Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  “Qadriyatlar beshigisan, Vatanim!”
“Qadriyatlar beshigisan, Vatanim!”

Har qanday siyosat, mafkura, din va irqdan xoli bo’lgan Navro’z yangi kun va yangi fasl debochasi, sharqona yangi yilning boshlanish sanasi sifatida o’zining ma’no-mazmuni, ko’rku tarovati, teran falsafasi bilan boshqa bayramlardan ajralib turadi.

Shu bois uni yurtimizdagi barch millat va elat vakillari birday sevib nishonlashadi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi hamda Navro’z bayrami munosabati bilan viloyat hokimligi, Ma’naviya va ma’rifat Kengashi hamda qator qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “Qadriyatlar beshigisan, Vatanim” shiori ostida o’tkazilgan milliy teleroliklar festivalida ana shu ezgu an’analar tarannum etildi.

Yurtimizning barqaror taraqqiyoti, xavfsizligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishining asosiy omillaridan biri bo’lgan millatlararo totuvlik va hamjihatlik g’oyalarini mahalliy aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ’ib qilish, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarini xalqimiz farovonligi yo’lida jipslashishga chaqirish, yosh foto, video ijodkorlarga o’z iqtidor va iste’dodlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratish hamda yangi iste’dodlarni kashf etish singari maqsadlar ilgari surilgan mazkur tanlov doirasida qirqdan ortiq ishtirokchi tomonidan viloyatimizdagi turli millatga mansub aholi turmush tarzi, milliy-madaniy markazlar faoliyatiga oid Vatan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, Navro’z bayrami va boshqa qadriyatlar haqidagi taassurotlar va fikrlar aks ettirilgan 80 ga yaqin videoroliklar topshirildi.

Tanlovning tantanali taqdirlash marosimi viloyat musiqali drama teatrida bo’lib o’tdi.

Uni viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchisi Z. Komilov kirish so’zi bilan ochdi.

Festival davomida “O’zbekiston – umumiy uyimiz”, “Bunyodkorlik – taraqqiyot odimi”, “Navro’z – umumbashariy bayram”, "Ajdodlar merosi-yoshlar e’zozi" nominatsiyalari bo’yicha hakamlar hay’ati tomonidan belgilab berilgan 4 tadan, jami 16 ta rolik namoyish qilindi. Unda tegishli nominatsiyalar bo’yicha g’olib deb topilgan viloyat teleradiokompaniyasi muharriri Svetlana Baro’lko, “Istiqlol” telekanali xodimlarlari Gulbahor Jumaeva, Abdulla Rajabov hamda mustaqil ijodkor Muhammadjon Nurullaevlar diplom, statuetka hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi. O’z navbatida har bir nominatsiya bo’yicha ikkinchi va uchin o’rin sohiblariga ham tanlov tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg’alari topshirildi. 

Orqaga Chop Etish  917 |   19-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 64
  • Ko`rib chiqilmagan: 25
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-08-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation