Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  «O’zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishonlari topshirildi
«O’zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishonlari topshirildi

Istiqlolimizning dastlabki chorak asri mamlakatimiz hayotida tom ma’noda tiklanish va taraqqiyot davri bo’ldi.

Iqtisodiy va ijtimoiy, qurilish, servis va boshqa sohalarda erishilgan yutuqlarning asosiy zamirida muhtaram Yurtboshimiz rahnamoligida amalga oshirilgan har qanday qolip va andozalardan xoli bo’lgan mustaqil taraqqiyot modeli, xalqimizning fidokorona mehnati va irodasi mujassamdir.

Kishi qachon fidokorona mehnat qiladi? Qachonki mehnati rohati, rag’batini ko’rsa? Bu aziz va muqaddas Vatanda esa bajarilgan har bir ezgu amal, uning taraqqiyoti yo’lida qo’shilgan fidokorona mehnat albatta e’tiborsiz va e’tirofsiz qolmaydi.

Yaqinda istiqlolimizning yigirma besh yillik tantanalari munosabati bilan ta’lim, fan, madaniyat, iqtisodiyot, sanoat, qurilish va boshqa sohalarda o’z mehnati bilan hurmat qozongan bir guruh viloyatdoshlarimizga «O’zbekiston mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishonlari topshirilishi ham ana shu ezgu an’ananing o’ziga xos ifodasi bo’ldi.

- Bu yilgi Mustaqillik bayrami shukuhi, shavqu quvonchi boshqa yillardan ko’ra tubdan farq qiladi, - dedi viloyat hokimi M. Esanov tantana avvalida. - “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!” g’oyasi ilgari surilgan joriy yilgi bayram tantanalarida Yurtimizning nisbatan qisqa – chorak asr davomida  erishgan salmoqli yutuqlari, ulkan bunyodkorlik ishlari madh etilmoqda. Barchaning tilida shu yurtda, shu aziz Vatanda yashash baxtidan shukronalik tuyg’ulari yangramoqda. 

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi arafasida har yilgi an’anaga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda halol, fidokorona mehnati bilan o’rnak ko’rsatgan vatandoshlarimiz qatori viloyatimiz vakillari ham muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovning farmonlariga asosan davlatimizning faxriy unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Istiqlolning tarixiy yigirma besh yilligi munosabati bilan muhtaram Yurtboshimizning farmonlari asosida yangi - “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga yigirma besh yil” esdalik nishoni ham ta’sis etilib, davlatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-ta’lim, madaniy, ma’naviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, sarhadlarimizning xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, vatanimizning munosib yosh avlodini tarbiyalash ishiga salmoqli hissa qo’shgan yurtdoshlarimiz, shu jumladan  1515 nafar viloyatimiz vakillari munosib mukofotlandilar.  O’ylaymizki, ushbu mukofot Sizlarga esa yanada yuqoriroq cho’qqilarga intilish, yuksakroq marralarni zabt etishingizga muhim omil bo’ladi.

Shundan so’ng viloyat rahbari marosimda to’plangan mukofot sohiblarini qutlab, jonajon mamlakatimiz shuhrati va qudratini oshirish, xalq farovonligini yanada yaxshilash yo’lidagi olijanob ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Ularga esdalik nishonlarni topshirdi.

Marosimda taqdirlanganlar nomidan so’zga chiqqan viloyat g’o’za urug’chiligi birlashmasi bosh mutaxassisi, selektsioner olim Hikmat Ne’matov, mehnat faxriysi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Isomiddin Jumaevlar ushbu e’tirof ularni Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, man’aviy yuksalish yo’lidagi faoliyatlari yanada g’ayrat-shijoat bilan davom ettirishga undashini, yangi-yangi marralarni egallash sari rag’batlantirishini ta’kidlab, katta e’tibor va g’amxo’rligi uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  400 |   30-08-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

21-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation