Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  "Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar"
"Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar"

Umumxalq bayrami — Navro’zni munosib nishonlash, farzandlarimizni milliy an’analarga hurmat, ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni "ommaviy madaniyat" xurujlaridan asrash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi. Shu maqsadda viloyat hokimligi, madaniyat va sport ishlari, xalq ta’limi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamda boshqa qator tashkilotlarning o’zaro hamkorligida "Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar" festivali o’tkazildi.

Buxoroning eski shahar qismida uyushtirilgan ushbu tadbir jami 16 loyiha va tanlovdan iborat bo’ldi. Unda viloyatdagi o’rta umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari, oliy o’quv yurtlari talabalari, "Kamolot" YoIH tuman va shahar kengashlari, milliy-madaniy markazlar faollari, shuningdek, ichki ishlar tomonidan profilaktik hisobda turuvchi bolalar, jazoni o’tayotgan yoki o’tab qaytganlarning farzandlari qatnashdi.

Festivalning ochilish marosimi Poyi Kalon majmuasida o’tdi. Aynan shu erda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalari, pedagogika va engil sanoat, turizm kasb-hunar kollejlari o’quvchilari ishtirokida "Milliy liboslar" ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Iste’dodli dizaynerlar tomonidan milliy va zamonaviy uslublar uyg’unligida yaratilgan liboslar tanlovida muhandislik-texnologiya instituti talabasi Marvarid Majidova g’olib deb topildi.

O’z navbatida boshqa yo’nalishlar bo’yicha ham sovrindorlar aniqlandi. Chunonchi, "Jonli tabiat", "Palov sayli", "Sumalak sayli", "Navro’z dasturxoni" tanlovlarida Buxoro shahridagi 3-o’rta umumta’lim maktabi, Toshkent stomatologiya institutining viloyatdagi filiali, "Kamolot" YoIHning G’ijduvon va Qorovulbozor tumanlari kengashlari jamoalari g’oliblikka munosib ko’rildi.

Ma’lumki, nafaqat tabiat ne’matlari, mazali taomlar, balki xalq o’yinlari ham Navro’zga o’zgacha shukuh, joziba bag’ishlaydi. Festivalda ana shu jihatlarga ham alohida urg’u berilgan holda turli sport musobaqalari o’tkazildi. Jumladan, milliy kurashning bir necha vazn yo’nalishida romitanlik Shahron Ahadov, qorako’llik Salohiddin Norqo’ziev, Shahzod Oylievlar barchadan ustun chiqdilar. Tosh ko’tarishda esa G’aybullo Rahmatovga hech kim bas kelolmadi.

"Yoshlik shijoati" nomi ostida Ark qal’asining janubiy tomonidagi maydonda o’tkazilgan shu kabi sport musobaqalaridan tashqari "Varraklar sayli", Shahriston bozoridan Toqi Zargaron yodgorligigacha bo’lgan hududda esa "Milliy o’yinlar" loyihalari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Ushbu bahslarda g’ijduvonlik Ravshan Nurmurodov hamda Shofirkon tumani jamoasi birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Bundan tashqari, "Maydon tomoshalari" loyihasi asosida Buxoro shahar madaniyat va sport ishlari bo’limiga qarashli dorbozlik va tsirk san’ati jamoalari ishtirokida polvonlar, akrobatlar, hayvon o’rgatuvchilarning o’ziga xos chiqishlari yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

E’tiborlisi, festival o’z ichiga turli san’at yo’nalishlarini ham qamrab oldi.

— Biz gul terayotgan bolalarni, musaffo osmonimizda uchib yurgan tinchlik qushi — kabutarni tasvirladik, — deydi asfaltga rasm chizish tanlovi qatnashchilari, Buxoro shahridagi 7-maktab o’quvchilari Fotima Sanoeva hamda Nazokat Hamroevalar. — Chunki ana shunday bayramlarning, baxtli hayotimizning ham asosi aynan tinchlik, osoyishtalikdir. Bugungi tadbirlar davomida biz shu narsaga yana bir bor amin bo’ldik.

Darvoqe, "Yurtimda bahor nafasi" shiori ostida tashkillashtirilgan ushbu yo’nalishda viloyat markazidagi 38-maktab jamoasi birinchi o’rinni egalladi. Shuningdek, "Navro’z yallasi", "Navro’z — mening nigohimda", "Qo’g’irchoq teatri", "Yoshlar mahorati" singari musiqa, tasviriy san’at, aktyorlik hamda hunarmandchilik bo’yicha o’tkazilgan loyihalarning g’olib va sovrindorlari aniqlandi.

Poyi Kalon majmuasida O’zbekiston xalq hofizi Sohib Niyozov, yosh estrada xonandalari Rahim Xo’jaev, Jahongir Fayziev, Daler Abdullaev, Xurshid va Madina dueti ishtirokida uyushtirilgan gala-kontsert ham festival tarovatiga tarovat qo’shdi.

Orqaga Chop Etish  900 |   19-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 59
  • Ko`rib chiqilmagan: 20
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

23-05-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation