Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Barqaror rivojlanish manbai
Barqaror rivojlanish manbai

Viloyat hokimligi kichik majlislar zalida xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan yig’ilishi hamda "Ijtimoiy sheriklik — tinchlik, osoyishtalik va barqaror rivojlanish manbai" mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Unda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha parlament komissiyasi a’zolari, xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyasi a’zolari, mahalliy davlat boshqaruvi va ijro organlari vakillari, NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rahbarlari va faollari ishtirok etdilar.

Dastlab jamoat komissiyasi tomonidan 2016 yilning 9 oyi davomida bajarilgan ishlar va 4-chorakda belgilangan vazifalar to’g’risida komissiya raisi Tohir Bahronovning ma’ruzasi tinglandi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning o’tgan davri mobaynida jamoat komissiyasining tashabbusi bilan ijtimoiy sheriklikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ijtimoiy sheriklik munosabatlari mexanizmi va shakllarini yanada takomillashtirish, NNTlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi va ularning viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi o’rni tahlil etildi. Shundan kelib chiqib, maqsad va vazifalari "Sog’lom ona va bola yili" Davlat dasturida belgilangan bandlarga muvofiq keladigan mahalliy NNTlarini viloyat dasturini amalga oshirishga yo’naltirilgan ishchi guruhlarga kiritish bo’yicha viloyat hokimligiga tegishli takliflar kiritildi.

Bundan tashqari viloyatda davlat boshqaruvi organlari va NNTlari o’rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini o’rnatish uchun, avvalo, ijtimoiy sheriklik to’g’risida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirishga qaratilgan to’rtta davra suhbati va seminarlar tashkil etildi. Viloyat sog’liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, shahar va tumanlar hokimliklari bilan hududiy NNTlari ijtimoiy sheriklik munosabatlariga kirishishi mexanizmlarini shakllantirish bo’yicha maslahatlashuvlar amalga oshirildi. Bularning natijasida o’z tashabbusiga ko’ra tashkil etilgan o’ndan ortiq NNTlari va ushbu davlat boshqaruvi organlari o’rtasida kelishuv memorandumlarining tuzilishiga erishilmoqda.

Shuningdek, yig’ilishda parlament komissiyasi a’zosi A. Majidov so’zga chiqib, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi e’lon qilgan davlat granti ajratish bo’yicha qo’shimcha tanlov haqida so’zladi hamda bir qator grant tanlovi g’olibi bo’lgan viloyatdagi NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat granti sertifikatlarini topshirdi.

Shu kuni tashkil etilgan "Ijtimoiy sheriklik — tinchlik, osoyishtalik va barqaror rivojlanish manbai" mavzusidagi seminarda "Sog’lom ona va bola yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga NNTlarni keng jalb qilishga qaratilgan loyihalarning ayrim natijalari, OAVlarining ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirilishining borishini yoritishga, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarini amalga oshirish natijalari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining jismonan sog’lom, ma’nan etuk barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan loyihalari natijalari borasida taqdimot bo’lib o’tdi.

Orqaga Chop Etish  515 |   03-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation