Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Konstitutsiya bayrami keng nishonlandi
Konstitutsiya bayrami keng nishonlandi

Xalqimiz uchun  taraqqiyot yo’lini belgilab, yangi siyosiy-ijtimoiy tizim barpo etish, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning huquqiy poydevorini yaratib bergan Konstitutsiyamizning bugungi O’zbekiston davlatchiligining tiklanishi va rivojlanishidagi beqiyos o’rni va ahamiyatini nihoyatda cheksizdir.

Muhtaram Yurtboshimiz rahnamoliklarida Vatanimizning mustaqil taraqqiyot yillarida erishgan barcha-barcha yutuq va marralari, uning ulkan sur’atlar bilan o’sishi avvalo Konstitutsiyamizning hayotbaxsh qudrati va salohiyatini, unda mujassam bo’lgan tamoyillar, qoida va normalarning naqadar chuqur o’ylangani, har tomonlama mustahkam asosga ega ekanini yaqqol namoyon etadi.

Joriy yilning 5 dekabr kuni viloyat musiqali drama teatri binosida O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishda Bosh Qomusimizning yangi tariximizni yaratishdagi o’rni alohida ta’kidlandi.

O’zbekiston Davlat madhiyasining tantanavor sadolari yangraydi.

Yig’ilishda viloyat prokurori Murodjon Azimov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi haqida ma’ruza qildi.

Shundan so’ng so’zga chiqqan Jondor tumanidagi “Jondor chashmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, “Shuhrat” medali sohibasi Mamlakat Tosheva, Buxoro davlat universiteti 4-bosqich talabasi Samandar Ibragimovlar mamlakatimiz Asosiy qonunining jamiyatimiz taraqqiyotida, inson haq-huquqlarini, uning manfaatlarini himoya etish, bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizlarini mustahkamlash, har bir shaxsning o’qish, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ijtimoiy himoya, tadbirkorlikdagi imtiyozlardan foydalanish kabi huquqlarini kafolatlashda tutgan o’rni haqida o’z fikr-mulohazalarini bayon etdilar, yurtimizdagi tinchlik, xotirjamlik va farovonlik uchun shukronalik izhor qildilar.

Viloyat hokimi, O’zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanov yig’ilish qatnashchilarini va ular timsolida butun viloyat ahlini mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi qutlug’ sana — Vatanimiz Konstitutsiyasining 23 yilligi bilan qizg’in muborakbod etdi.

- Shu kunlarda Vatanimiz uchun mustaqil, erkin hayot kechirish, uni taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga ko’tarish yo’lining asosiy prinsip va qoidalarini muhrlab bergan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligini bayramona nishonlamoqdamiz, - dedi viloyat rahbari o’z so’zida. -  Muhtaram Prezidentimizning bevosita tashabbusi va rahnamoligida ishlab chiqilib qabul qilingan Bosh qomusimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat qurish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik tamoyili ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam poydevorini yaratib berdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda odamlarimiz, ularning ijtimoiy ongi, hayotga munosabati tobora o’zgarmoqda, vatandoshlarimizning siyosiy yetukligi, yurtimizda va dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan fuqarolik mas’uliyati, daxldorlik hissi oshib bormoqda. Va aynan shularning barchasi mamlakatimizning taraqqiyot va farovonlik yo’lidan izchil rivojlanib borishini, yangi marralarni qo’lga kiritishimizni ta’minlayotgan qudratli harakatlantiruvchi kuch bo’lib xizmat qilmoqda.

Mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishda muhtaram Prezidentimiz 2015 yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilgan edilar. Shu munosabat bilan ishlab chiqilgan maxsus Davlat Dasturi, uning asosida hududiy dasturlarda oilamiz ustuni, xonadonlarimiz fayzi va farishtasi bo’lgan nuroniylarimizni qo’llab quvvatlash, ularga munosib turmush va dam olish sharoitini yaratish, jamiyat hayotida ularning boy hayotiy tajribasidan foydalanish borasida keng ko’lamli chora-tadbirlar belgilandi va ular izchil amalga oshirilmoqda.

Dastur doirasida joriy yilning o’tgan 11 oyida 180,1  milliard so’m hamda 132,5 ming AQSh dollari miqdorida mablag’ sarflandi.

Zero, har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi. Qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxon bo’lsa, bu oilada albatta fayzu baraka, farovonlik, ahillik bo’lishini barchamiz yaxshi bilamiz.

Shu bois bugun turli sohalarda erishayotgan yutuqlarimizda ota-onalarimiz, mo’tabar qariyalarimizning unutilmas va ulkan xizmati borligini, biz ular oldida umrbod qarzdor ekanimizni unutmagan holda kelgusi yilda ham, qo’limizdan kelganicha ularning og’irini yengil, umrini uzoq qilishni o’zimizning insoniy burchimiz, deb bilishimiz lozim.

Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Barchamizni oq yuvib, oq taragan, ona yurtimizning og’ir yukini, uning quvonch va tashvishini umr bo’yi yelkasida ko’tarib kelgan mo’tabar bobolarimiz va momolarimizni, ota-onalarimizni rozi qilish, ularning duosini olish – dunyodagi eng ulug’, eng savobli ish desam, o’ylaymanki, barchangizning fikringizni ifoda etgan bo’laman”.

Viloyat hokimi pirovardida barchani O’zbekiston Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklab, ezgu tilaklarni izhor qildi.

Tantanali yig’ilish so’ngida respublika va viloyatimiz san’at ustalari ishtirokidagi bayram konserti namoyish etildi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

 

Orqaga Chop Etish  529 |   05-12-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

14-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation