Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Islohotlar davri solnomachilari
Islohotlar davri solnomachilari

Shu yil 27 iyunda viloyat hokimligi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi "Tojmahal" restoranida o’tkazilgan bayram tadbiriga tashrif buyurgan gazeta, radio, televidenie, nashriyot va matbaa korxonalari xodimlari, soha faxriylari bu e’tibor va ehtiromni yana bir bor his etdilar.

Tadbirda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O’ktam Barnoyev qalam ahlini bayram bilan qutladi.

—Bugungi kunda respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda hukumat tomonidan qabul qilinayotgan farmonlar, qaror va farmoyishlar asosida mamlakatimizda, jumladan Buxoroi sharifda amalga oshirilayotgan islohotlarni -muvaffaqiyatli ro’yobga chiqarishda ommaviy axborot vositalarining roli benihoya kattadir,—dedi viloyat rahbari.—Chunki matbuot, radio va televidenie xodimlari ishimizdagi yutuq va kamchiliklarni xolisona yoritishda, viloyat hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar diqqat-e’tiborini hal etilmagan muammolarga qaratishda, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi vazifalarini bekami-ko’st bajarishda bizga eng yaqin ko’makchidirlar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning mart oyida Buxoroga qilgan tashrifidan so’ng viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan korxonalarni ishga tushirish, turizmni rivojlantirish, aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, Buxoro tibbiyot instituti uchun yangi o’quv binosini qurish, yangi ta’lim muassasasi va kafedralarni tashkil etish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturlar qabul qilindi, istiqbolli rejalar belgilandi.

Ana shu o’zgarishlarni ommaviy axborot vositalarida keng va to’g’ri yoritishda, ilg’orlar tajribasini ommalashtirishda, xilma-xil janrdagi materiallari bilan bugungi islohotlar davri solnomasini yaratishda, eng muhimi, Buxoro xalqini yangicha ishlashga da’vat etishda biz jurnalistlarni tashabbus ko’rsatib ijod qilishga chaqiramiz. O’z navbatida viloyat hokimligi ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirishga, qalam ahliga munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratishga har tomonlama yordam ko’rsatadi.

O’.Barnoev pirovardida barcha jurnalist va matbaachilarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan muborakbod etib, ularga sihat-salomatlik, baxt-saodat va yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbirda bir guruh jurnalistlarga xalq deputatlari viloyat Kengashining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg’alari topshirildi.

Bayram tadbirida so’z olgan "Galaosiyo ovozi" tuman gazetasi muharriri Baxshulla Rajabov, respublika "Sport" telekanalining viloyatdagi muxbiri, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati Umida Rahmonova va soha mehnat faxriysi Xadicha Ramazonovalar buxorolik jurnalistlar ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rliklarga javoban yanada jo’shqin va mahorat bilan ijod qilib, voha ahlini yangi marralarni zabt etishga ruhlantirishlariga va’da berdilar.

Viloyat san’atkorlari ijrosidagi dilbar qo’shiqlar va go’zal raqslar bayram davrasiga o’zgacha zavq hamda shukuh bag’ishladi.

Orqaga Chop Etish  542 |   29-06-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

14-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation