shu jumladan 17148 bosh sigirlar, 181901 bosh qo‘y va echkilar va 164826 bosh parrandalar mavjud bo‘lib, 2014 yilning 1 iyul holatida ular hisobidan 1994 tonna go‘sht,
15074 tonna sut, 2121 ming dona tuxum va boshqa chorva mahsulotlari yetishtirilgan.

Fermer xo‘jaliklari hisobidan mahsulot ishlab chiqarish viloyat bo‘yicha barcha tizim xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan go‘sht ishlab chiqarish bo‘yicha 2,2 foizni, sut 4,6 foizni, tuxum 1,3 va don ishlab chiqarishda esa 68,0 foizni tashkil qilmoqda.

Hududiy eksport

Buxoro viloyatidagi hududiy tasarrufdagi korxonalarga 2014 yilda eksport istiqboli ko‘rsatkichi 35850,0 ming AQSh dollari miqdorida belgilangan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami hududiy eksport istiqboli 17925,0 ming AQSh dollari miqdorida belgilangan bo‘lib, amalda 20069,5 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulot va xizmatlar eksport qilinishi va istiqbol topshirig‘i 112,0 foizga (2144,5 ming AQSh dollariga ko‘p) bajarildi.

Viloyatdagi istiqbolga kiritilmagan korxonalar tomonidan 15240,9 ming AQSh dollariga ko‘p mahsulotlar va xizmatlar eksporti amalga oshirilishi natijasida viloyatga belgilangan topshiriqni ortig‘i bilan bajarildi.

Orqaga Chop Etish  1488 |   14-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation