Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Vatan chempion farzandlarini ardoqlaydi
Vatan chempion farzandlarini ardoqlaydi

Joriy yilning 5-21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo’lib o’tgan XXXI yozgi Olimpiada o’yinlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo’lga kiritib, to’rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etgan jami 206 ta davlat sportchilari o’rtasida umumjamoa hisobida 21-o’rinni egallagani qalblarimizni faxr-iftixor tuyg’ulariga to’ldirdi.

Ular erishgan muvaffaqiyatlari bilan xalqimizning yuksak ishonchini oqlashdi. Bu tarixiy g’alabalar erkin va obod mamlakatimizning eng ulug’, eng aziz bayramiga munosib tuhfa bo’ldi.

Ayniqsa, o’zbek boks maktabi vakillari mazkur Olimpiadada mamlakatimiz sportchilari shijoat hamda mahoratda, kuch va salohiyatda tengsiz ekanliklarini yaqqol namoyon qildi.

Davlatimiz rahbarining Farmoyishiga muvofiq, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlar o’rtasida Olimpiada harakatini targ’ib etishdagi faol ishtiroki, Rio-de Janeyro shahrida bo’lib o’tgan XXXI yozgi Olimpiada o’yinlaridagi yuksak sport mahorati va mardligi, xalqaro sport maydonlarida O’zbekistonning nufuzi hamda obro’-e’tiborini oshirishga qo’shgan katta hissasi uchun sportchilarimiz biryo’la to’lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlandilar.Bu musobaqada oltin medalni qo’lga kiritgan sportchilarimizning har biri 200 ming, kumush medalga sazovor bo’lgan sportchilar 100 ming, bronza medali bilan taqdirlanganlarning har biri 75 ming AQSh dollari bilan mukofotlandi.

Albatta, Vatan shonli farzandlarini ardoqlaydi. Dunyoning eng nufuzli to’rt yillik musobaqasidan mamlakatimizga medallar bilan qaytgan yurt o’g’lonlari orasida to’rt nafari—Shahobiddin Zoirov, Shahram G’iyosov, Rishod Sobirov hamda Ixtiyor Navro’zovlarning qadim va hamisha navqiron Buxoroi sharif o’g’lonlari ekanliklari har birimiz uchun cheksiz faxr va iftixordir. So’z bilan ifodalab bo’lmas bu his-tuyg’uni 30 avgust kuni — XXXI yozgi Olimpiada o’yinlaridan, ummonorti safaridan qaytgan bokschilarimiz Shahobiddin Zoirov hamda Shahram G’iyosovlarni tantanali kutib olish marosimida ham yaqqol ko’rish mumkin edi. Buxoroliklarning o’ziga xos bayramiga aylanib ketgan bu tantanalar viloyatimizning qo’shni Navoiy viloyati bilan chegaradosh “Sarmijon” muntazam yo’l-patrul xizmati maskanidan boshlandi. Qo’lga kiritgan yuksak natijalari uchun Prezidentimiz tomonidan tuhfa qilingan “Malibu” avtomobillarida kirib kelgan chempionlarni viloyat hokimi Muhiddin Esanov boshchiligidagi jamoatchilik vakillari, sportchilarimizning oila a’zolari hamda murabbiy-ustozlari, har jabhada faol yoshlarimiz karnay-surnay sadolari ostida, anvoyi gullar bilan kutib oldilar.

—G’alabam sharafiga O’zbekistonimiz bayrog’i baland ko’tarilib, davlatimiz madhiyasi baralla yangraganida shohsupada turib, meni shunday katta musobaqaga  duolar qilib kuzatib qo’ygan yaqinlarim qatorida har bir g’alabamni intizorlik bilan kutgan onajonim ko’z oldimga keldilar,—deydi Olimpiada oltin medalini volidasi— Rohila Zoirovaning bo’yniga ilgan Shahobiddin.—Bu meni qo’limdan yetaklab, Kogondagi “Yoshlik” sport majmuasiga eltganingiz, otajonim bilan har dam qo’llab-quvvatlaganingiz, oq yuvib, oq taraganingiz uchun, onajon!

Sportchilarimiz Vobkent hamda Buxoro tumanlarida ham ko’tarinki kayfiyatda kutib olindi.

—Biz, yoshlar ozod va obod yurtda tug’ilib, voyaga etganimiz, xalqaro maydonda O’zbekiston nomidan musobaqaga chiqayotganimizdan ­faxrlanamiz,—deydi Olimpiada kumush medal sovrindori Shahram G’iyosov.

Shu kuni tushdan so’ng viloyatimiz markazidagi “Tojmahal” to’yxonasi Olimpiada g’oliblari va ularning ota-onalari, birinchi murabbiylari, yaqinlari, keksa-yu yoshni o’z bag’riga chorladi. Dildan suhbat bir piyola choy ustida davom etdi.

—Qadim va hamisha navqiron Buxoro o’tmishda o’zining olimu ulamolari, mutafakkirlari bilan dong taratgan bo’lsa, mana bugun yurtimiz sportchilari Shahobiddin Zoirov, Shahram G’iyosov, Rishod Sobirov, Ixtiyor Navro’zov singari farzandlarimiz g’alabalari bilan mustaqil mamlakatimizning qutlug’ 25 yillik sanasini zarhal harflar bilan tarixga muhrladilar,—dedi g’oliblarni muborakbod etar ekan, viloyat hokimi Muhiddin Esanov.—Darhaqiqat, yurtimiz sporti tarixida kuzatilayotgan bunday yuksalish zamirida avvalo yoshlarimizga ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rliklar yotibdi.

Tadbirda mehnat faxriysi Orif G’iyosov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Sobir ­Qurbonov, Kogon shahridagi “Maxtumquli” MFY raisi Muzaffar Namozov, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari Gulnoza Alieva hamda Umida Rahmonovalar so’zga chiqib, sportchi yoshlarimizni qutladilar

Shundan so’ng Olimpiada g’oliblari Shahobiddin Zoirov hamda Shahram G’iyosovlarga zarbof to’n kiydirilib, alohida turar joy kalitlari tantanali ravishda topshirildi. Nafaqat ular, balki yigitlardagi iste’dodni kamol topishida katta hissa qo’shgan ikki nafar murabbiyning xizmatlari ham munosib e’tirof etildi. Sportchi-yoshlarning ota-onalari esa qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi

 

Tohirjon ISTATOV olgan surat

Orqaga Chop Etish  570 |   01-09-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation