Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Poygada — velomarafonchilar
Poygada — velomarafonchilar

Mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlab "Kamolot-tur" an’anaviy yoshlar velomarafonining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

—Ommaviy va milliy sport turlarini rivojlantirishga ko’maklashish orqali yoshlarning sportga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish, jismoniy va ma’nan barkamol etib tarbiyalash, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, iste’dod sohiblarini rag’batlantirish "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatining muhim yo’nalishlaridan biridir,—deydi "Kamolot" YoIH viloyat kengashi raisining o’rinbosari Feruz Hamroev.—Harakatimiz tomonidan ushbu maqsadda turli musobaqalar o’tkazilmoqda. Ular qatoridan sakkizinchi bor tashkil etilayotgan "Kamolot-tur" velomarafoni ham muhim o’rin egallaydi.

Kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar hamkorligida o’tkazilgan musobaqada uning quyi bosqichida ishtirok etgan 2350 nafar havaskor sportchi orasidan saralangan 400 nafar poygachi kuch sinashdi. Ular orasida maktablar, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari va oliy o’quv yurtlari talabalari bilan birga mahallalardagi uyushmagan yoshlar vakillari ham bor edi.

Buxoro shahrining bir necha ko’chasi bo’ylab o’tgan, qatnashchilar mahorati va irodasi sinoviga aylangan poyga yakuni kuchlilarni aniqlab berdi.

Musobaqa g’oliblarini taqdirlash marosimi "Ko’hna va boqiy Buxoro" monumenti yonida bo’lib o’tdi.

"Kamolot-tur" viloyat bosqichi 9-14 yoshlilar bahsida Romitan tumanilik Jahongir Ismatov birinchi o’rinni egalladi. 15-17 yoshlilar guruhida esa Buxoro shahrilik Alisher Fozilov, 18 va 30 yoshlilar davrasida uning jamoadoshi Denis Golovanov ana shunday muvaffaqiyatga erishdi. Kuchli uchlikka kirgan ishtirokchilar orasida Buxoro, G’ijduvon va Shofirkon tumanlari vakillari ham bor.

Poyga g’oliblari "Kamolot-tur"ning respublika bosqichida ishtirok etadilar

Orqaga Chop Etish  1379 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation