Bosh sahifa /  Deputatlar faoliyati /  Buxoro viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining xavfsizligini va barqarorlikni ta’minlash bo’yicha olib borayotgan ishlari to’g’risida
Buxoro viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining xavfsizligini va barqarorlikni ta’minlash bo’yicha olib borayotgan ishlari to’g’risida

Viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a`zosi M. Esanovning 2015 yil 26 dekabr kuni  Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasidagi hisoboti

Assalomu alaykum,  hurmatli deputatlar!

Qadrli do’stlar!

Xalq deputatlari viloyat Kengashining bugungi sessiyasida ish rejasiga muvofiq viloyat hokimining bir yillik faoliyati bo’yicha hisobotini eshitish, hokim rahbarlik qilayotgan ijroiya hokimiyati idoralarining shu davrdagi ishiga baho berish va 2016 yilda amalga oshiriladigan ishlarning asosiy yo’nalishlarini belgilab olish uchun to’planganmiz.

Viloyat hokimi rahbarligidagi ijroiya hokimiyati o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari asosida tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yilning 16 yanvarida yil yakunlariga bag’ishlab Vazirlar Mahkamasida o’tkazilgan majlisida “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir” nomli ma’ruzalari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2015 yil 23 yanvardagi qo’shma majlisida hamda joriy yilning fevral oyida viloyatimizga tashriflariga oid saylovoldi dasturlarida belgilangan vazifalar hokimlik faoliyatining asosiy ish yo’nalishlarini belgilashda dasturilamal bo’lib xizmat qildi.

Viloyat hokimi va hokim o’rinbosarlari raisligida tuzilgan kengashlar, komissiyalar va ishchi guruhlar faoliyatiga deputatlar, siyosiy partiyalar, nodavlat va notijorat tashkilotlar vakillarining jalb etilganligi sohalardagi ishlarni samarali tashkil etishda hamda faoliyat ochiqligini ta’minlashda muhim omil bo’ldi.

Hurmatli deputatlar!

Joriy yilda rahbarlik lavozimlariga kadrlarni tayyorlash tizimi yanada takomillashtirildi. Rahbarlik lavozimlariga kadrlarni tanlashda yo’nalishlar bo’yicha maxsus komissiyalarning tuzilganligi, ular tarkibiga deputatlar, malakali mutaxassislar va jamoat tashkilotlari vakillarining kiritilganligi ushbu muhim ishda oshkoralikni va adolat mezonlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlamoqda.

Hisobot davrida 20 nafar viloyat tashkilot rahbari almashtirilib, ularning 11 nafari o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to’laqonlik bajara olmaganligi uchun lavozimidan chetlashtirildi. Rahbar kadrlarga nisbatan talabchanlik 2016 yilda ham qat’iyatlik bilan davom ettiriladi.

                         

Hurmatli deputatlar!

Viloyat hokimligida Hukumat nazoratidagi Davlat dasturlari-jumladan, “Keksalarni e’zozlash yili” hamda “Yangi ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash” dasturlari ijrosini ta’minlashning alohida tizimi joriy etilganligi, Dasturlardagi muhim vazifalarning deputatlarga biriktirilganligi va ularning doimiy nazoratida bo’lganligi, bu masalalar har chorakda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida alohida masala sifatida muhokama etilishi ham qo’yilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda muhim qadam bo’ldi.

Hurmatli deputatlar, sessiya ishtirokchilari!

Viloyatda yalpi hududiy mahsulotning oldingi yilga nisbatan 109,2 foizga o’sishi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi hududiy mahsulot 4 mln. so’mni tashkil etishi va bu boradagi o’sish ko’rsatgicha 106 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Yil yakuni bo’yicha sanoat mahsulotlari  ishlab chiqarish hajmi 4 trillion 245 mlrd. so’mni tashkil qilishi va o’sish sur’ati 108,8 foizga etishi kutilmoqda.

Joriy yil yakuni bilan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan 5 ta korxonadagi 12 ta loyihalar hisobiga jami 117,6 mlrd. so’mlik ishlab chiqarish amalga oshirilishi va 40,1 mln. dollar miqdorida valyuta iqtisod qilinishi kutilmoqda.

Sanoat salohiyatini oshirish dasturi doirasida 2015 yilda jami 472 ta amalga oshirilib, 121,2 mlrd.so’m va 1,4 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 8118 ta ish o’rinlari yaratildi.

Shu bilan birgalikda sanoatni rivojlantirish bo’yicha mavjud imkoniyat va quvvatlardan to’liq foydalanilmayotganligi va ishlab chiqarilayotgan ayrim mahsulotlarning to’liq statistik hisobotdan o’tkazilishi ta’minlanmayotganligi viloyatda sanoatning o’sish sur’ati ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 

O’sish sur’ati Kogon shahar, G’ijduvon, Shofirkon, Peshku Qorako’l tumanlarida viloyat o’rtacha ko’rsatkichidan pastligicha qolmoqda.

Viloyat hokimi o’rinbosari H.G’oyirov, viloyat hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig’i B.Maqsudov hamda shahar va tumanlar hokimlari bilan birgalikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlarini to’liq ishga solish bo’yicha ta’sirchan choralarni ko’rish talab etiladi.

Sanoatni rivojlantirish 2016 yilda ham ustuvor vazifa sifatida belgilanadi.

 

Hurmatli deputatlar!

Viloyatning 2015 yilgi hududiy investitsiya dasturiga muvofiq umumiy qiymati 212,3 mlrd. so’m miqdoridagi 167 ta loyiha amalga oshirilishi, 1163 ta ishchi o’rni yaratilishi rejalashtirilgan.

2015 yilning o’tgan davrida hududiy investitsiya dasturiga asosan 124 ta loyiha amalga oshirilib, qariyb 109,8 mlrd,so’m so’mlik miqdorida investitsiyalar jalb etildi. Mazkur Dasturdagi loyihalarni amalga oshirishda viloyat tijorat banklarining faol ishtirokini ta’minlash talab etiladi.

Hisobot davrida qariyb 148,5 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulot va xizmatlar eksport qilinib,  yillik eksport istiqbolining to’liq bajarilishi ta’minlanadi.

Viloyat hokimi o’rinbosari H.G’oyirovdan viloyat hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi (B.Maxsudov), viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi (H.To’raev), viloyat bojxona boshqarmasi (M.Qilichev) hamda tuman va shahar hokimliklari bilan hamkorlikda 2015 yil uchun shakllantirilgan eksport istiqboli ko’rsatkichlari ijrosini tashkil etish yuzasidan amaliy ishlarni davom ettirish, eksportchi korxonalar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar yechimi bo’yicha tezkor choralarni ko’rib borishlari talab etiladi.

 

Hurmatli deputatlar!

Xizmatlar ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturi doirasida  2015 yil mobaynida ko’rsatilgan jami xizmatlar hajmi 4 trillion 911 mlrd. so’mni, o’sish sur’ati esa 117,8 foizni  tashkil etishi kutilmoqda.

Viloyat bo’yicha 1600 ga yaqin savdo va maishiy xizmat shaxobchalari tashkil etilib, belgilangan ko’rsatkichlarning ortig’i bilan bajarilishi ta’minlandi.

Shu bilan birgalikda ko’rsatilgan xizmatlarning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 38,5 foizni tashkil etishi va bu respublika o’rtacha ko’rsatkichidan 9 punktga pastligi bu yo’nalishdagi ishlarimiz talabga javob bermasligini ko’rsatmoqda.

2016 yilda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish bo’yicha hukumat topshiriqlari ijrosini ta’minlash uchun viloyatdagi mavjud imkoniyatlarni to’liq safarbar qilishimiz lozim.

Hurmatli deputatlar!

Hisobot davrida kapital qurilish sohasiga e’tibor kuchaytirildi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil
17 noyabrdagi PQ-2264-sonli qaroriga asosan Buxoro viloyati bo’yicha 2015 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan
89 ta ob’ektlar qurilishi uchun ajratilgan 100,19 mlrd. so’m mablag’ to’lik o’zlashtirilib, barcha ob’ektlar foydalanishga topshirildi. Shu jumladan, 32 ta xalq ta’limi, 10 ta o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, 5 ta bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi, 11 ta sog’liqni saqlash ob’ektlari qurildi va mukammal ta’mirlandi.

5,6 mlrd.so’m pul mablag’lari hisobida 24 ta ichimlik suvi ob’ektlarida 50,4 km ichimlik suv tarmoqlarining kurilish-montaj ishlari tugatilib, foydalanishga topshirildi.

Hurmatli deputatlar!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil
7 yanvardagi PQ-2282-sonli “2015 yilda qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo’yicha Dasturi va 2016 yilda qurilishning asosiy parametrlari to’g’risida”gi qarori asosida  2015 yilda rejalashtirilgan  24 ta massivda jami 923 ta namunali uy-joylar to’liq qurilib, foydalanishga topshirildi.

 Umumiy qiymati 158,6 mlrd. so’mlik qurilish montaj ishlari bajarildi.

 37,1 km. Gaz tarmoqlari, 50,4 km. Suv tarmoqlari, 23,2 km. Elektr tarmoqlari to’liq qurilib foydalanishga topshirildi. Rejalashtirilgan 22,3 km. ichki yo’llarning asos qismi to’liq qurilib, 10,41 km. yo’llar asfaltbeton va 2,1 km. beton qoplama bilan qurildi.

Dastur asosida belgilangan 11 ta bozor infratuzilmasi ob’ektlari qurib bitkazildi.

Shu bilan birgalikda 2015 yil dasturiga muvofiq, Jondor tumanida 42.3 mln.so’m, Peshku tumanida 143,8 mln.so’m, Qorako’l tumanida 245,7 mln.so’m va Shofirkon tumanida 106,4 mln.so’m, G’ijduvon 26,7 mln. so’m jami 564,9 mln.so’m miqdordagi yakuniy badal mablag’lari shakllantirmaganligi bu yo’nalishdagi ishlarning samaradorligiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda.

2015 yilda uy-joy-kommunal xo’jaligi tizimidagi ishlarni tubdan yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash tadbirlari doirasida barcha ob’ektlarning mavsumga tayyor holatga keltirilishi ta’minlandi. Viloyat hokimi tomonidan shtablarda ishlarning holati chuqur tahlil etilganligi, muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko’rilganligi, davlat organlarining bu yo’nalishdagi faoliyati jamoatchilik nazoratiga olinganligi ishlarimizning samaradorligini oshirdi.

O’tgan qish mavsumidan to’g’ri xulosa chiqargan holda ko’p qavatli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash bo’yicha Buxoro va Kogon shaharlarida jami 10,8 mlrd.so’mlik dasturlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi hamda bugungi kunga kelib mazkur dasturlarning ijrosi to’liq ta’minlandi.

2015 yilda shirkatlarga jami 3164,5 mln.so’m mablag’lar ajratildi. Ko’rilgan choralar natijasida ko’p qavatli uylarning tomidan chakki o’tishi, uylarning er to’lalarida suv to’planishi kabi holatlar keskin kamaytirildi. O’tgan yilda mazkur yo’nalish bo’yicha jami 383 ta ariza va murojaatlar tushgan bo’lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 41 tani tashkil qildi ya’ni o’tgan yilga nisbatan 9 barobarga kamaytirildi.

Hurmatli deputatlar!

Kommunal xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash ushbu xizmatlardan bo’lgan qarzdorlikni to’lash bilan bevosita bog’liq. Kommunal to’lovlardan aholining umumiy qarzdorligi yil boshiga nisbatan ko’paygani tashvishli hol. Shahar va tumanlar hokimliklari va tegishli kommunal xizmat korxonalari rahbarlari tomonidan aniq choralar ko’rilmayotganligi natijasida qarzdorlik darajasi umumiy hisobda 103 foizga oshgan.

Tegishli hokimliklar, qishloq va mahalla fuqarolar yig’inlari bilan birgalikda aholining kommunal to’lovlardan qarzdorligini tugatish, uni bir oylik iste’mol darajasiga keltirish choralarini ko’rish kelgusi yildagi asosiy vazifalarimizdan biri bo’ladi.

Hisobot davrida yo’l qurilishi sohasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi “2014 yil Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2264-sonli qaroriga asosan joriy yilda viloyat hududidagi 6 ta yirik ob’ektlarda 77 922,0 mln.so’mlik yo’l ishlari bajarilib, jami 31,5 km xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan yo’llar rekonstruktsiya qilindi va 1 ta yo’l o’tkazgich qurildi.

Jumladan, Qorovulbozor tumanida 10 km, Kogon tumanida 10 km, Buxoro tumanida 9 km avtomobil yo’llari rekonstruktsiya qilinib foydalanishga topshirildi. Buxoro tumanida 1 ta yo’l o’tkazgich qurib tugatildi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil
1 maydagi “Umumfoydalanuvdagi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo’llarini 2015 yilda to’liq ta’mirlash dasturi to’g’risida”gi 108-sonli qaroriga kiritilgan viloyat hududidagi 9 ta ob’ektlarda joriy yilda jami 49 961,3 mln.so’mlik ta’mirlash ishlari bajarilib, 24 km yo’l to’la ta’mirlandi.

Jumladan, Olot tumanida 6 km, Peshku tumanida 9 km avtomobil yo’li to’la ta’mirlanib, 2 ta ko’prik yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, tabiiy ofat talofatlarini bartaraf etish mablag’lari hisobidan viloyat hududidagi 7 ta ko’prikda ta’mirlash ishlari olib borilib, jami 5 700,0 mln.so’mlik qurilish montaj ishlari amalga oshirildi. 3 ta ko’prik foydalanishga topshirildi

2016 yilda ham yo’l qurilishi masalalari viloyat hokimining shaxsan nazoratida bo’ladi.

Hurmatli deputatlar!

Qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar yil boshidan tizim asosida tashkil etilganligi, urug’chilikka bo’lgan e’tiborning kuchaytirilganligi, har bir yo’nalish bo’yicha maqsadli dasturlar qabul qilinganligi va uning ijrosi ta’minlanganligi natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining ko’payishi ta’minlandi. 

Joriy yilda qishloq xo’jaligi tizimining barcha korxonalarida jami 645 ming 310 tonnadan ortiq g’alla yetishtirilib, o’rtacha hosildorlik o’tgan yilga nisbatan 2.5 sentnerga o’sdi. G’allachilikdan 69 mlrd. 170 mln. so’m foyda olindi. Rentabellik darajasi 41.1 foizni tashkil etdi.

Paxtachilik sohasida ham shartnomaviy rejaning bajarilishi ta’minlandi, o’rtacha hosildorlik 33.1 sentnerni tashkil etib, olingan sof foyda 44 mlrd. 419 mln so’mga ko’paydi. Rentabellik darajasi 14.3 foizni tashkil etdi.

Joriy yilda chorvachilikni va uning ozuqa bazasini rivojlantirish, polizchilik, bog’dorchilik hamda uzumchilikni rivojlantirish ishlari tizimli asosda tashkil etildi, yo’nalishlar bo’yicha malakali mutaxassislar va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat alohida-alohida ishchi guruhlar tuzilib, ularning samarali faoliyati uchun sharoit yaratildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida yil yakunlari bo’yicha meva ishlab chiqarish oldingi yilga nisbatan 22 ming 650 tonnaga, uzum 21 ming 300 tonnaga, sabzavot 64 ming
530 tonnaga, poliz 11 ming tonnaga, kartoshka 7 ming
200 tonnaga oshishi kutilmoqda.  

Mavjud bog’ va tokzorlardan samarali foydalanish, yangi intensiv bog’larni tashkil etish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash tizimini yaratish bo’yicha Hukumat topshiriqlari ijrosini ta’minlash 2016 yilda ham asosiy vazifalardan biri bo’lib qoladi.

Hurmatli deputatlar!

Xabaringiz bor, qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasining 2015 yil 21 oktyabrdagi yig’ilish bayoniga asosan Buxoro viloyatida fermer xo’jaliklarining er uchastkalaridan samarali foydalanish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada ko’paytirish, fermerlarning moliyaviy holatini yanada yaxshilash maqsadida ularning yer uchastka hajmlarini maqbullashtirish ishlari amalga oshirildi.

Unda, fermer xo’jaliklari yer uchastkalari hajmlarini chuqur va har tomonlama hatlovdan o’tkazilib, fermer xo’jaliklari tomonidan ajratib berilgan yer uchastkalaridan, shuningdek, suv va boshqa moddiy texnika resurslaridan samarali va maqsadli foydalanayotganligi, shu jumladan yer uchastkalarini ijaraga olish shartlari hamda ixtisoslashuviga rioya etilishi tahlil qilindi.

Fermer xo’jaliklarining moliyaviy holati, moddiy-texnika bazasi, shu jumladan, zaruriy texnika bilan ta’minlanganlik darajasi, shuningdek, aylanma mablag’larning mavjudligi va kreditorlik qarzdorliklar chuqur o’rganildi.

Fermer xo’jaliklari faoliyati samaradorligini baholash bo’yicha o’tkazilgan xatlov va chuqur tahlillarda hududlarning aholi zichligi, aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasi, xo’jaliklarning ixtisoslashuvini (paxta va g’allachilik, meva-sabzavotchilik va chorvachilik) va boshqa o’ziga xos xususiyatlarini alohida hisobga olindi. Viloyatda jami 829 ta fermer xo’jaliklaridan 33935 gektar yer maydoni, jumladan, yerdan samarali foydalanmagan, shartnoma majburiyatlarini surunkasiga bajarmagan, qarzdorlikni yildan-yilga oshirib borayotgan 171 ta fermer xo’jaliklarining 8408 gektar yeri tumanlar zaxirasiga qaytarildi. Tumanlar zaxirasiga qaytarilgan yer maydonlari er berish (realizatsiya qilish) komissiyalarida ko’rib chiqilib, joriy yilning noyabr oyida xalq deputatlari tuman va viloyat Kengashlari sessiyalarida har bir nomzod muhokama qilib chiqildi va tuman yer berish komissiyasi xulosasiga ko’ra 843 ta yangidan, 107 ta qo’shib oladigan ilg’or fermer xo’jaliklari tanlovda yutib chiqdi.

Amalga oshirilgan ushbu tadbir 2016 yilda o’zining samarasini beradi deb o’ylayman.

Mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi qishloq xo’jaligini rivojlantirish bilan bog’liqligini nazarda tutib, bu muhim ishga tuman va shahar hokimlari bilan birgalikda barcha rahbarlar, deputatlar faol ishtirok etishlari lozim. 

Hurmatli deputatlar!

“Keksalarni e’zozlash yili ” Davlat va viloyat hududiy dasturi bajarilishi barcha darajadagi deputatlar tomonidan nazoratga olinganligi, bu masala xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida bir necha marta muhokama etilganligi tashkilotchilik ishlari natijadorligini oshirishga imkon berdi.

Dastur doirasida bugungi kunga qadar ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-kommunikatsiya, o’z-o’zini boshqaruv organlari hamda boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan tadbirlar uchun 181,1 mlrd.so’m (100%) hamda 132,5 ming AQSh dollari miqdorida mablag’lar sarflandi. Shundan byudjet va byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari 9,1 mlrd. so’mni, ijrochilar va homiy mablag’lari 61,7 mlrd. so’mni, tijorat banklari kreditlari 109,1 mlrd.so’m miqdorida mablag’lar o’zlashtirildi.

Joriy yilning o’tgan davri mobaynida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatini har tomonlama ochib berishga qaratilgan 636 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, 31 mingdan ortiq aholi ishtirok etdi, shundan 18 mingga yaqini yoshlar va 3 ming nafarga yaqini keksa fuqarolarni tashkil etdi.

Fursatdan foydalanib “Keksalarni e’zozlash yili” dasturi ijrosini ta’minlashda o’zining munosib hissasini qo’shgan barchaga deputatlar nomidan samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Dastur doirasida boshlangan ushbu xayrli ishlar
2016 yilda va keyingi yillarda ham davom ettiriladi.

Hurmatli deputatlar!

Xisobot davrida viloyatda ta’lim tizimining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalariga e’tibor yanada kuchaytirildi.

Yurtboshimizning 2011 yil 21 maydagi 1533-sonli qarorlariga asosan Buxoro davlat universitetining II o’quv binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur bino zamonaviy o’quv-laboratoriya, mebel va sport inventarlari bilan to’liq jihozlandi. Shuningdek, I-asosiy o’quv binosi va talabalar turar joyining 5- va 6-binolari foydalanishga topshirish arafasida. Bugungi kunda universitetning moddiy-texnik bazasini to’liq shakllantirish va talabalarning tahsil olishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha ishlar davom etmoqda.

 Joriy yilda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimiga ham alohida e’tibor berildi.

2014-2015 o’quv yilida viloyatdagi 80 ta kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan 25 678 nafar bitiruvchilarining to’liq manzilli dasturi ma’lumotlar  bazasi shakllantirildi.

Ularning ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tash va keyinchalik ishga joylashishga ko’maklashishni tashkil etish maqsadida 11904 ta korxona va tashkilotlarga biriktirilib, 25453 nafari yoki 99,1 foizi bilan 3 tomonlama (ta’lim muassasasi, korxona, o’quvchi o’rtasidagi) shartnomalar imzolandi.

Shartnomalarni tuzish jarayonlarida ularning egallagan mutaxassisligi va yo’nalishi bo’yicha keyinchalik ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirga vaqtda olib borilayotgan ishlar natijasiga ko’ra jami 25678 nafar bitiruvchilarning 21909 nafar yoki
85,3 foizining bandligi ta’minlandi.

Shundan 20541 nafari yoki 79,9 foizi ish bilan ta’minlangan, 1368 nafar yoki 5,3 foizi oliy ta’limga o’qishga kirgan.

Shu bilan birgalikda kasb-hunar kollejlarida o’quv jarayonlarini tashkil etish, o’quvchilarning qiziqishlarini inobatga olishga e’tiborsizlik bilan yondoshish holatlari mavjud. Ayrim hollarda qonun buzilishlariga ham yo’l qo’yilmoqda.

Ushbu tizimdagi muammolarni hal qilish viloyat hokimidan boshlab boshqaruv tizimining barcha bo’g’inlari rahbarlarining asosiy vazifasi bo’lishi kerak. Deputatlar ham bu ishdan chetda turmasliklari lozim.

Hurmatli deputatlar!

Hisobot davrida viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalarinining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalari ham hokimlik nazoratida bo’ldi. “Salomatlik-2” loyihasi asosida viloyatimizdagi 276 ta qishloq vrachlik punktlariga 4,4 mlrd. so’mlik, Osiyo taraqqiyot banki “Ayollar va bolalar sog’ligini mustahkamlash”loyihasi tomonidan tug’ruq bo’limlariga 3 mlrd. so’mlik, “Islom taraqqiyot banki” tomonidan Respublika shoshilinch tibbiyot markazining Buxoro filialiga 2,2 mlrd. so’mlik, “Quvayt taraqqiyot banki” tomonidan (10 ta tuman tez tibbiy yordam bo’limlari va Kogon shahar kasalxonasi) 1,6 mlrd. so’mlik zamonaviy davolash va diagnostika asbob-uskunalari o’rnatildi. Xitoy davlati granti asosida davolash-profilaktika muassasalarining bolalar reanimatsiya bo’limlari 643 mln so’mlik zamonaviy tibbiy jihozlar bilan jihozlandi. “Salomatlik-3” loyihasi asosida 12 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalari va Buxoro shahridagi 10 ta oilaviy poliklinikalar 4 mlrd.so’mlik zamonaviy tibbiy  jihozlar bilan jihozlandi.

Viloyat “Ona va bola” skrining markazi 2015 yilda
7,6 mln.so’mlik bioximik analizator hamda 9 mln.so’mlik laboratoriya anjomlari bilan ta’minlandi.

Bu ishlar 2016 yilda ham keng ko’lamda davom ettiriladi.

Hurmatli deputatlar!

2015 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ichki bozorimizni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to’ldirish, aholini, avvalo yoshlarni ish bilan ta’minlash va shu asosida ularning moddiy farovonligini oshirish asosiy vazifalardan biri bo’ldi.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2015 yil 28 sentyabrdagi PQ-2412-sonli “Tadbirkorlik sub’ektlariga “bir darcha” tamoyili bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda joriy yilning 5 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan o’tkazilgan selektor yig’ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida barcha shahar va tumanlarda tadbirkorlik sub’ektlariga “bir darcha” tamoyili bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatuvchi yagona markazlar tashkil etilishi ta’minlandi.

Mazkur markazlarning tashkil etilishi kelajakda tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish, shuningdek litsenziyalar va boshqa ruxsat berish tusidagi hujjatlarni berishda vaqt va xarajatlarini yanada tejashda, ularga qulayliklar yaratishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Hisobot davrida 1375 dan ortiq kichik biznes sub’ektlari ro’yxatga olinib, ular soni 15390 taga etdi. Yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi esa 66,6 foizni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 0,9 punktga o’sdi. Joriy yilning o’tgan davri davomida tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlari hisobidan 26221 ta ish o’rni yaratildi.

Tadbirkorlik hisobidan daromad olish aholi real daromadining 48 foizini tashkil etib, ushbu ko’rsatkich oldingi yilga nisbatan 1,1 bandga o’sdi

Hurmatli deputatlar!

Muxtasar qilib aytganda viloyat hokimligi tomonidan yil davomida amalga oshirilgan tadbirlar viloyatimiz aholisining daromadlarini oshirishga va pirovard natijada ular turmush darajasining yanada yaxshilanishiga xizmat qildi. Joriy yilda har bir kishiga to’g’ri keladigan yillik daromad o’rtacha 2 mln. 704 ming so’mga etdi va xarajatlar esa qariyb 2 mln. 512 ming ming so’mni tashkil etmoqda. O’rtacha oylik ish haqi 959.4 ming so’mga yetdi. Bu esa oldingi yilga nisbatan 127 foizni tashkil qildi.

Hurmatli deputatlar!

Hisobot davrida vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, aholi o’rtasida milliy istiqlol g’oyasini keng targ’ib qilish, ma’naviy va ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor berildi. Qabul qilingan qonunlar va qarorlarning mazmun mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishning o’ziga xos tizimi yaratildi. Bu ishga targ’ibotchilar, huquqshunoslar bilan birgalikda senatorlar va deputatlar korpusi ham keng jalb etildi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar 2016 yilda ham alohida qabul qilinadigan dastur asosida olib boriladi.

Hurmatli deputatlar!

Hisobot davrida hududda jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikkka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo’yicha qonunda belgilangan vakolatlar doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda aniq dastur asosida ish olib borilganligi natijasida  barqarorlik va osoyishtalik ta’minlandi.

2015 yilning o’tgan davri davomida viloyat hududida jami 3945 ta jinoyatlar sodir etilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 150 taga yoki 3,9 foizga ko’p qayd qilindi.

Olib borilgan tadbirlar natijasida o’ta og’ir turdagi jinoyatlar 173 tadan 146 taga yoki 15,6 foizga, og’ir turdagi jinoyatlar 464 tadan 427 taga yoki 7,9 foizga kamaydi.

Bu sohada viloyat hokimining o’rinbosarlari, tumanlar va shaharlar hokimliklari,  huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari, o’zini o’zi boshqarish organlarining o’zaro hamkorligini yanada kuchaytirishni, profilaktik ishlarning natijadorligini oshirishni taqozo qiladi.

Jinoyatlarning kelib chiqish va ko’payish sabablarini har tomonlama tahlil qilish va ularning takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun tezkor-profilaktik ishlarni yanada jonlashtirish, aholi o’rtasida huquqiy bilimlar targ’ibotini yaxshilash mening va viloyatdagi huquqni muhofaza qilish idoralarining 2016 yildagi asosiy ish faoliyatimizga aylanadi.

 

Hurmatli deputatlar, sessiya ishtirokchilari!

 Yuqorida bayon etilgan vazifalar ijrosini ta’minlash ijro intizomining holatiga, har bir rahbar va deputatning shaxsiy mas’uliyatiga ko’p jihatdan bog’liqligini nazarda tutib, bu yo’nalishda yaratilgan tizim asosida maqsadli ish olib borildi.  Bu muhim masalaga e’tiborsizlik va sustkashlik bilan qaragan 87 nafar rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan  intizomiy ta’sir choralari ko’rildi.

Tuman va shahar hokimlaridan hujjatlarning ijrosini so’zsiz ta’minlash maqsadida ijro intizomi masalalari bilan har kuni shaxsan shug’ullanish, ijro intizomi buzilishining har bir holatini qattiq muhokama qilish va tegishli mas’ullarga nisbatan qonuniy choralar ko’rilishini ta’minlash talab etiladi.

Hurmatli deputatlar, majlis shtirokchilari!

Men viloyat hokimi sifatida bir yillik faoliyatimning asosiy yo’nalishlari to’g’risida qisqacha hisobot berishga harakat qildim. Sizlardan-barcha deputatlardan, sessiya qatnashchilari bo’lgan siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va nodavlat tuzilmalari vakillaridan faoliyatimizga tanqidiy baho berib, oldimizda turgan dolzarb vazifalarni amalga oshirish bo’yicha amaliy fikr va takliflaringizni bildirishlaringizni iltimos qilaman. Sizlarning takliflaringiz albatta viloyat hokimligi faoliyatining samaradorligini oshirishda juda muhim ahamiyat kasb etadi.

So’zimni yakunlar ekanman, fursatdan foydalanib, Siz, deputatlarni, yig’ilish ishtirokchilarini va Sizlar orqali butun viloyat ahlini yaqinlashib kelayotgan yangi 2016 yil bilan qizg’in tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, mamlakatimiz ravnaqi yo’lidagi ezgu ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman.

E’tiborlaringiz uchun rahmat.

Orqaga Chop Etish  1182 |   27-12-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation