Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  “Dunyo ulamolari murojaati” kitobining taqdimoti
“Dunyo ulamolari murojaati” kitobining taqdimoti

Joriy yilning 8 avgust kuni Bahouddun Naqshband majmuasi markazida Buxoro viloyati hokimligi hamda O’zbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakilligi hamkorligida “Movarounnahr” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Dunyo ulamolari murojaati” kitobining taqdimoti o’tkazildi.

Mahalliy hokimliklarning mas’ul xodimlari, viloyatdagi oliy o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari, barcha imom-xatiblar, o’rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining mudarrislari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat, tuman va shahar bo’linmalari bosh mutaxassislari, fuqarolar yig’inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilari hamda otinoyilar ishtirok etgan mazkur taqdimotda O’zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakili, viloyat bosh imom-xatibi Mansur Nurullaev, viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari kotibiyati mudiri Botir Norboev, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti kafedra mudiri Farmon Aminov, Buxoro davlat tibbiyot instituti professori, O’zbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakilining xotin-qizlar masalalari bo’yicha yordamchisi Abera Huseynovalar bugungi kunda dunyodagi qator global muammolar qatorida insoniyatni tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidi, tinchlik, bag’rikenglik va mo’’tadillik asosiga qurilgan islom dinining insoparvarlik tamoyillariga tamoman zid ravishda birodarkushlik, xunrezlik va jaholatni ish uslubi qilib olgan bunday oqim va tashkilotlarning bugungi dunyo mafkuraviy makonida o’z ta’sir doirasini tobora kuchaytirib borayotgan bir sharoitda buzg’unchi g’oyalarga qarshi sog’lom va bunyodkorlik g’oyalari bilan kurashish dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini ta’kidlab, O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan nashr ettirilgan “Dunyo ulamolari murojaati” kitobi ma’naviyat va diniy-ma’rifat yo’nalishida faoliyat yuritayotgan soha vakillari, imom-xatiblar, mahalla maslahatchilari, otinoyilarning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy bilim va malakasini oshirish, mamlakatimizda ma’naviyat yo’nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholi o’rtasida keng targ’ib qilishd asosli manba bo’lib xizmat qilishi haqida so’z yuritdilar. Shuningdek, muhtaram Yurtboshimiz xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm illati  qo’shni Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikka xavf-xatar solgan ilk davrlardayoq bunday tahdid bir mamlakat yoki mintaqa chegarasida qolib ketmasligi, chegara tanlamasdan dunyoning istalgan nuqtasiga ko’chishi mumkinligi haqida jahon hamjamiyatining yuksak minbarlaridan turib so’z yuritganligi, xalqaro terrorizmga qarshi kurash O’zbekiston ichki va tashqi siyosatida izchillik bilan ish olib borilayotganligi qayd etildi.    

- Bugungi kunda dunyoning e’tirof etilgan  ulamolari, musulmon olami yirik namoyandalarining diniy ekstremizm, terrorizm va radikalizmni qat’iy qoralab, islom dinining musaffoligini saqlash, islomiy tushuncha va g’oyalarni buzib talqin qilinishi yuzasidan fatvolari, murojaat va ma’ruzalari keltirilgan mazkur kitob ma’naviyat targ’ibotchilari, diniy soha vakillari hamda keng jamoatchilik uchun e’tiqod masalasida insonlarni to’g’ri yo’ldan adashtiruvchi buzg’unchi oqimlarning puch g’oyalarini fosh etishini, mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega, - deydi O’zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakili, viloyat bosh imom-xatibi Mansur Nurullaev. - Mazkur kitob imom-xatiblar uchun ma’rifiy islomning asl mohiyatini targ’ib qilishdagi kundalik faoliyatida ayni qo’l kelishi barobarida, diniy soha xodimlarining mahallalarda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarda, ogohlikka chaqiruvchi tadbirlarda, yakka va umumprofilaktik suhbatlarda foydalanish uchun muhim manbadir.

Taqdimot davomida “Dunyo ulamolari murojaati” kitobida keltirilgan  Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalaridagi holatlarning mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy, diniy vaziyatga ta’siri, diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar internet tarmog’idagi faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o’rtasida aqidaparastlik g’oyalari tarqalishining oldini olish, bu borada mahalliy hokimliklar, xotin-qizlar qo’mitalari, ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari, imom-xatiblar va otinoyilar oldida turgan muhim masalalar xususida so’z yuritildi.

Taqdimotda ishtirokchilar uchun mamlakatimizda diniy ma’rifat yo’nalishida chop etilgan kitoblar, o’quv qo’llanmalari ko’rgazmasi tashkil etildi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  358 |   10-08-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation