Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Hokimlik soati yig’ilishi
Hokimlik soati yig’ilishi

Joriy yilning 25 aprel kuni navbatdagi hokimlik soati yig’ilishi  bo’lib o’tdi. Viloyat korxona-tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, viloyat hokimligi apparati mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek sim orqali muloqot tarzida shahar va tumanlar hokimlari ishtirok etgan mazkur yig’ilishni viloyat hokimi M. Esanov boshqarib bordi.

Dastlab tuman va shahar hokimliklarining qonun ijodkorligi hamda qonunlar ijrosini tashkil etishdagi faoliyatini o’rganish yakunlari to’g’risida viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i A. Xalilovning axboroti tinglandi.

Ta’kidlanishicha, sohada amalga oshirilgan qator ishlar barobarida ayrim yechimini kutib turgan kamchiliklar ham ko’zga tashlanmoqda.

Jumladan axborotda qabul qilingan qonunlarning ijrosini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlarning tuman hokimliklari tomonidan kechiktirib tasdiqlanishi, qonunlar targ’ibotini amalga oshirishdagi kamchiliklar ham qayd etib o’tildi.

Shundan so’ng “Buxoro viloyatida fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Hukumat qarorlari, farmoyishlari ijrosining holatini Peshku tumanida kompleks o’rganish yakunlari to’g’risida”gi masalalar bo’yicha viloyat hokimligi apparati tashkiliy nazorat guruhi rahbari F. Latipov axborot berdi.

Viloyat rahbari ushbu masala muhokamasiga tanqidiy yondoshib, faoliyati o’rganilgan hudud ko’pgina sohalarda qoloqlikka yo’l qo’yilayotganligining asosiy sabablaridan biri sifatida ijro intizomiga yetarli darajada e’tibor qaratilmaganligini alohida ta’kidladi.

Peshku tumani misolida aniqlangan kamchiliklar yechimini hal etish har bir shahar va tuman hokimi, boshqarma va idoralar oldidagi dolzarb vazifa ekanligi, barcha ishlar muvaffaqiyati avvalo ijro intizomini mustahkamlash orqali ta’minlanishini qat’iy uqtirdi.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2015 yil 10 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi majlisi bayonida belgilangan vazifalarning viloyat hokimligi xalq ta’limi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari hamda Buxoro shahri va Jondor tumani hokimliklarida maqsadli o’rganish yakunlari to’g’risidagi masala yuzasidan “Kamolot” yoshlar ijtengashi raisi vazifasini bajaruvchi N. Salixov so’zga chiqdi.

Hokimlik soatida viloyatda jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og’zaki murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha 2016 yilning yanvar-aprel oylari davomida amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi masala ham ko’rildi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati 

Orqaga Chop Etish  436 |   28-04-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation