Bosh sahifa /  Matbuot anjumanlari /  Silga qarshi kurash va OAV
Silga qarshi kurash va OAV

Viloyat hokimligi axborot xizmati, respublika Sog’liqni saqlash vazirligining matbuot markazi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida USAIDning O’zbekistonda silga qarshi kurash dasturi doirasida mazkur mavzuning ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga bag’ishlangan seminar-trening o’tkazildi.

Viloyatdagi matbuot nashrlari, televidenie va radio jurnalistlari qatnashgan tadbirni viloyat hokimligi apparati axborot xizmati rahbari A. Rustamov kirish so’zi bilan ochdi.

Butundunyo silga qarshi kurash kuni munosabati bilan o’tkazilgan mazkur tadbirda interfaol usullar va amaliy mashg’ulotlar orqali OAV xodimlarining mavzuga doir malakasi chuqurlashtirildi. O’zbekistonda sil kasalligining tarqalishi va oldini olish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar va dasturlar haqida mutaxassislarning chiqishlari tinglandi.

— Sil — yuqumli kasallik bo’lib, uning qo’zg’atuvchilari sil mikrobakteriyalaridir,—dedi so’zga chiqqan viloyat sil kasalliklari dispanseri bosh vrachi Boboqul Rajabov. — Bu kasallik tananing barcha a’zolarini zararlashi mumkin va asosan 85 foiz holatlarda o’pka jarohatlanadi. Kasallikning asosiy yuqish yo’li havo, tomchi orqali bo’lib, ya’ni sil bilan og’rigan bemor yo’talganda va aksirganda yuqish ehtimoli ko’proq kuzatiladi. Ba’zi odamlar sil kasalligini davolab bo’lmaydi deb o’ylashadi. Lekin bu xato fikr. Chunki hozirgi davrda sil kasalligini davolash uchun katta imkoniyatlar mavjud. Viloyatimizning tuman va shaharlarida silga qarshi muassasalar faoliyat olib bormoqda. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bu kasallikka chalingan bemorlarning 85 foizi zamonaviy kompleks davolash natijasida butunlay sog’ayib, oilasi va mehnat quchog’iga qaytmoqda.

Qizg’in munozaralarga boy bo’lgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Orqaga Chop Etish  911 |   28-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation