Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Viloyat Kengashi sessiyasi
Viloyat Kengashi sessiyasi

Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining nav­batdagi sessiyasi bo’lib o’tdi. Uni  Kengash raisi, viloyat hokimi O’.Barnoev boshqardi. 

Tadbirda dastlab mamlakatimiz Prezidenti Shavkat  Mirziyoev raisligida joriy yil 13 iyunida bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalarning muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyatdagi sud organlari rahbarlarining axborotlari haqidagi masala ko’rib chiqildi.

Ta’kidlandiki, davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan barcha sohalardagi kabi sud-huquq sohasida ham keng ko’lamli islohotlar ­izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish vazifalari ko’rsatib o’tildi.

Davlatimiz rahbari sudyalar bilan uchrashuvda sudlar faoliyatidagi  kamchiliklarni tahlil etgan holda istiqboldagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Jumladan, sudyalar o’z faoliyati yuzasidan markaziy hamda mahalliy televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa hisobot, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida esa amalga oshirgan faoliyati xususida axborot berib borish amaliyotini yo’lga qo’yish vazifasi ilgari surildi. Ushbu vazifalar ijrosi doirasida xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida jinoyat ishlari bo’yicha viloyat sudining raisi I.Muslimov, fuqarolik ishlari bo’yicha viloyat sudining raisi vazifasini bajaruvchi A.Ikromov, viloyat iqtisodiy sudi rai­si Sh.Mamadiyorov, viloyat ma’muriy sudi raisi vazifasini bajaruvchi  L.Јodirovlarning axboroti tinglandi.

Odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida jinoyat ishlari bo’yicha viloyat sudlari tomonidan 2017 yilning birinchi yarmida ma’lum ishlar amalga oshirilgan.

O’tgan davrda jami sudlangan 1439 nafar shaxsning 183 nafariga jarima, 484 nafariga axloq tuzatish ishlari, 25 nafariga qamoq, 186 nafariga ozodlikni cheklash, 307 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlanib, 28 nafari shartli hukm qilingan. Ularning 206 nafari amnistiya aktiga asosan jazodan ozod etildi. 

2017 yilning 1 iyunidan boshlab Buxoro viloyat  iqtisodiy sudi, Buxoro va G’ijduvon tumanlararo, Kogon, Qorako’l, Peshko’ va Romitan tumanlararo iqtisodiy sudlari faoliyatini boshladi. Shu yilning 30 iyuniga qadar viloyat iqtisodiy sudi tomonidan birinchi in­­­s­tantsiya sudida 13 553 ta, apellyatsiya in­­­s­tantsiyasi sudida 109 ta ish ko’rilgan.   

Sud majlislarini videokonferents-aloqa rejimida o’tkazish masalalariga e’tibor yanada kuchaytirildi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan jinoyat sodir etgan shaxsni jazolash emas, balki jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning shart-sharoit va omillarini o’rganish, har bir jinoyat tafsilotlarini profilaktika inspektorlari, mahalla va jamoatchilik ishtirokida chuqur tahlil qilish lozimligi ta’kidlanib, ishlarning kamida 30 foizini sayyor sud majlislarida, xalq orasida ko’rish haqida tavsiya berilganligi bois sudlar faoliyatida bu masalada ham ijobiy o’zgarishlar kuzatilmoqda.

Masalan, jinoyat ishlari bo’yicha sudlar tomonidan 2016 yilning birinchi yarmida atigi 171 ta ish yoki jami ko’rilgan ishlarning 10 foizi sayyor sud majlisida muhokama etilgan bo’lsa, joriy yilning birinchi yarmida ushbu ko’rsatkich 866 tani yoki 77 foizni tashkil etdi. Iqtisodiy sudlar tomonidan o’tkazilgan sayyor sudda ko’rilgan ishlar soni o’tgan yilning shu davriga nisbatan  2 985 taga oshgan. Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarda ham bu amaliyot keng qo’llanilmoqda.Ular tomonidan joriy yil birinchi yarmida 1438 ta ish shunday tarzda ko’rildi. Bu o’tgan yilning shu davridagiga nisbatan 1149 taga ko’p.

Sessiyada Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan sudyalarning voha ahliga murojaati qabul qilindi.

Deputatlar huzurida O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi M.Usmonov so’zga chiqdi.

Sessiyada viloyatda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarning tashkil etilishini o’rganish hamda ayrim turdagi jinoyatlarning oshib borayotganligi sabablari to’g’risidagi masala ko’rib chiqildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Sh.Aliev ma’ruza qildi.

Sessiyada Buxoro viloyatida aholiga tez tibbiy yordam ko’rsatish, ayniqsa, Prezidentimizning 2017 yil 29 mart­da qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini joylarda tashkil etish holati to’g’risidagi masala ham muhokama qilindi. Bu to’g’rida xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyasi raisi F.Aminovning ma’ruzasida yutuqlar qayd etilgan holda qaror ijrosini ta’minlash borasidagi jiddiy muammolar ham tilga olindi.

Orqaga Chop Etish  523 |   08-07-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

15-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation