Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Viloyat boshqarmalari /  Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi
Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi

Rahbar:
Ochilov To'lqin Rajabboyevich

Telefon raqamlari:
(+99865) 223-78-51

Manzil:
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, I.Mo'minov ko'chasi, 68-uy

Transport:
437, 11 avtobuslar

E-mail manzili:
buxoro@minjust.gov.uz

Website:
http://buxoro.adliya.uz/

Batafsil ma'lumotlar: 

II. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, qonun ustuvorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan jamiyat va davlat qurilishi sohasida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015 yil 21 maydagi 101-um-son buyrug‘i tahririda).
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015 yil 21 maydagi 101-um-son buyrug‘iga asosan chiqarib tashlangan).
mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini tizimli tahlil qilishni tashkillashtirish, ular tomonidan kiritiladigan yoki qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan har tomonlama ekspertizani amalga oshirish; amaldagi qonun hujjatlarida “oq dog‘lar”ni, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratayotgan qoidalar va normalarni aniqlash;
fuqarolik jamiyati institutlarining har tomonlama rivojlanishini, ularning aholining turli qatlamlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda faol ishtirokini huquqiy ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va halqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash;
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatishining qonuniyligini, tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishni ta’minlash; o‘z hududida ro‘yxatdan o‘tgan xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring o‘tkazish;
jamiyatda aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan davlat organlarining hududiy bo‘linmalari, jamoat birlashmalarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishlarini samarali muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
notariat, advokatura, FHDYo organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan davlat tomonidan tartibga solish tizimini izchil takomillashtirib borish;
bozor islohotlarini chuqurlashtirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, bu sohada byurokratik to‘siq va g‘ovlarni yaratishga yo‘l qo‘ymaslik;
shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash, shartnomalarni, eng avvalo qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasida shartnomalarni tuzish va bajarishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga amaliy huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
8. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
8.1. Norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish sohasida:
a) mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi sohasida:
mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va o‘z vakolati doirasida ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
o‘z tashabbusiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini ularning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan tahlil qiladi va huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratib beradigan, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy qiladigan qoida va normalarni, tadbirkorlik sub’ektlarida asossiz xarajatlarni vujudga keltiruvchi qoidalarni aniqlash yuzasidan tahlil qiladi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini monitoring va tahlil qilishni amalga oshiradi;
qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini ta’minlash, qonunchilikdagi “oq dog‘lar”ni bartaraf qilish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlikka taqdim qiladi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
b) qonunchilikni tizimlashtirish sohasida:
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat hisobiga oladi va qonun hujjatlarini turkumlashtirish ishlarini olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bankini (fondini) shakllantiradi;
normativ-huquqiy hujjatlarga klassifikator asosida kodlar beradi;
davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
v) Boshqarma faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha xulosalar beradi.
(8.2-kichik band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015 yil 21 maydagi 101-um-son buyrug‘iga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan).
8.3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish sohasida:
nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan, jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarining davlat va hisob ro‘yxatidan o‘tkazadi;
o‘zi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reyestrini yuritadi;
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga, ustav faoliyatiga, ta’sis hujjatlariga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan mablag‘lar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatishlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal qilishda, mamlakat aholisining turli qatlamlari huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoyalashda faol qatnashishini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlikka taqdim etadi;
qonun hujjatlarini buzayotgan va taqiqlangan faoliyat bilan shug‘ullanayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlash maqsadida davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlik qil