Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Umrboqiy bayram tarovati
Umrboqiy bayram tarovati

Joriy yilning 19 mart kuni Buxoro shahridagi “Ko’hna va boqiy Buxoro” majmuasi amfiteatrida Navro’z ayyomiga bag’ishlab viloyat bayrimi o’tkazildi.

 Chorlov musiqasi yangrab, bayram tadbiri boshlanganidan darak beradi. Shundan so’ng viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Muhiddin Esanov tantana ishtirokchilariga qarata tabrik so’zi bilan murojaat qildi.

— Barchamizga ma’lum, dunyoda bir-biridan buyuk, bir-biridan ajoyib bayramlar ko’p,—dedi viloyat rahbari. — Lekin ular orasida Navro’z ayyomi o’zining qadimiyligi, tabiatimizga uyg’unligi va go’zalligi bilan, ma’no-mazmunining teranligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Va ayni shuning uchun ham uyg’onish va yasharish timsoli bo’lmish bu buyuk ayyomni Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Har bir xonadon, har bir oilad bag’rini keng ochib, “Xush kelibsan o’lkamizga Navro’z, qadaming qutlug’ bo’lsin!” deb, eng katta orzu-niyatlar bilan kutib oladilar”.

Haqiqatan ham, bir necha ming yillar avval – “Avesto” davrida paydo bo’lgan Navro’zi olam bizning xalqimiz uchun eng ko’hna, asl milliy, sharqona yangi yil debochasi sifatida doimo sog’inib, ardoqlab qarshi oladigan, har qaysi uyga shodlik va xursandchilik olib kelishi, o’sha zamonlardan buyon xalqimizga mansub bo’lgan an’ana va qadriyatlarni bezavol saqlab kelishi bilan barchamizga qadrli va azizdir.

Ko’klam ayyomi kelishi bilan ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz rizqu ro’zini tilab, qo’sh haydab, dalaga don sochib, yam-yashil adirlarda ot choptirib, Navro’z sayillarini o’tkazgani xuddi kechagidek bo’lib tuyuladi va barchamizni beixtiyor ana shu bayramona kayfiyatga berilib ketishga undaydi.

Ayni shu kunlarda mahalla-ko’y doshqozonlar atrofida jamuljam bo’lib, ayollarimiz, momolarimiz tunni tun demasdan, hech charchamasdan, ezgu niyat, zavq va xursandchilik bilan insonga kuch-quvvat beradigan sumalak va halim, ko’ksomsa kabi tansiq ne’matlarni tayyorlab, ularni o’z oilasi va do’stu birodarlari bilan baham ko’rishi kabi ota-bobolarimiz, ajdodlarimizdan qolgan betakror an’ana va odatlarimiz yurtimizga, uylarimizga kirib qolgandek, o’zimizni esa atrof-tabiatimizning ajralmas bir qismidek his qilamiz.

Ana shu dilbar faslda insonlarning bir-biriga mehribonlik ko’rsatishi, bemorlarga, muhtoj bo’lganlarga beminnat yordam berish, tabarruk keksalarimizning duosini olish kabi noyob fazilatlar albatta odamning ko’nglini yumshatadi, doim yaxshilikka intilishga, o’zaro mehr-oqibatli bo’lishga chorlaydi.

Navro’zi olamning yana bir betakror xislati borki, u har qaysi uy, har qaysi yurtda, butun er yuzida tinchlik va osoyishtalik bo’lishiga da’vat etadi.

Dehqonchilik mavsumi ibtidosi hisoblangan Navro’zni ayniqsa, bobodehqonlarimiz o’zgacha xursandchilik bilan qarshi olishadi.

Bu yilning viloyatimiz uchun qulay kelishi, kuzda ekkan ekinlarimiz tobora kuchga to’lib, bo’y cho’zayotgani, yangi mavsumga chuqur tayyorgarlik ko’rganimiz, nasib etsa, fidoyi va zahmatkash bobodehqonlarimizning orzu-umidlari albatta ushaladi, hosilimiz mo’l bo’ladi, deb ishonch bildirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.  

Viloyat rahbari pirovardida barchani Navro’z bilan qutlab, har bir oila, har bir xonadonga ezgulik, baxtu saodat, farovonlik, yurtga tinchlik va omonlik tiladi.

Shundan so’ng Buxoro musiqali drama teatri, “O’zbeknavo” estrada birlashmasi viloyat bo’limi xonandalari, Buxoro san’at, madaniyat kollejlari o’quvchilari, "Buxoro go’zallari" va "Buxorcha" raqs dastalari, Buxoro shahridagi folklor jamoalari, 1-son musiqa va san’at maktabi o’quvchilari hamda “Kamolot” YoIH faollari tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan kontsert tomoshasi namoyish etildi.

Dastur muqaddimasida poytaxtdan tashrif buyurgan Zilola Musaeva (Shahzoda) ijrosidagi “Asta-asta” retro qo’shig’i tomoshabinlarda bahoriy iliqlik va xush kayfiyat bag’ishladi.

Kontsert davomida  O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon, “Nihol” mukofoti sovrindori Dilfuza Qobilova, Tohir Usmonov singari ijodkorlar o’z repertuarlaridagi eng sara qo’shiqlari bilan buxoroliklarni xursand etdilar.

Kontsert dasturi finalida tadbirda qatnashgan barcha xonandalar va raqqosalar "Tasanno aytay, Navro’z" kompozitsiyasini xalqimiz sevgan milliy bayram madhiyasi tarzida ijro etib, teatrlashtirilgan ushbu tomoshani baland pardalarda, ko’tarinki ruhda yakunladilar. Bayram tantanasi qatnashchilariga g’oyat manzur bo’lgan ushbu tomoshani tayyorlashda rejissyorlar—Rauf Avezov va respublikada xizmat ko’rsatgan artist, Buxoro musiqali drama teatri direktori Yo’ldosh Genjaev, stsenariy muallifi, shoir Shodmon Sulaymon va boshqalarning munosib hissasi borligini ta’kidlash maqsadga muvofiq.

Navro’z shodiyonalari shaharning boshqa go’shalari—istirohat bog’lari, xiyobon va maydonlarda, mahallalarda davom etmoqda. Bayram munosabati bilan mehnat jamoalari, o’quv muassasalarida ham turli ommaviy-madaniy tadbirlar uyushtirilmoqda.

Ezgulik, bag’rikenglik va nafosat ayyomi bo’lmish Navro’z viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida ana shunday ko’tarinki ruhda bayram qilinmoqda.

Orqaga Chop Etish  577 |   19-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation