Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Komissiyaning kengaytirilgan yig’ilishi
Komissiyaning kengaytirilgan yig’ilishi

Viloyat hokimligi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish bo’yicha mintaqaviy komissiyaning kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda komissiya a’zolari, shahar va tumanlarning hokimlari, viloyat huquq-tartibot organlari, sog’liqni saqlash boshqarmasi, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, shuningdek, boshqa daxldor tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar.

Yig’ilishni viloyat hokimi, mintaqaviy komissiya raisi Muhiddin Esanov boshqarib bordi.

Kun tartibiga binoan dastlab, "Viloyatda narkotik moddalarning noqonuniy muomalada bo’lishiga qarshi kurashish borasida 2015 yilda amalga oshirilgan ishlarning yakunlari va 2016 yildagi vazifalar to’g’risida"gi masala ko’rib chiqildi. Shu xususda axborot bergan viloyat hokimligi apparati guruh rahbari Izzatullo Mahmudovning ta’kidlashicha, hisobot davrida mintaqaviy komissiyaning 5 marta yig’ilishi o’tkazilgan. "2011-2015 yillarga mo’ljallangan narkotik moddalarning suiiste’moli va ularning noqonuniy muomalasiga qarshi kurash bo’yicha kompleks choralar dasturi"ga muvofiq bultur fevralda viloyatda "Yoshlar orasida giyohvand vositalar tarqalishiga qarshi kurash oyligi" o’tkazildi. Ushbu tadbir doirasida 65 ming nafardan ziyod talaba va o’quvchi, korxona va tashkilotlarda ishlayotgan 6800 nafarga yaqin yigit va qizlar o’rtasida targ’ibot ishlari olib borildi. O’tgan yilning iyunida ham shunday oylik o’tkazildi. Yil davomida viloyat ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik bilan bog’liq 233 ta jinoyat aniqlandi hamda jinoyatchilardan olingan 11,3 kilogramm narkotik moddalar tegishli tartibda yo’q qilindi.

Ammo ko’rilgan choralarga qaramay, bultur oldingi yilga nisbatan narkotik moddalar noqonuniy aylanishi bilan bog’liq jinoyatlar Buxoro tumanida 1 taga, Vobkent tumanida 2 taga, Shofirkon va Olot tumanlarida 6 taga, Qorako’l tumanida esa 8 taga oshdi. "Qora dori—2015" tadbiri davomida 56 nafar shaxs tomonidan giyohvand moddalar bilan bog’liq jinoyatlar sodir etilgani aniqlandi. Yig’ilishda bunday tadbirlarning samaradorligini oshirish, mintaqadagi narkologik holatni yaxshilash, giyohvandlikka moyil bo’lganlarni dispanser hisobiga olish, ixtiyoriy va majburiy davolashga tortish, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish singari ishlarni tashkil etish borasida 2016 yilda mintaqaviy komissiya oldida turgan vazifalar xususida ham atroflicha so’z yuritildi.

Yig’ilishda "Vobkent tumani hokimligi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish hududiy komissiyasi tomonidan 2014-2015 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi hisobot" ham ko’rib chiqildi. Hisobotda qayd etilishicha, tuman ichki ishlar bo’limi xodimlari tomonidan 7 ta kasb-hunar kolleji va 42 ta umumta’lim maktabi o’quvchilari o’rtasida giyohvandlik vositalari tarqalishi oldini olish mavzuiga doir ko’plab suhbatlar o’tkazilgan, videofilmlar namoyish etilgan.

Ammo Vobkent qishloq xo’jalik, maishiy xizmat, qurilish va transport, agrosanoat kasb-hunar kollejlari, iqtisodiyot va pedagogika kollejlari rahbarlari va bu ishga mas’ul pedagoglarning e’tiborsizligi oqibatida mazkur ta’lim muassasalarida giyohvandlikning ayanchli oqibatlari hamda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish mavzulariga bag’ishlangan tadbirlar etarli darajada tashkil qilinmagan. Tumanda 2015 yilda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog’liq jami 6 ta jinoyat qayd etildi hamda bu ko’rsatkich 2014 yilga nisbatan 2 taga oshgan. Hududda narkologik kasalliklarga duchor bo’lganlar 2014 yilda 120 nafarni tashkil etgan bo’lsa, bultur bu ko’rsatkich 135 taga etgan, ya’ni 15 nafarga oshgan. Surunkali alkogolizmga chalinganlar soni ham ortgan. Bu raqamlarning barchasi tuman hokimligi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish bo’yicha hududiy komissiya faoliyatining samaradorligi talab darajasida emasligidan dalolat beradi. Yig’ilishni boshqarib borgan viloyat rahbari tuman mutasaddilaridan bu boradagi ishni tubdan yaxshilashni talab etdi.

Shuningdek, komissiyaning kengaytirilgan yig’ilishida "Viloyat hokimligi mehnat bosh boshqarmasi tomonidan narkologiya dispanseri ro’yxatida turganlarni ijtimoiy muhofaza qilish, xususan, reabilitatsiya qilingan va ishlashni xohlagan fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan tadbirlarning samaradorligi haqida"gi masala ham muhokama etildi.

Orqaga Chop Etish  536 |   02-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

25-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation