Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  "Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi — 2016
"Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi — 2016

Bu yil ilk marotaba kasb-hunar kollejlari bitiruvchi qizlari o’rtasida tashkil etilgan "Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi" ko’rik-tanlovi ularni mazkur faoliyatga keng jalb etish, tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, "Sog’lom ona va bola yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadlariga qaratilgan.

Ta’kidlash joizki, tanlovga tayyorgarlik ko’rish maqsadida viloyatimizda 1 apreldan 1 iyunga qadar tadbirkor bo’lish istagini bildirgan kasb-hunar kollejlarining 865 nafar bitiruvchi qizi bilan bosqichma-bosqich ish olib borildi. O’tgan oy davomida 363 ta biznes-loyiha tuman va shahar ishchi guruhlari tomonidan o’rganib chiqildi. Ishlab chiqarish, servis hamda qishloq xo’jaligi sohalarida eng munosib 36 nafar nomzodning biznes-loyihasi viloyat bosqichiga taqdim etildi. Ushbu loyihalar bitiruvchi qizlarning bandligini ta’minlashga ko’maklashuvchi viloyat shtabi tomonidan tanlov nizomi asosida o’rganildi va munosib nomzodlar nomi aniqlandi.

Kuni-kecha "Agrobank"ning viloyat filiali majlislar zalida tanlov viloyat bosqichi g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, xotin-qizlar qo’mitasi, "Tadbirkor ayol" uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda so’z olganlar g’oliblarni qutlab, ularni tadbirkorlik faoliyatini rivoj-lantirish orqali yurtimiz iqtisodiyotiga o’z ulushini qo’shishga da’vat etdilar. Shundan so’ng taqdirlash marosimi bo’lib, 22 nafar qizga kredit olish huquqini beruvchi sertifikat va esdalik sovg’alari topshirildi. Ular orasidan 6 nafar eng yaxshi loyiha muallifi respublika bosqichiga yo’llanma oldi.

—Tumanimizda qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar u qadar ko’p emas,—deydi Olot pedagogika va sport kolleji o’quvchisi Simora Husainova.—Tanlovda ana shunday mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kichik korxona tashkil etish loyihasi bilan ishtirok etdim. Xalq banki viloyat filialining 26 million so’mlik kreditini olish huquqini beruvchi sertifikatiga hamda tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ldim.

Tadbirda viloyat hokimi o’rinbosari Zulfiya To’yeva so’zga chiqdi.

Orqaga Chop Etish  640 |   27-07-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 63
  • Ko`rib chiqilmagan: 24
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-06-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation