Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Abadiyat, go’zallik va latofat timsoli
Abadiyat, go’zallik va latofat timsoli

O’n sakkiz ming olam ichra betakror mo’jiza sifatida e’tirof etilgan ayol ta’rifini hech qanday qiyos yoxud tashbeh bilan mengzab bo’lmaydi. Ayol buyuk, ayol muqaddas, ayol boqiylik, abadiyat manbai. Ayol – go’zallik, latofat va nazokat timsoli. Kim uchun ona, kim uchun suyukli yor, yana kim uchundir hamshira yoinki jon qadar farzand bo’lgan ayol hech qachon muqaddasligini yo’qotmaydi.

Shu bois ham mazkur bayram o’zgacha intiqlik bilan kutiladi. Ayricha shukuh, ayricha quvonch bilan nishonlanadi.

5 mart kuni Buxoro shahridagi “Rudi zar” marosimlar uyida to’plangan munis onaxonlar, lobar qizlar, umuman barcha bayram ishtirokchilari chehrasida ana shu quvonch va shukuhni kuzatish mumkin edi 

Dastlab viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Muhiddin Esanov tantana ishtirokchilariga, ular timsolida butun voha xotin-qizlariga tabrik so’zi bilan murojaat etdi.

— Inson yuksak qadriyat sifatida e’tirof etilgan mustaqillik yillarida mamlakatimizda ayollarga e’tibor, ularning salomatligini yanada mustahkamlash, haq-huquqlarini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza etish, oila maqomini yuksak darajaga ko’tarish borasida ko’p ishlar qilindi, - dedi notiq. - Xotin-qizlar mehnati va turmush sharoitini yaxshilash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, tadbirkor ayollarga o’z imkoniyatlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan qulayliklar o’z samarasini bermoqda.

Bugun jamiyat hayotining ko’pgina jabhalarida xotin-qizlarning tutgan o’rni o’sib bormoqda.

El-yurt ishonchini qozonib, xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlari deputatligiga saylangan ayollarimizning o’z hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini hal etishdagi faol ishtiroki, turli sohalarda mas’uliyatli rahbarlik lavozimlarida muvaffaqiyatli ish yuritishayotganligi, oliy o’quv yurtlarida samarali ilmiy faoliyat olib borishayotganligi ham ayol iqtidori,  matonati, aqlu zakosi e’tirofi belgisidir.

 Mamlakatimizda iste’dodli qizlarni kashf etish va ularni har jihatdan qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor berilyapti. Shu o’rinda kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga asosan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan qizlar orasida viloyatimiz vakili Buxoro muhandislik texnologiya instituti huzuridagi 1-son akademik litseyi o’quvchisi Gulnoza Alievaning nomi ћam borligini katta mamnuniyat va faxr bilan ta’kidlamoqchiman. Bundan tashqari ortda qolgan yilimizda qator qizlarimizning sport, ilm-fan, san’at va milliy hunarmandchilik sohalarida ham yangi-yangi yutuqlarni qo’lga kiritishayotganligi ko’ngillarimizda ajib xursandchilik bag’ishlaydi.     

Joriy 2016 yilning Prezidentimiz tomonlaridan “Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilinganligi munis onalarimizga nisbatan cheksiz hurmat va ehtiromning o’ziga xos ifodasidir. Shu munosabat bilan Yurtboshimiz qarori asosida tasdiqlangan maxsus Davlat dasturidagi o’n bir bandning ikkitasi aynan ayollarimizga alohida e’tibor qaratish, chunonchi ular muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan g’amxo’rlik qilishni yanada kuchaytirish, moddiy yordam ko’rsatish va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, jumladan farzandlarini tarbiyalashga ko’maklashish, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish hamda   “Sog’lom ona-sog’lom farzand” printsipiga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan. Bu esa Yurtboshimizning “Qachon ayol baxtli bo’ladi? Avvalambor, uning bolalari, oila a’zolari, turmush o’rtog’i sog’-omon bo’lsa. Qachon ayol hayotdan rozi bo’ladi? Qachonki, oilasi tinch, ro’zg’ori farovon bo’lsa, ertangi kundan ko’ngli to’q bo’lsa” degan talablarining amaliy ijrosidir.

Shu bilan birga jamiyatda ayollar mavqeini kuchaytirish, salomatliklarini mustahkamlash, turmush sharoitlarini yaxshilash, har tomonlama barkamol bo’lishlariga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi. Zero ayoli sog’lom, oqila va donishmand bo’lgan yurtning ertasi porloq bo’ladi. Negaki, har qanday buyuk kelajakni barpo etadigan farzandlarimiz avvalo ona bag’rida kamol topadi, undan tarbiya, ilk ta’limni oladi.

Shundan so’ng M. Esanov barchani Xotin-qizlar bayrami bilan muborakbod etib, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etayotgan bir guruh Xotin-qizlarga xalq deputatlari viloyat Kengashi faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg’alarni topshirdi. 

Tantanali tadbir O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Dilnoza Ismiyaminova, “Handalak”, “Qah-qaha” qiziqchilar guruhlari hamda viloyatimizdagi taniqli va yosh san’atkorlar ijrosidagi ayol qalbi, Yurt madhi, bahor tarovati hamda muhabbat mavzulari tarannum etilgan sohir kuy-qo’shiqlar, qiziqarli hazillardan iborat bayram konsertiga ulandi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  416 |   05-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation