Bosh sahifa /  Yangiliklar /  G’ijduvonda yangi savdo majmuasi
G’ijduvonda yangi savdo majmuasi

G’ijduvon shahrida "Xo’jai jahon" savdo majmuasi ishga tushdi. Jami 10,5 gektar maydonga ega ushbu buyum bozori Toshkentdagi "Agroqurilishservis" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

—Qurilish ishlarini 2013 yilning iyulida boshlagan edik, — deydi jamiyat rahbari Abdumalik Hojimirzaev. — Shu vaqt mobaynida 450 nafarga yaqin quruvchi mazkur jarayonda ishtirok etdi. Shuningdek, "Diamond bars servis", "Arsenal kapital stroy" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, "Buxoroenergiyasozta’mir" xususiy korxonasi kabi yordamchi pudratchi tashkilotlar ko’magini ham e’tirof etish lozim. Qurilish loyiha qiymati esa umumiy hisobda 54 milliard 340 million so’mni tashkil qildi. Bu erda bir-biriga uy­g’un tarzda qad rostlagan 1000 ta savdo shoxobchasi xaridorlarga xizmat ko’rsatadi.

Ta’kidlash kerakki, yirik savdo majmuasining barpo etilishida Samad Ne’matov, Soyib Azimov, Baxtiyor Hamidov singari qurilish brigadasi boshliqlarining xizmati katta. Ushbu kompleks chiroyi, mahobati bilan barchaning e’tiborini o’ziga tortayapti. Uning bugun ana shunday qiyofa kasb etishida buyurtmachi tashkilot — "Xo’jai jahon" buyum bozori mas’uliyati cheklangan jamiyatining tashabbusi ham asosiy omil bo’ldi.

Albatta, bu kabi bunyodkorlik ishlaridan ko’zlangan asosiy maqsad xalqimizning moddiy ehtiyojlarini to’la qondirish, yangi ish o’rinlarini yaratish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirishdir. Bundan tashqari, sotuvchi hamda xaridorlarga ko’rsatiladigan xizmat, mavjud shart-sharoit ham zamonaviy talablar asosida bo’lishini davrning o’zi taqozo etmoqda. Aynan shu omildan kelib chiqqan holda "Xo’jai jahon" savdo majmuasi hududida 4 ta mini bank, 27 o’rinli shinam mehmonxona, 160 o’rinli oshxona, 6 ta avtomobillar to’xtash joyi barpo etildi. Shu kabi qulayliklardan ushbu maskanda faoliyatini boshlagan savdo xodimlari ham mamnun.

— Ilgarigi buyum bozorida ochiq joyda, birmuncha tartibsiz holda ishlashimizga to’g’ri kelardi, — deydi yakka tartibdagi tadbirkor Shoira Qobilova, — Endi esa do’kon ko’rinishidagi mana bunday shinam savdo shoxobchalari ixtiyorimizga berildi. Bu er yozda sal­qin, qishda esa issiq. Har bir do’kon shinam va keng qilib qurilgan. Biz, sotuvchilar hamda xaridorlar uchun barcha qulayliklar muhayyo. Ayni payt­da do’konimizda yuz xildan ziyod mahsulot bor. Ular ko’rib turganingizdek, xaridorgir.

"Xo’jai jahon" savdo majmuasida xavfsizlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bu erda militsiya tayanch punktidan tashqari, o’t o’chirish xizmati uchun mo’ljallangan ikkita havza ham barpo etilgan. Ko’lami jihatidan nafaqat viloyat, balki respublika miqyosida ham sanoqli sanalgan shu kabi zamonaviy savdo markazlari uzoq yillar davomida el farovonligi yo’lida xizmat qiladi.

Orqaga Chop Etish  1487 |   23-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation