Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Viloyat hokimi stipendiyalari topshirildi
Viloyat hokimi stipendiyalari topshirildi

Har yili mustaqillik bayrami arafasida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda ta’lim-tarbiya sohasida yuqori natijalarga ega maktablar hamda kollej va akademik litseylar o’rtasida viloyatning eng yaxshi maktabi hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi ko’rik-tanlovi g’oliblari hamda fanlarni chuqur o’zlashtirishi, xulq-atvori bilan boshqalarga namuna bo’lgani uchun viloyat hokimi stipendiyasiga sazovor o’quvchi-yoshlar aniqlanib, ularga tantanali ravishda tegishli mukofot va diplomlar topshirish an’anaga aylangan.

Joriy yilning 31 avgust kuni "Ko’hna va boqiy Buxoro" monumenti oldida mazkur tanlovlar g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

- “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim” g’oyasini o’zida mujassam etgan bu yilgi istiqlol bayrami shodiyonalarining zavqu shukuhi, fayzu tarovati nihoyatda o’zgacha ekanligini bugun har birimiz o’z hayotimizda his qilib turibmiz, - dedi viloyat hokimi M. Esanov marosim avvalida. - To’g’ri, yigirma besh yil tarixan nihoyatda qisqa fursat. Ammo jannatmonand diyorimizda bevosita muhtaram Yurtboshimiz rahnamoliklarida ushbu yillarda erishgan mislsiz yutuqlarimiz, jahon afkor ommasi tahsini va hayratiga sazovor bo’lgan bunyodkorlik ishlarimiz, yoshlarimizning ta’lim, sport, san’at va madaniyat hamda boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlari salmog’i nafaqat chorak asr, balki bir necha yuz yilliklarga tatiydi, desak o’ylaymizki hech qanday mubolag’a bo’lmaydi.

Xususan, 5-21 avgust kunlari har to’rt yillikning nufuzli musobaqasi Olimpiada o’yinlarida yurtimiz, shu jumladan viloyatimiz sportchilarining g’alabali onlarini barchangiz ko’rib, kuzatib bordingiz.

Quvonarlisi shundaki, birgina shu oyning o’zida viloyatimiz yoshlari ta’lim sohasidagi olimpiadada ham o’z bilim va intellektual qobiliyatlari bilan yana bir bor dunyo e’tirofiga sazovor bo’lishdi.

14-20 avgust kunlari Tailand qirolligining Chiang Mey shahrida matematika fani bo’yicha o’tkazilgan mazkur xalqaro olimpiadada viloyatimizning ikki nafar vakili Qorako’l tumanidagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati hamda Peshku tumanidagi 18-maktab 7-sinf o’quvchilari Shahboz Hasanov va Jahongir Norboevlar mamlakatimiz sharafini himoya qilishdi.

Dastlab shaxsiy birinchilik bahslarida qorako’llik Shahboz Hasanov terma jamoamiz hisobiga bronza medalini taqdim etgan bo’lsa, jamoaviy bellashuvda bu ikkala bilimdon o’ttizdan ortiq davlat orasida terma jamoamizning 2-o’rinni qo’lga kiritishida o’z munosib hissalarini qo’shishdi.

Shundan so’ng viloyat rahbari bu yilgi ko’rik-tanlovda g’olib chiqib, 2016-2017 o’quv yili uchun stipendiyaga munosib topilgan 20 nafar maktab o’quvchisi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari vakillaridan 13 nafariga tegishli guvohnomalar hamda xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlariga tashakkurnomalarni topshirdi.

"Yilning eng yaxshi maktabi" tanlovida G’ijduvon tumanidagi 62-son ixtisoslashtirilgandavlat umumta’lim maktabi g’olib chiqib, zamonaviy kompyuter majmuasi bilan taqdirlandi. Ikkinchi va uchinchi o’rinlar esa tegishli ravishda Jondor tumanidagi 22-maktab va Kogon shahridagi 9-umumta’lim maktablariga nasib etdi.

Eng namunali kasb-hunar ta’limi muassasasi tanlovida esa G’ijduvon agrosanoat kasb-hunar kolleji tengsiz deb topildi. Shuningdek, Buxoro san’at kolleji va Vobkent maishiy kasb-hunar kolleji ham sovrindorlar safidan o’rin olishdi.

Viloyat hokimi tanlovda e’tirof etilganlarni qutlab, ularga muvaffaqiyat tiladi.

- Men baxtiyor yoshman, - dedi tantanada mukofotlangan Buxoro madaniyat kolleji o’quvchisi Zulfizar Mavlonova. – Albatta bu yutuqlarim Yurtboshimizning biz yoshlarga e’tibori mevasidir. Men mazkur rag’batdan foydalanib, yanada yaxshi o’qishga harakat qilaman.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  1190 |   01-09-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

11-12-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation