Bosh sahifa /  Yangiliklar /  "Porloq kelajak" bolalarni chorlaydi
"Porloq kelajak" bolalarni chorlaydi

Vobkent tumanida “Porloq kelajak” oromgohi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. O‘quvchilarning yozgi dam olishi tizimli va samarali yo‘lga qo‘yilgani bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Porloq kelajak” oromgohida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Buxoropaxtasanoat” hududiy filiali va uning tizimidagi qayta ishlash korxonalari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, "Buxorogazsanoatqurilish”, "Buxoroneftgazqurilishta’mir” aksiyadorlik jamiyatlari, “Vobkentmaxsusqurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati va boshqa ko‘plab pudrat tashkilotlari ishtirok etdi.

10 gektar maydonni egallagan oromgohdan 350 o‘rinli amfiteatr, minifutbol, basketbol, voleybol, badminton maydonchalari, suzish havzasi, ma’naviyat va ma’rifat markazi, 200 o‘rinli 4 yotoqxona, oshxona kabi inshootlar o‘rin olgan. Zamonaviy attraksionlar o‘rnatilgan. Maskan hududidagi 22 metrlik tarixiy tepa aslicha saqlab qolingan holda zamonaviy qiyofa kasb etdi va oromgohning o‘ziga xos logotip-brendiga aylandi. Oromgohda mavsum davomida 800 ga yaqin o‘quvchi dam oladi.

Ayni paytda bu yerda viloyatning turli hududlaridan kelgan o‘quvchilar maroqli hordiq chiqarmoqda.

– Bu yerda jismoniy chiniqish barobarida komputer savodxonligi, tasviriy va amaliy san’at, o‘lkashunoslik, raqs, shaxmat-shashka to‘garaklari ham tashkil etilgani juda yaxshi, – deydi Buxoro shahridagi 2-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Sakina Rustamova. – Kutubxonada kitoblar ko‘p. Amfiteatrda har oqshom yoshimizga mos kinolar namoyish qilinmoqda.

Oromgohning ochilish marosimi teatrlashtirilgan bayram tomoshalari, Vatan, tinchlik va baxtiyor bolalikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar va sho‘x raqslar bilan yakunlandi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi. 

Orqaga Chop Etish  530 |   30-06-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

14-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation