Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Qonunlar mohiyati tushuntirilmoqda
Qonunlar mohiyati tushuntirilmoqda

Viloyat hokimligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida ma’qullangan qonunlar, qabul qilingan qarorlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini o’rganishga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi.

Oliy Majlis Senati a’zolari, mahalliy Kengashlar deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, viloyat tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, ta’lim muassasalari, o’zini o’zi boshqarish organlari rahbarlari, tadbirkorlik sub’ektlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda kun tartibidagi masalaga aloqador soha rahbarlari ishtirokida sim orqali muloqot tarzida tashkil etilgan yig’ilishni viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi M. Esanov boshqarib bordi.

Dastlab O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi Z. Nizomxodjaev parlament yuqori palatasining beshinchi yalpi majlisida ko’rib chiqilgan masalalar haqida ma’lumot berdi.

Senatning ikki kunlik majlisi chog’ida 14 ta masala, shu jumladan, to’rtta qonun ko’rib chiqildi.

Ma’ruzada demokratik, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil chuqurlashtirish, Konstitutsiyamiz qoidalarini amalda ro’yobga chiqarishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati to’g’risida”gi, yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonunlari ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari haqida to’xtanildi.

Prezidentimizning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishdagi ma’ruzasida bayon etilgan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning 19 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasini tuzish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo’shma qarori qabul qilindi va shu asosda Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

– Prezidentimiz tashabbusi bilan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuzilgani mamlakatimizda inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash borasida qat’iy islohotlar olib borilayotganini ko’rsatadi, – deydi xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Umida Rahmonova. – Bu qonun hujjatlari ijrosi ustidan tizimli nazoratni ta’minlashga xizmat qiladi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i birinchi o’rinbosari A. Rahmatov, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi A. Bozorov “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi, yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarining muhim jihatlar haqida so’z yuritdi. Shuningdek, Senatda hisobotlari eshitilgan tashkilotlarning viloyatdagi tuzilmalari rahbarlari – Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig’i  Sh. Astanov, viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi raisi A. Niyozovlarning axborotlari ham tinglandidi.

Yig’ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga senatorlar va mutaxassislar atroflicha javob qaytardi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati 

Orqaga Chop Etish  555 |   09-04-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

23-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation