Bosh sahifa /  Deputatlar faoliyati /  Doimiy komissiya yig’ilishi
Doimiy komissiya yig’ilishi

Prezidentimizning "Yuksak ma’naviyat—yengilmas kuch" asarida ona tilimizning ahamiyati haqida shunday deyilgan: "...O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir". Shu nuqtai nazardan qaralganda til millatimiz, xalqimiz boyligi, bebaho mulkidir. Xuddi shunday, millatning ma’naviy qiyofasini belgilaydigan omillardan biri bu uning yozuvi. Til va yozuvni bir-biridan ayro tasavvur etib bo’lmaydi.

Ammo afsuski, bugungi kunda jamiyatimizda bag’oyat boy merosga ega ona tilimizning go’zalliklarini ilg’amaslik, lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini yaxshi bilmaslik holatlari har qadamda uchramoqda. Buni birgina yozuv misolida ko’rsak, shahrimiz ko’chalari, gavjum chorrahalar, bozor-o’char va ulardagi savdo rastalaridagi panno va bannerlar, tashqi reklama vositalari, hatto korxona-tashkilotlar, ma’muriy idoralar nomlari tushirilgan peshlavhalarda ham tez-tez uchratayapmiz. Do’kon, oshxonalar, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalarini milliyligimizdan kelib chiqib nomlash, ular nomlarini estetik ruhda, milliy yozuvda to’g’ri va xatosiz ifodalashdagi kamchiliklarga esa joylarda etarlicha duch kelinayapti. Kuni-kecha viloyat hokimligida xalq deputatlari viloyat Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi yig’ilishida ham ana shu jihatlar muhokama etildi. Doimiy komissiya a’zolari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan yig’ilishni mazkur komissiya raisi Farmon Aminov olib bordi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi hamda "Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida"gi qonunlarining viloyatimizdagi ijrosiga, shuningdek, viloyat hokimining 2012 yil 8 noyabrdagi "Viloyat hududida tashqi reklamalarni joylashtirish tartibini belgilash to’g’risida"gi qarorining shahar va tumanlarimizdagi ijrosiga alohida to’xtalib o’tildi. Bu jarayonda avvalo reklama mahsulotlarining yuqorida e’tirof etilgan qonunlar talablariga mosligi, milliy mentalitetimizdan kelib chiqqan holda reklama mahsulotlarini ishlab chiqarish, bu sohada ish olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tubdan yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

Yig’ilishda komissiya a’zolari, deputatlar fikr-mulohazalari tinglandi va tegishli qaror qabul qilindi.

Orqaga Chop Etish  1247 |   09-11-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

14-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation