Bosh sahifa /  Deputatlar faoliyati /  Kichkintoylarga g`amxo`rlik va e’tibor kerak
Kichkintoylarga g`amxo`rlik va e’tibor kerak

Yuksak ma’naviyatli, har tomonlama barkamol avlodni voyaga etkazish, hech kimdan kam bo`lmagan yoshlarni tarbiyalash, ularga ta’lim berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy asoslari "Ta’lim to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o`z aksini topgan. Uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi—maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog`lom va yetuk, maktabda o`qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining shu yil 31 yanvarda bo`lib o`tgan 35-sessiyasi qaroriga asosan Yoshlar siyosati va sog`lom avlod masalalari doimiy komissiyamiz a’zolari soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi bilan birgalikda viloyat xalq ta’limi tizimidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida "Ta’lim to`g`risida"gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy das­turining ijrosini o`rgandi. Bugungi kunda viloyatda 345 ta maktabgacha ta’lim muassasasi (MTM) faoliyat ko`rsatib, ularga 28344 nafar bola yoki viloyatda ikki yoshdan besh yoshgacha bo`lgan jami o`g`il-qizlarning 19,7 foizi jalb qilingan. Mazkur ko`rsatkich Buxoro shahrida 49,3 foiz, Qorovulbozor tumanida 46, 8, Kogon shahrida 29 foiz bo`lgani holda G`ijduvon, Romitan, Jondor, Buxoro, Vobkent, Kogon, Qorako`l va Olot tumanlarida atigi 4,6—17 foizni tashkil etadi.

2001 yilda viloyatda 552 ta bog`cha-yaslilar faoliyat ko`rsatgan bo`lsa, o`tgan davr mobaynida MTM soni 207 taga qisqartirilgan. Jumladan, 2001-2007 yillar ichida 71 ta bog`cha-yasli binosi xususiylashtirilgan, 18 ta MTMsi esa tuman va shahar hokimlarining qarori bilan boshqa tashkilotlarga olib berilgan.

Bugungi kunda ishlab turgan MTMlari quvvatidan foydalanish ham talab darajasida emas. Hozir faoliyat ko`rsatayotgan MTM binolarida 40.594 ta o`rin mavjud bo`lgan holda ularning 12250 tasi bo`sh turibdi. Agar barcha MTMlari to`la quvvat bilan ishlasa, bunday maskanlarga bola qamrovi ko`rsatkichi viloyat bo`yicha 30 foizdan yuqori bo`lardi.

Bog`chalarni pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ular malakasini oshirish borasida ham anchagina kamchiliklar aniqlandi. MTMlarida ishlayotgan 345 nafar mudiraning 83 nafari maxsus oliy, 137 nafari oliy, 4 nafari tugallanmagan oliy, 133 nafari esa o`rta maxsus ma’lumot egasi bo`lgan mutaxassislardir. Jondor tumanidagi 21 ta bog`chadan birortasida ham maxsus oliy ma’lumotli rahbar ishlamaydi. G`ijduvon tumanidagi 53 ta MTMsining 21 tasiga o`rta maxsus ma’lumotli pedagog mudirlik qilayapti. 27 nafar bog`cha mudirasining esa malaka kurslarini o`taganiga 8-10 yil bo`lgan.

O`rganish natijalari doimiy komissiyamiz yig`ilishida viloyat xalq ta’limi bosh­qarmasi, shahar va tumanlar xalq ta’limi muassasalarini metodik ta’minlash bo`limlari, boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida chuqur va har tomonlama muhokama etilganidan so`ng masala viloyat Kengashining 40-sessiyasi kun tartibiga kiritildi. Talabchanlik ruhida o`tgan sessiyada xalq deputatlari shahar va tumanlar Kengashlari, hokimliklar hamda ularning tegishli bo`limlari MTMlari faoliyatiga etarli rahbarlik qilmaganliklari ta’kidlandi. Ahvolni o`nglash hamda kamchiliklarni bartaraf qilish uchun vaqt berilib, ushbu masalani viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida qayta ko`rib chiqish yuzasidan qaror qabul qilindi.

MTMlarida uch yoshdan olti-etti yoshgacha bo`lgan kichkintoylar o`sib-ulg`ayib, ularning salomatligi, jismoniy imkoniyatlari, boshlan­g`ich bilimga uquvi aynan shu maskanlarda shakllanadi. Shu boisdan ham viloyat Kengashi deputatlari, komissiyamiz a’zolari bundan keyin ham "Ta’lim to`g`risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosini nazoratlariga olib, MTMlari faoliyatini bugungi kunning yuksak talablari darajasida tashkil etishga, pedagog kadrlarning unumli ishlashlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga amaliy yordam berishni o`z burchlari deb biladilar.

Said RAHMONOV,

xalq deputatlari viloyat Kengashi YOshlar siyosati va sog`lom avlod masalalari doimiy komissiyaning raisi.

Orqaga Chop Etish  1317 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation