Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Immunoprofilaktika - yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda bepul profilaktik emlash
Immunoprofilaktika - yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda bepul profilaktik emlash

O’zbekiston dunyoning eng insonparvar – gumanitar davlatlardan birga aylanganligi bugungi kunda mamlakatda o’rtacha umr yoshining oshib borayotganligi (2016 yil statistikasi bo’yicha 73,1 yosh), “Baxt indeksi” bo’yicha 170 ta davlat orasida 48-o’ringa chiqishi, bir qator kasalliklar tarqalishining (vabo, ochlik, bezgak, qizamiq, difteriya va h.k.) umuman  bartaraf etilganligi bilan o’z isbotini topgan. Sog`liqni saqlash borasida bugungi kunda mamlakat miqyosida olib borilayotgan zalvorli ishlar orasida IMMUNOPROFILAKTIKA tadbirlari ham muhim o’rin tutadi. Viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi bosh vrachi Bahodir BARAKAEV bilan  qilgan suhbatimiz shu mavzuda bo’ldi.  

  • Bahodir Jo’raevich, avvalo immunoprofilaktika tadbirlari haqida tushuncha bersangiz?                                                              

-Immunoprofilaktika tadbirlari, bu yuqumli kasalliklarga  qarshi kurashda profilaktik emlash demakdir. Bunday tadbirlarning samarali o’tkazilishi natijasida Respublikada, jumladan viloyatda 1995 yildan boshlab poliomielit kasalligi, 2002 yildan difteriya, chaqaloqlar qoqsholi, keyingi 2 yil davomida qizamiq va qizilcha kasalliklari hamda virusli gepatitning “V” turi 14 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasida qayd etilmadi.

Bugungi kunda difteriya (bug`ma), ko’k yo’tal, qoqshol, qizamiq, qizilcha, poliomielit, sil, epidemik parotit (tepki), virusli gepatit “V”, gemofil infekstiyasi (XIB), rotavirus va pnevmokokkli infekstiyalarga qarshi profilaktik emlashlar milliy emlash taqvimiga kiritilgan bo’lib, shunga  asosan yangi tug`ilgan chaqaloqlar va 16 yoshgacha bo’lgan bolalar ommaviy emlash bilan qamrab olinadi.

Immunoprofilaktikaning asosiy maqsadi maxsus emlash vositalari bilan boshqariluvchi infekstiyalarning yo’qotilishi, yuqumli kasalliklarni va o’lim holatlarini kamaytirishdir. 2002 yilda O’zbekiston Respublikasi poliomielit qo’zg`atuvchi viruslardan xoli etilganligi to’g`risida sertifikat oldi.

Bundan tashqari, difteriya kasalligining oldini olish, 2018-2020 yillarda qizamiq va qizilchaning eliminastiyasiga (yo’qotilishi) erishish, virusli gepatit “V” kasalligi, XIB (gemofil infekstiya), rotavirus va pnevmokokk infekstiyasini kamaytirish hamda o’lim holatlarining oldini olish, sil kasalligining tarqoq shaklini tugatish hamda odam papiloma virusi chaqiradigan kasallikning oldini olish bo’yicha mamlakatmimizda davlat miqyosida katta ishlar olib borilmoqda.

-Emlashlarni amalga oshirish mexanizmi qanday tashkil etilgan?

-Avvalo, chaqaloq tug`ilgandayoq tug`ruqxonada dastlabki emlash o’tkaziladi va profilaktik emlashlarning muddati, o’tkazilishi to’g`risida “Immunizastiya pasporti” yoki 063/h (profilaktik emlash kartasi) beriladi. Ushbu hujjatda o’tkaziladigan emlashlar muddati qayd etiladi va u oilaviy poliklikaga yuboriladi.

Viloyatda barcha davolash-profilaktika muassasalarida  emlangan bolalarni kayd etish maksadida 063/h va 112/h, maktablarda esa 026/h tibbiy xujjatlar to’liq tashkil etilgan.

Vakstinani saqlash va tashish vaqtida “sovuqlik zanjiri”ga (temperatura rejimiga ya’ni +2S dan +8S gacha sharoitda) saqlanishiga rioya qilish - vakstinaning samaradorligi va emlash xavfsizligini kafolatlashda eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Davolash-profilaktika muassasalarning barcha vrach va hamshiralari profilaktik emlash taqvimini, emlashga bo’lgan moneliklar, “sovuqliq zanjiri” qoidalariga rioya qilishlari, emlashdan keyingi asoratlar to’g`risida va birinchi tibbiy yordam ko’rsatish haqida  bilishlari shart.

-Emlash vakstinalari barcha qamrab olinadigan bolalar uchun etarlimi? Ta’minot haqida gapiradigan bo’lsak, aytishim mumkinki, viloyat uchun hatto keragidan ortiq miqdorda olib kelingan vakstinalar mavjud. Profilaktik emlash taqvimiga binoan emlashlarda xorijda ishlab chiqarilgan va ro’yxatdan o’tgan, O’zbekiston Respublikasida ishlatishga ruxsat etilgan, sertifikastiyasiga ega bo’lgan vakstinalar qo’llanadi.

Viloyatda profilaktik emlashlarni amalga oshirish uchun viloyat bo’yicha profilaktik emlash rejasi tuziladi va shu asosda profilaktik emlashlar to’liq amalga oshiriladi. Viloyatdagi  profilaktik emlash rejasiga asosan   markazlashgan holda barcha vakstinalar extiyojga asosan  to’liq ta’minlangan.

Shu o’rinda davlatimiz bepul emlashlarni ta’min etayotganidan xalqimiz to’liq xabardor bo’lishi kerak.

To’g`ri, aholi uchun gepatitning ayrim turlariga qarshi ixtiyoriy pullik emlash ham amalga oshirilmoqda. Bu borada anglashilmovchilik bo’lsa, fuqarolar viloyat DSENM va uning hududiy bo’limlaridan, oilaviy poliklinikalardan yoki viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasining, hududiy tibbiyot birlashmalarining “Ishonch telefoni”dan ma’lumot olishlari mumkin.

 Shuni ham aholimiz diqqatiga alohida ta’kidlab o’tishni istardimki, ayrim joylarda bolalarni listenziyasi yoki emlash vakolati bo’lmagan xususiy shifokorlarga olib borib emlatish, siz aytganday, vakstina uchun pul to’lash hollari uchragani haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlar bor. Yana bir karra takrorlaymiz: bolalarni faqat hududiy oilaviy poliklinikalarga yoki listenziyalangan tibbiy muassasalarga olib borib emlating!

-Bugungi kunda bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash milliy taqvim rejasiga ko’ra qay darajada amalga oshirilmoqda? Emlashlar samaradorligi qanday?

-Difteriya, qoqshol, ko’k yo’tal, virusli gepatitning “V” turiga  va  XIB infekstiyalariga qarshi 1 yoshgacha bo’lgan  bolalarning o’rtacha emlanishi 99,6 foizni tashkil etadi.

Shol kasalligiga qarshi emlanish 99,6 foizini tashkil etmoqda.

          Sil kasalligiga qarshi emlanish o’rtacha 99,8 foizni, virusli gepatitning “V” turiga qarshi chaqaloqlarning emlanishi 99,8 foizni tashkil etadi. Viloyatda 2 yoshgacha bulgan bolalarning difteriya, qoqshol, qo’k yo’tal, shol kasalligiga qarshi emlanishi 99,2 foizni tashkil etadi. Rotavirusga qarshi emlanish 99,6%ni, qizamiqqa  qarshi 2 yoshgacha bolalarning emlanishi 99,4%ni tashkil etadi. Qizamiqqa  qarshi 6 yoshgacha bolalarning emlanishi 99,9 %ni tashkil etadi. ADS-M vakstinasi bilan 7 yoshli bolalarning emlanishi 100% amalga oshirilgan.

        Shunisi quvonarliki, viloyat bo’yicha emlangan bolalar o’rtasida emlashdan keyingi   asoratlar birorta holatda ham kuzatilmadi.

        Olib borilgan profilaktik emlashlar natijasida aholi orasida qizamiq,  difteriya, shol, qizilcha, qoqshol, ko’k yo’tal  kasalliklari qayd etilmayapti.

Suhbatni R. Saidmurodova yozib oldi.

Orqaga Chop Etish  519 |   17-07-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

13-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation