Bosh sahifa /  Deputatlar faoliyati /  Deputatlarning yil dasturi ijrosi nazoratidagi faolligi o’rganildi
Deputatlarning yil dasturi ijrosi nazoratidagi faolligi o’rganildi

Viloyat hokimligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchi komissiyaga yordam beruvchi xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi ishchi guruhining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

Majlisni mazkur ishchi guruhi rahbari, Oliy Majlis  Senati a`zosi  T.Bahronov olib bordi.

Dastlab yig’ilish kun tartibiga binoan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan ijro etilishini o’rganish yakunlari masalasi muhokama qilindi.

Ta`kidlanishicha, mahalliy Kengashlar deputatlari o’z ish rejalari asosida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining ijrosi borasida muayyan ishlarni amalga oshirib kelishmoqda. Barcha shahar va tuman Kengashlari sessiyalarida ushbu masala muhokama qilingan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 14 apreldagi 4715-sonli Farmoniga asosan 75 yoshga to’lgan va undan oshgan fuqarolarni pensiya va nafaqa to’g’ri tayinlanishi va to’lanishini tekshirish natijalari bo’yicha aniqlangan qarzdorlikdan ozod qilish borasida Kogon shahrida 2 nafar, Vobkent tumanida 4 nafar va Romitan tumanida 30 nafar 75 yoshga to’lgan va undan oshgan fuqarolarni pensiya va nafaqa to’g’ri tayinlanishi va to’lanishini tekshirish natijalari bo’yicha aniqlangan qarzdorlikdan ozod qilingan.

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatlari shahardagi 34 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga davlatimiz tomonidan ajratilgan 700 ming so’mlik bir martalik pul mukofotlari, rangli televizor va qo’l telefonlarini topshirish kampaniyasida munosib ishtirok etishgan.

Bundan tashqari, xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatlarining aksariyati “Nuroniy” jamg’armasi shahar bo’limi tomonidan 33 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va 22 nafar front orti qatnashchilariga 350 ming so’mlik oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 27 maydagi 212-sonli Farmoniga asosan 20 nafar yakka-yolg’iz keksalarga 9 turdagi oziq va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 maydagi 1542-sonli Qaroriga asosan 4 nafar keksa yolg’izlarning uylarining joriy ta’mirlanishida, 34 nafar nogiron keksalarning reabilitatsiya texnika vositalari bilan ta’minlash ishlarida ham faol ishtirok etishgan.

Joriy yilning mart-aprel oylarida xalq deputatlari Olot tuman Kengashining bir guruh deputatlari faolligida tumanning Shayxlar va Opshoq mahalla fuqarolari yig’inlarida 60 yoshdan oshgan mehnat faxriylari ishtirokida sportning shaxmat, shashka, kurash, voleybol, futbol turlari bo’yicha musobaqalar tashkillashtirildi. Sport musobaqalari yakuni bo’yicha homiylar tomonidan 7 million 656 ming so’mlik rag’batlantiruvchi sovg’alar tarqatilgan. 

Muhokamada deputatlarning bu boradagi ijobiy ishlari bilan bir qatorda ayrim kamchiliklar tahliliga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan ayrim deputatlar yil dasturi ijrosi yo’nalishidagi tadbirlarda tashabbuskor emas, shunchaki ishtirokchi bo’lib qolishmoqda. Shuningdek, shahar va tumanlar Kengashlarida doimiy komissiyalar va deputatlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, qabul qilinishi kutilayotgan  Qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga o’z vakolatlaridan kelib chiqqan holda taklif va tavsiyalar ishlab chiqish faoliyatida sustkashliklar ko’zga tashlanmoqda.

Yig’ilishda ishchi guruhi a’zolari mahalliy Kengashlar faoliyatida uchrayotgan shu va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish usullari yuzasidan o’z fikrlarini bildirdilar.

Majlis ishida  “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining xalq deputatlari mahalliy Kengashlar tomonidan ijro etilishining holatini o’rganish va taklif-tavsiyalar ishlab chiqishni tashkil etish” hamda 2015 yil 5-7 noyabr kunlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari uchun “Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda deputatlik nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslari” mavzusida seminarni tashkil etish to’g’risidagi masalalar ham ko’rib chiqildi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  1183 |   09-11-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

14-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation