Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  VFVB: hisobot yili yakunlari va dolzarb vazifalar
VFVB: hisobot yili yakunlari va dolzarb vazifalar

Viloyat Favqulodda vaziyatlarda ular oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududiy va funksional quyi tizimlari tomonidan 2015 yildagi asosiy tadbirlar rejasining bajarilishi hamda 2016 yildagi ustuvor vazifalar masalasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda tegishli viloyat tashkilotlari rahbarlari, epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi a’zolari, tuman va shaharlar hokimlarining birinchi o’rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbirni viloyat hokimi — Fuqaro muhofazasi boshlig’i M.Esanov boshqardi.

Yig’ilish kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi A.Xoldorovning ma’ruzasi va daxldor tashkilotlar mutasaddilarining hisobotlari tinglandi.

Ta’kidlandiki, o’tgan yili viloyat Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimi (FVDqT) o’z zimmasidagi vazifalar ijrosini ta’minlay borib, muayyan ishlarni amalga oshirdi. Asosiy e’tibor yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar oldini olishga yo’naltirilgan profilaktik ishlarga, sodir bo’lganda ularni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar monitoringini yuritish, tahlil qilish, bashoratlash, korxona va tashkilotlar rahbarlari tarkibi, ishchi-xizmatchilari hamda aholi tayyorgarligini oshirib borishga qaratildi. Qo’mondonlik-shtab-o’quv mashqi, hayotiy zarur ob’ektlarda maxsus o’quv mashqlari va mashg’ulotlari, FVDqT xizmatlarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlik holatini tekshirish, amaliy yordam ko’rsatish tadbirlari, davra suhbatlari, targ’ibot ishlari o’tkazildi. Amalga oshirilgan tadbirlar samarasida aholining favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish borasidagi bilim va ko’nikmalari mustahkamlandi.

Shuningdek, viloyatda o’ta yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, aholining tabiiy va is gazlaridan, ovqatdan zaharlanishi, boshqa holatlarda jabrlanishi oldini olish hamda gazdan chaqnash bilan bog’liq favqulodda vaziyatlarning profilaktikasini kuchaytirish maqsadida joylarda tegishli tadbirlar o’tkazildi. Ana shular natijasida viloyatda umuman favqulodda hodisalar soni kamayishiga erishildi.

Ammo shu bilan birga kamchiliklarga ham yo’l qo’yildi. Ro’y bergan favqulodda vaziyatlarda bir necha inson hayoti zavol topdi, 37 nafar fuqaro jarohatlandi. Yo’l-transport hodisalarining ayrimlari ko’ngilsiz oqibatlarga olib keldi.

Yig’ilishda ana shu kabi muammolar takrorlanishi oldini olish hamda yechimini kutayotgan boshqa masalalar haqida ham atroflicha so’z yuritildi. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari muhofaza hududidagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, avtomobil yo’llarini va nobop holatga kelib qolgan ko’priklarni ta’mirlashni tezlashtirish, epizootik barqarorlikni ta’minlash ishlarini takomillashtirish, bino va inshootlar kadastrini to’liq yuritib, qurilish-montaj ishlarining amaldagi me’yor va qoidalariga muvofiq olib borilishiga erishish shular jumlasidandir.

Tadbirda viloyat FVDqT xizmatlari, tuman va shaharlar hokimliklari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi masalalari bo’yicha hamkorligini takomillashtirish, bunda diqqat-e’tiborni asosan profilaktika tadbirlariga qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Orqaga Chop Etish  510 |   03-02-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation